Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

nd
a
a
 =
tg
L

Tg
L
=
п
d
bu yerda: 
a
— narezlar qadami, 
mm

d
— qurol kalibri, 
mm

O‘qotar qurollar stvol kanalining yon tomoniga bog‘liq ravishda 
narezlar yoki ular maydonlarining kengligi, ariqchalarning og‘ish 
burchagi yoki qadami, chuqurligiga ko‘ra farqlanadi. Qurollarning silliq 
stvollari ham snaryad (o‘q, sochma o‘q yoki kartech)ga nishon tomonga 
yo‘nalish berish uchun xizmat qiladi. Ov miltiqlarining stvollari sochma 
o‘qlarga yoki kartechlarga, ular nishonga g‘uj bo‘lib tegishi uchun, 
salgina uchi tomonga qarab toraygan bo‘ladi. Bu torayishning kattaligiga 
qarab stvol og‘zining torayishi quyidagicha ataladi: 
— silindr;
— kuchsiz chok (0,25 
mm
);
— yarim chok (0,5 
mm
);
— o‘rta chok (0,75 
mm
);
— to‘liq chok (1,0 
mm
);
— kuchli chok (1,25 
mm
);

juda kuchli chok (1,5 
mm
). 


 58 
8–rasm. 
Silliq stvolli ov miltiqlari stvollarining tuzilishi: 
1, 2, 3

stvol og‘zidagi torayishlar; 4

kengaygan sohali silindr; 
5

toraygan va kengaygan sohali silindr; 
 6

narezli chok «Paradoks».
Hozirgi vaqtda 12, 16, 20, 24, 32 kalibrli miltiqlar keng tarqalgan. 
Qurol stvollarining sirtida, ularni qurol dastasi yoki lojasi bilan 
mahkamlash uchun turli xil o‘yiqlar, kojux–zatvor bilan mahkamlashga 
mo‘ljallangan turli xil turtib chiqqan qirralar va teshiklar, nishonga olish 
moslamalari bo‘lishi mumkin. Ba’zi avtomatik qurollarning stvollarida 
gaz chiqish tuynuklari teshiladi. Qurolning orqaga tepishini o‘q otilish 
olovini va ovozini kamaytirish uchun avtomatik qurollarda stvol og‘zi 
tormozlari, olov o‘chirgichlar yoki ovoz o‘chirgichlar o‘rnatiladi. 
Nishonga aniq urish uchun o‘q otish davrida stvol holatini 
barqarorlashtiruvchi stvol og‘zi kompensatorlari ham o‘rnatiladi. 
Stvol qurolning alohida qismi yoki stvol qutisi bilan birgalikda tugun 
hosil qilishi mumkin.
Stvol qutisi 
— bu qurolning zatvor harakatini yo‘naltirishga xizmat 
qiluvchi va stvol bilan mahkamlangan qismi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin