Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizm



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizm

O‘qotar qurollarning juda 
ko‘plab rusumlarida urish va qo‘yib yuboruvchi mexanizmlarining 
o‘rnida birlashgan 
urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar 
bo‘ladi. Urib-
qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar ishlashiga ko‘ra ikki turga ajraladi: 
— oddiy harakatdagi urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar; 
— ikki yoqlama harakatdagi urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar. 
Oddiy harakatdagi urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar 
tepki 
bosilganda, ko‘tarilgan tepkining o‘q otilishi uchun ozod bo‘lishini 
ta’minlaydi (TT – Tulskiy Tokareva to‘pponchasi va boshqalar). 
Ikki yoqlama harakatdagi urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar 
tepki 
bosilganda nafaqat ko‘tarilgan tepkini ozod qiladi, balki uni ham 
ko‘tarish (agar ko‘tarilmagan bo‘lsa), ham ozod qilish vazifasini 
bajaradi. Bunday tuzilishdagi urib-qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar tez 
otish uchun qulaydir (Walther, Makarov va boshqa to‘pponchalar). 
Qaytaruvchi mexanizm

Qaytaruvchi mexanizmlar qurol 
avtomatikasining harakatlanuvchi qismlarini dastlabki holatiga qaytarish 
uchun xizmat qiladi. Bunday mexanizm alohida (Frommer «Stop») va 
birgalikda zatvorlarni (zatvorning qaytaruvchi prujinasi) yoki stvollarni 
(stvolning qaytaruvchi prujinasi) dastlabki holatiga qaytarishi hamda bir, 
ikki yoki uch prujinaga ega bo‘lishi mumkin. Qaytaruvchi prujinalar turli 
joylarda: stvol ostida, stvolda, zatvorda, dastaning oldi yoki orqa 
qismida, dastaning chap yoki o‘ng yuzida, asosning u yoki bu tomonida 
va qurolning boshqa joylarida joylashadi. 
Saqlagichlar

Saqlagichlar 
— o‘qotar qurolning qurollarga 
qandaydir ta’sir ostida (zarba, tepkiga ixtiyorsiz ta’sir etish, qo‘ldan 
tushib ketish va hokazo) tasodifiy, beixtiyor o‘q otilishlarining oldini 
oluvchi, saqlovchi qurilmasi. Ular qurol bilan ishlashda otuvchining 
xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan. Saqlagichlar o‘qotar qurolning 
boshqa mexanizmlariga qaraganda anchagina xilma-xildir. Odatda 
saqlagichlar qurolning urish yoki quyib yuborish mexanizmiga ta’sir 
ko‘rsatadi, ya’ni bu mexanizmlarni ishlamaydigan holatda ta’minlab, 
ularning qismlarini yopib turadi. 
Qo‘yib yuboruvchi mexanizmning bir yoki birdaniga bir necha 
alohida qismlarini yopiq (ishlamaydigan) holatda ushlab turuvchi oddiy 
tuzilishga ega bo‘lgan saqlagichlari mavjud. Bunday saqlagichlar otish 


 70 
mexanizmi qismlarining ishlashiga xalal bermaydi, shuning uchun 
o‘qlangan qurolga mexanik ta’sir ko‘rsatilsa, o‘q otilib ketishi mumkin. 
Ayrim o‘qotar qurollar otish mexanizmini ishlashdan saqlab turuvchi 
saqlagichlar bilan ta’minlanadi va bu saqlagichlar ancha ishonchli 
hisoblanadi. Ba’zi bir rusumdagi o‘qotar qurollar ikkita saqlagich bilan 
ta’minlanadi, bunday saqlagichlar urish va quyib yuboruvchi 
mexanizmlarni ishlab ketishdan saqlaydi. Saqlagichlar avtomatik va 
noavtomatik turlarga ajraladi. 
Noavtomatik saqlagichlar. 
Noavtomatik saqlagichlar — bu ularni 
saqlovchi yoki jangovar holatga o‘tkazish uchun otuvchining maxsus 
ta’sirini talab qiladigan saqlagichlardir. 
Noavtomatik saqlagichlar quyidagi turlarga ajraladi: 
1. Tuzilishiga ko‘ra bayroqsimon — ushbu mexanizmni boshqarish 
uchun richagli aylanuvchi va chekali saqlagich. Ba’zan bayroqsimon 
saqlagich to‘pponchani qismlarga ajratishda zatvor ushlagichi vazifasini 
bajarishi ham mumkin. 
2. Tugmali, tugma orqali harakatga keltiriluvchi saqlagichlar. 
Bundan tashqari, tasodifiy yoki ixtiyorsiz o‘q otilishlardan tepkini 
saqlovchi holatga qo‘yib ham saqlanish mumkin. 
Avtomatik saqlagichlar. 
Avtomatik saqlagichlar ularni saqlovchi 
yoki jangovar holatga o‘tkazish uchun otuvchining maxsus ta’sirini talab 
qilmaydigan saqlagichlardir, chunki ularning ishlashi qurolning boshqa 
qismlarining ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. 
Qurolning avtomatik saqlagichlarining turlari: 
— 
magazinli
, to‘pponcha dastasiga magazin kirgizilganda ishga 
tushadigan, bunda o‘qotar qurolning magazini dastadan chiqarilganda, 
qurolning o‘rish va quyib yuboruvchi mexanizmlari ishlamay qoladi, 
magazin joyiga kiritilsa, bu mexanizmlar saqlovchi holatdan chiqadi;
— 
ramali
, to‘pponchani qo‘lda ushlaganda ishga tushadigan, bunday 
saqlagichli qurollar dastasining orqa qismida turli shakldagi (asosan, to‘rt 
burchak shaklda) bosiladigan moslama-saqlagich joylashadi va qurolni 
qo‘lda ushlaganda bu saqlagich bosilib, qurolning urish va quyib 
yuborish mexanizmlari saqlovchi holatdan chiqadi. 
Bundan tashqari, tasodifiy va ixtiyorsiz o‘q otilishlaridan 
quyidagicha saqlanish mumkin. Tepkini avtomatik ravishda saqlovchi 
holatga qo‘yish bilan, stvol kanalini noto‘liq yopishdagi ajratgich bilan, 
qo‘yib yuboruvchi mexanizmning tuzilishiga ko‘ra (chunki ba’zi bir 
mexanizmlar zatvorning oldingi holatidagina) ishlaydi.


 71 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin