Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Qurolning, ishlatiladigan jangovar o‘q-dorilar bilan ifodalanuvchi 
ballistik xususiyatlari
. Birorta obyekt (qurolga o‘xshash buyumlar, 


 90 
otuvchi moslama va mahsulotlar) yoki obyektning o‘qotar qurolga 
tegishliligini aniqlashda, ushbu moslama yoki obyektning tuzilishiga xos 
belgilari va mustahkamlik darajasi, shuningdek, ishlatiladigan standart 
jangovar o‘q-dorilar (patronlar), snaryadlar va poroxlar bilan 
ifodalanuvchi ballistik xususiyatlarini hisobga olish lozim. Binobarin, 
tadqiqot jarayonida nafaqat ushbu obyekt yoki moslamaning 
xususiyatlari, balki, ishlatiladigan jangovar o‘q-dorilar, shuningdek, ushu 
jangovar o‘q-dorilarni ishlatishning tekshirilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha 
ma’lum bo‘lgan holatlari ham e’tiborga olinishi kerak. Patronlarning 
ballistik xususiyatlari, turli ilmiy asarlar, ma’lumotnomalar, sud-tibbiyoti 
va kriminalistik tajribalarning nashr ettirilgan natijalaridan foydalanilgan 
holda hisobga olinadi. 
Standart patronlar, snaryadni gilzadan turtib chiqarish uchungina 
emas, balki, otilgan snaryadga stvol kanalida va uchish jarayonida 
yetarlicha energiya beradigan holda tayyorlanadi. Gilzaning snaryad 
mahkamlanadigan og‘zi, ushbu snaryadning dastlabki (birlamchi) 
kiruvchi harakatini yo‘naltiradi: oddiy (unitar) patronning gilzasi 
quroldan alohida hisoblangan zarad kamerasi vazifasini bajaribgina 
qolmay, balki, qurol stvolining boshlang‘ich qismi vazifasini ham 
o‘taydi. 
Kriminalistik amaliyotdan ma’lumki, yuqori harorat yoki relsli 
transport vositasi g‘ildiraklarining bosimi ta’sirida otilishda standart 
patronlarning o‘qlari, turli nishon va jarohatlangan obyektlarda 
anchagina katta shikast yetkazishga yetarli energiyaga ega bo‘ladi. 
Tabiiyki, otish vaqtida patronning gilzasi va kapsyuliga tayanch, otilgan 
o‘qqa esa — ozod kiruvchi harakat ta’minlangan holdagi quroldan 
foydalanib o‘q otilganda, otilgan snaryadning boshlangich tezligi, 
quroldan foydalanmasdan (yuqorida aytilgan sharoitda) otilgandagiga 
qaraganda, kattaroq energiyaga ega bo‘ladi. 
Sud–tibbiyot ma’lumotlariga asoslangan holda aytish mumkinki, 
harakatlanish (uchish) jarayonida 1–2 
KGS*M 
kinetik energiyaga ega 
bo‘lgan snaryad odamning o‘lishiga olib keladigan darajada og‘ir shikast 
yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi
1
. Bu holda, standart kichik kalibrli 
patronning eng yengil vaznli (2,15 
g
) o‘qining boshlang‘ich tezligi 100 
m/s 
ga yetadi. Zavod usulida yasalgan o‘qotar qurollardan otilgan kichik 
kalibrli patronlar o‘qlarining eng kichik boshlang‘ich teziligi 210 
m/s 
dan 
1
Qarang: 
Аханов
 
В
.
С
.
Криминалистическая
экспертиза
огнестрельного
оружия
и
следов
его
применения
. — 
Волгоград
, — 1979. — 
С
.88. 


 91 
kam bo‘lmaydi. Bu kabi patronlardan stvolining uzunligi 42 
mm 
bo‘lgan 
qo‘lbola usulda otilgan o‘qlarning tezligi esa stvol og‘zi kesimidan 5 

masofada 212 
m/s 
ga yetadi. 
Avtomat to‘ponchalardan otilgan, markaziy jang patronlarining 
o‘qlari tezlgi 230 
m/s 
dan ortib ketadi. Otilgan o‘qlarning bu kabi 
qiymatlarini ta’minlay oladigan standart, 6,35 
mm 
kalibrli to‘pponchalar 
stvolining uzunligi — 43 
mm
, 7,65 va 9 
mm 
kalibrli to‘pponchalar 
stvolining uzunligi esa — 54 
mm 
bo‘ladi. Amaliyotdan, stvoli bo‘lmagan 
revolverning baraban kamorasidan, stvolining uzunligi patrondon bilan 
teng bo‘lgan qirqma miltiq, ichiga alohida «ichki stvol» quyilgan 
raketnitsadan otilgan patron o‘qlari odamga og‘ir tan jarohati yetkazgan 
holatlar ma’lum. 
Yuqorida ta’kidlanganlarga asosan, ushbu qo‘lbola usulda yasalgan, 
shuningdek, o‘zgartirilgan otuvchi moslamalarni, agar ular o‘q otish 
uchun mo‘ljallangan va o‘lchamlariga ko‘ra ishlatiladigan patronlarga 
mos yo‘naltiruvchi kanal — stvolga ega bo‘lsalar, o‘qotar qurol deb 
hisoblash tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, ishlatiladigan patronning 
uzunligiga teng uzunlikdagi stvolga ega bo‘lgan, porox zaradi va 
snaryadi ushbu qurilmani o‘qlash va undan foydalanish, ya’ni o‘q otish 
uchun yaroqli bo‘lgan og‘zidan o‘qlanuvchi qurilmani ham o‘qotar qurol 
deb hisoblash mumkin.
Qo‘lbola usulda yasalgan va stvolining orqasidan o‘qlanuvchi 
qo‘rilmalarni o‘qotar qurol deb hisoblash uchun, o‘q otish jarayonida 
nafaqat standart jangovar o‘q-dorilar, balki, standart patronlarning ayrim 
qismlari, bundan tashqari, qurilish–montaj to‘ppochalarining 
patronlaridan ham foydalanish mumkinligini hisobga olish lozim. 
Masalan, turli o‘qotar qurollardan otish uchun patron sifatida, mos 
holdagi diametrli sochma o‘qlar lak yoki yelim bilan mahkamlangan 
«Jevelo» kapsyullaridan foydalanish mumkin. Bu kabi qo‘lbola patronlar 
bilan odam badaniga og‘ir shikast yetkazilgan holatlar ma’lum. Bunday 
patronlarning zarar yetkazuvchi kuchini oshirish uchun, kapsyul 
korpusiga porox sepiladi. Qurilish-montaj to‘pponchalari patronlarini 
o‘zlarining snaryadlari (dyubel–mix) bilan ham, o‘q yoki sochma o‘qlar 
bilan ham ishlatish mumkin. Bunday tarzda ishlatilgan qurilish-montaj 
to‘pponchasidan otilgan o‘qlarning zarar yetkazuvchi kuchi standart 
patron o‘qining kuchiga teng bo‘ladi. 
Shunday qilib, qo‘lbola usulda yasalgan o‘q otuvchi qurilmani 
tadqiq etish natijasida, agar bunday qurollar standart jangovar o‘q-dorilar 


 92 
yoki ularning snaryad va poroxlaridan foydalanib o‘q otish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lsa, ularni o‘qotar qurollarga tegishli deb xulosa 
chiqarish mumkin. Otilgan snaryadlarning nishon yoki o‘q tekkan 
obyektga bo‘lgan ta’siri, nafaqat ishlatilayotgan o‘q otuvchi moslama, 
balki, otilgan snaryadlar va jangovar zaradga (jangovar zaradning 
miqdorini o‘zgartirish juda oson, ayniqsa, og‘zidan o‘qlanuvchi 
qurollarda) bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, birorta tekshirilayotgan 
otuvchi qurilmadan otilgan snaryadning zarar yetkazuvchi ta’sirini 
eksperiment yordamida aniqlanishi, ushbu otuvchi qurilmani o‘qotar 
qurolga tegishliligini aniqlashda har doim zarur bo‘lib hisoblanmaydi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin