85
Kartech
— yirik ov sochmasi bo‘lib, uning diametri 5,25 dan 10
mm
gacha. Ov patroniga porox zaradi va snaryad orasiga
porox gazlari
bosimini sochma hamda kartechga yaxshiroq uzatish uchun porox pijlari
o‘rnatiladi. Standart porox pijlari namatdan, presslangan qog‘oz
ashyosidan va hokazolardan tayyorlanadi.
Pijning silindrsimon sirti
parafin, texnik vazelin va boshqa moddalar bilan moylanadi. Pijning
yuqori va pastki tekisliklari asfalt laki shimdirilgan qattiq qog‘oz bilan
yelimlanadi. Qog‘oz va metall gilzalarda yana karton pijlari ham
ishlatiladi. Pijlar gilzada sham, parafin bilan
mahkamlanadi yoki gilza
og‘zi chetlarini qayirib mahkamlanadi. Qo‘lbola usulda yasalgan pijlar
qog‘oz, latta va hokazolardan iborat bo‘ladi. Patronlar tayyorlashda yana
— bittasi porox uchun, ikkinchisi sochma uchun mo‘ljallangan karton
prokladkalar ham ishlatiladi.
Porox zaradi
(porox) — o‘q otilishi uchun xizmat qiluvchi energiya
manbai. Patronlar tayyorlash uchun qora (tutunli) va tutunsiz porox
ishlatiladi.
75% maydalangan kaliyli selitra, 15% yog‘och ko‘mir va 10%
oltingugurtning mexanik aralashmasidan iborat bo‘lgan, yonganida ko‘p
miqdorda tutun hosil
qiladigan, portlovchi modda —
tutunli poroxning
donlari yaltiroq, noaniq soqqa shaklida bo‘ladi. Zavodda tayyorlangan
porox donlarining o‘lchamiga qarab raqamlanadi
№
1 (0,8—1,25
mm
);
№
2 (0,6—0,75
mm
);
№
3 (0,4—0,6
mm
);
№
4 (0,25—0,4
mm
). Hozirgi
vaqtda bilan miltiq patronlari shunday porox ta’minlanadi.
Tutunsiz porox
— asosiy tarkibi birorta organik eritmada qayta
ishlangan nitrotsellyuzadan iborat portlovchi modda. U porox ele-
mentlari deb
atalgan lentalar, zarrachalar, donachalar, trubkalar
ko‘rinishida tayyorlanadigan plastmassaga o‘xshash shoxsimon modda.
Tutunsiz poroxning ballistitli, korditli, piroksilinli va nitroglitserinli
turlari mavjud. Tutunsiz porox yonishi va ish qobiliyatiga ko‘ra, tutunli
poroxdan ancha yuqori turadi, barcha o‘qotar qurollarda ishlatiladi, o‘q
otilganda kam tutun hosil bo‘ladi (26-rasm).
Yondiruvchi kapsyul
porox zaradining yonib
ketishini
ta’minlaydigan vositadir. Tuzilishiga ko‘ra kapsyullar ochiq va yopiq
turlarga bo‘linadi. Ochiq kapsyullar markaziy jang patronlarida
ishlatiladi. Metall idishchaga presslangan ta’sir qiluvchi tarkibi folga
qopqoq bilan yopiladi. Miltiq patronlari uchun bunday tuzilishdagi
kapsyul «Sentroboy» deb ataladi. Ta’sir qiluvchi tarkibi simobli
portlovchi moddaning — antimoniy va bertolet tuzi bilan yoki
qo‘rg‘oshin azidi, qo‘rg‘oshin stifnati, tetrazen va teneresning organik
birikmalari aralashmasidan iborat.