Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Nishon (mo‘ljal)ga olish moslamasi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Nishon (mo‘ljal)ga olish moslamasi 
— 
mo‘ljallagich

O‘qotar 
qurolning nishonga olish moslamasi (mo‘ljallagich)
— o‘qotar qurol 
stvolining fazoda, nishonga nisbatan holati va yo‘nalishini nazorat 
qilishga mo‘ljallangan moslama, mo‘ljal va mo‘ljalga olish 
moslamasidan iborat bo‘ladi. 
Doimiy nishonga olish moslamalari 
kojux–zatvorning tepasida 
joylashgan o‘yiq ariqchadan yoki mo‘ljal va doimiy kattalikdagi 
mo‘ljalga olish moslamasidan iborat. 
O‘zgartiruvchi nishonga olish moslamalari 
— bu harakatlanuvchi 
mo‘ljal va mo‘ljalga olish moslamasidan iborat. 
Harakatlanuvchi mo‘ljal va mo‘ljalga olish moslamalari ularni qat’iy 
qayd etiluvchi masofalarga siljituvchi mexanizmlarga ega bo‘ladi. Bu 
mexanizmlar mo‘ljalga olish moslamasini hech qanday asboblarsiz 
yonboshdan va tik moslash imkoniyatini beradi. Bu kabi nishonga olish 
yoki mo‘ljallash moslamalariga yana dioptr va optik mo‘ljalga olish 
moslamalarini ham kiritish mumkin. 
Signal beruvchi moslamalar

Signal beruvchi moslamalar 
patrondonda yoki magazinda patron borligi yoki yo‘qligi, otish 
mexanizmlari ko‘tarilganmi va hokazolar haqida ma’lumot beradi. Ba’zi 
to‘pponchalar yoki ov miltiqlari signalli shtiftga ega. Bundan tashqari
signal beruvchi moslamalar o‘rnini boshqa qismlarning ba’zi elementlari 
(zatvor, urgichning orqa qismi va boshqalar) bosishi mumkin. 
Patrondonda patron yoki gilza borligini signalli shtiftning chiqib 
turuvchi qirrasi ko‘rsatadi (Walther P–38, PP, PPK va boshqa 
to‘pponchalar). Urgichning chiqib turuvchi qirrasi (7,65 
mm 
kalibrli 
Mauser) yoki signalli richag (1900-yil namunali Browning) otish 
mexanizmi jangovar holatda turganligidan darak beradi.
Gilzani chiqarish mexanizmi

Gilzalarning chiqarish mexanizmi 
chiqarib tashlagich va qaytargichdan iborat. Chiqarib tashlagich 
(ekstraktor) gilzani patrondondan chiqaradi va qaytargich yoki ejektor 
yordamida quroldan uloqtirib tashlaydi. Qurolning qaytargichi alohida 
qism yoki qismning turtib chiquvchi qirrasi (vintovkalarda — magazin 
korobkasidagi patronlar ushlagichning panjalari) bo‘ladi. Ba’zi 
to‘pponchalarda qaytargich vazifasini oldingi holatda qolib ketuvchi 
boyok bajaradi. Ko‘plab ov miltiqlari va revolverlarda gilzalar biroz 
ekstraktor bilan va keyinchalik oxirigacha qo‘l bilan chiqariladi. Ba’zi 
revolverlar gilzalarni barabandan chiqarish uchun chiqaruvchi shompol 
bilan ta’minlangan bo‘ladi. 


 72 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin