43
Zavodda
tayyorlangan qurollar, hatto ular mexanik
nosoz yoki otish
uchun yaroqsiz bo‘lsa ham, qurol bo‘lib qolaveradi.
Shunday qilib, bilishning turli
sohalarida,
xususan kriminalistika va
sud ekspertizasi sohasida to‘plangan bilimlarni inobatga olgan holda
ta’kidlash mumkinki, o‘qotar qurol deb — hujum qilish va faol
himoyalanish uchun mo‘ljallangan, nishonni portlovchi modda
(porox)ning yonishidan hosil bo‘luvchi gazlarning energiyasi yordamida
stvol kanalidan otilib chiquvchi
snaryad bilan shikastlovchi, yetarli zarar
yetkazuvchi kuchga ega bo‘ lgan va tuzilishiga ko‘ra bittadan ortiq o‘q
otishga yaroqli qurilmalar yoki moslamalarga aytiladi. Ushbu ta’rifga
asosan, u yoki bu obyektning o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligi
haqidagi masala hal etiladi.
4–rasm.
9 mm kalibrli, «Makarov» konstruksiyali (PM) to‘pponcha:
1–stvol; 2–zatvor; 3–ramka; 4–tepkining boshchasi; 5–quyib yuboruvchi
ilmoq; 6–saqlovchi halqa; 7–dasta; 8–zatvor tutgichi; 9–saqlagich;
10, 11–mo‘ljallagichlar; 12–magazin qopqog‘i;
13–ushlagich ariqchasi; 14–antabka.
Tekshirilayotgan buyumni o‘qotar qurollar turkumiga
tegishliligi
haqidagi savolga javob berishda sud-ballistik ekspertizasining
metodikalariga asoslanish lozim. Xususan,
tekshirilayotgan buyumni
o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligi ushbu obyektning mo‘ljallangan
maqsadi va uni ana shu maqsad bo‘yicha ishlatish imkoniyatini
ta’minlovchi ballistik (energetik) xususiyatlarini ifodalovchi barcha
tarkibiy qismlarini tadqiq qilish natijalariga hamda uch turdagi belgilar
guruhi — tuzilishiga oid, snaryadlarning energetik xususiyatlari va
ishonchlilik belgilariga ko‘ra aniqlanadi.