Tutunsiz porox donalarining shakllari. Yopiq kapsyul — metall idishga presslangan ta’sir qiluvchi tarkib,
qopqoq va sandondan iborat. Miltiqlar uchun bunday kapsyullar
«Jevelo» deyiladi va bu kapsyullarga mo‘ljallangan tuynukka ega
bo‘lgan patronlarda ishlatiladi. Agar bunday patronlarda «Sentroboy»
kapsyuli ishlatilsa, u holda kapsyul oldiga ko‘chma sandon o‘rnatiladi.
Bo‘sh patron jangovar patrondan porox zaradining kamligi,
snaryadining umuman yo‘qligi yoki bu o‘qning materiali (karton,
plastmassa va hokazo) bilan farq qiladi. Poroxsiz, kapsyulsiz yoki bo‘sh
kapsyulsiz va kesilgan patronlar
o‘quv–mashq patronlari deyiladi.
Patronlarning har bir turi muayyan qurollarning turlari kalibrlariga,
shuningdek, qurol patrondonlarining shakli va o‘lchamlariga mos holda
namunalarga bo‘linadi. Zamonaviy patronlar standartlashtirilgan.
Chet ellarda ishlab chiqarilgan patronlardan keng tarqalganlari: 6,35
, 7,65 va 9
mm kalibrli Browning, 7,63
mm kalibrli Mauser, 9
mm kalibrli
Borchardt
– luger (Parabellum), 11,43
mm kalibrli Colt qurollari uchun
ishlatilgan patronlar hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar 1. Jangovar o‘q-dorilar tushunchasi va tasnifi. 2. O‘qotar qurollar patronlarining zamonaviy tasnifini aytib bering. 3. Gilzaning vazifasi va turlari nimalardan iborat? 4. Snaryadning vazifasi va turlari qanday? 5. Silliq stvolli ov miltiqlari uchun qanday patronlar ishlatiladi? 6. Porox zaradining turlari va vazifalari.