Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Butilkasimon (a) va silindrsimon (b) gilzalarning asosiy



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Butilkasimon (a) va silindrsimon (b) gilzalarning asosiy 
elementlari: 
1—gilzaning og‘zi kesimi; 2—idish (korpus); 3—gilzaning og‘zi; 
 4—gilzaning qiya qismi; 5—gilza kannelyurasi; 6—gilzaning tubi; 
 7—gilza kanavkasi; 8—gilza flanetsi.
Snaryad 
— patronning qurol stvoli kanalidan uloqtirib 
yuborilayotgan shikastlovchi elementidir (o‘q, sochma o‘q, kartech). 
O‘q 
— silindrsimon yoki soqqasimon snaryadlardan iborat. 
Silindrsimon o‘qlarda bosh va yetakchi qismlar mavjud. Ba’zi bir oraliq, 
vintovka va kichik kalibrli patronlarning o‘qlarida orqa qism ham 
bo‘ladi. O‘q bosh qismining yuqorisi o‘qning uchini tashkil etadi (23–
rasm).
23-rasm. 
O‘qning tashqi tuzilishi elementlari:
 
1—o‘qning bosh qismi; 2—o‘qning yetakchi qismi; 3—o‘qning orqa 
qismi; 4—o‘qning tubi.


 82 
O‘qlar shakliga ko‘ra o‘tkir (konussimon), yumaloq (yarimsferik) va 
o‘tmas (yassi) uchli bo‘ladi (24-rasm). O‘qning yetakchi qismi uning 
tubi bilan tugaydi. O‘qning tubi yassi, qabariq va botiq bo‘ladi. O‘qning 
yetakchi qismida halqasimon chuqurcha bo‘ladi. U o‘qni gilzaga 
mahkamlash uchun xizmat qiladi. 
24-rasm. 
O‘qni bosh qismining shakllari: 
1—o‘tkir uchli; 2—dumaloq; 3—yarim sferik; 4—yassi 
 (o‘tmas uchli).
Bundan tashqari, narezli qurollar uchun qo‘rg‘oshin o‘qlarda 
yetakchi hoshiyalar (kamarcha)lar ham mavjud. Tuzilishiga ko‘ra o‘qlar 
qobiqli, yarim qobiqli va qobiqsiz (yaxlit) o‘qlarga ajraladi (25-rasm). 
 
25–rasm. 
Qobiqli o‘qlarning tuzilishi: 
1—qobiq; 2—qo‘rg‘oshin asos; 3—metall o‘zakcha; 
 4—qo‘rg‘oshin ko‘ylak.


 83 
Qobiqli o‘qlar 
asos va o‘qning bosh va yetakchi qismini qoplab 
turuvchi qobiqdan iborat bo‘ladi. 
Yarim qobiqli o‘q 
asos va o‘qning faqat 
yetakchi qismini qoplab turuvchi qobiqdan iborat. 
Qobiqsiz o‘q 
yaxlit 
birorta metalldan yasaladi. O‘qning qobig‘i jez, melxior va tompak bilan 
qoplangan po‘latdan yasaladi. O‘qlarning asosi qo‘rg‘oshindan yoki 
po‘latdan bo‘ladi. Ko‘pincha po‘lat asosli qobiqli o‘qlarda, qobiq bilan 
asos orasiga qo‘rg‘oshin (ko‘ylak) quyiladi. Qobiqsiz o‘qlar ba’zida 
temir asosli metallokeramik eritmadan yasaladi. Qo‘rg‘oshini boshqa 
metall bilan almashtirilgan o‘qlar 
surrogativ o‘qlar 
deyiladi. 
Yondiruvchi o‘qning tarkibi yonganda yuqori haroratga ega bo‘ladi, 
trasserlovchi o‘q esa havoda yorqin, yorug‘ iz qoldirib uchadi, portlovchi 
o‘q esa portlaydi. 
Harbiy patronlarning o‘qlari oddiy (yengil, og‘ir) va maxsus (zirh 
teshuvchi, zirh teshuvchi–yondiruvchi, trasserlovchi, portlovchi
yoruvchi va hokazo) o‘qlarga bo‘linadi

Maxsus o‘qlar masofali va urilganda ishlovchi turlarga ajraladi.
Masofali o‘qlar portlovchi mexanizmga ega va ular muayyan masofani 
uchib o‘tgandan keyin ishlaydi. Urilganda ishlovchi o‘qlarning 
portlovchi mexanizmlari esa nishonga urilganda ishlab ketadi. 
Masofali o‘qlarning maxsus tarkibiga oq fosfor qo‘shiladi. U o‘q 
otilganda, o‘qning tubidagi maxsus tuynukdan havo kirishi natijasida 
yonadi. Urilganda ishlovchi o‘qlarda ular to‘siqqa urilganda ishlab 
ketuvchi boyokli mexanizm mavjud bo‘ladi, bunday o‘qlarning maxsus 
tarkibi shu mexanizmning boyogi bilan urilib yonib ketadi. Zirh 
teshuvchi o‘q qobiqli va uchli asosi po‘latdan iborat. O‘q qattiq to‘siqqa 
urilganda, uning asosi inersiya tufayli qobig‘ini teshib o‘tadi va to‘siq 
ichiga kirib ketadi. Yoruvchi o‘qlar esa yarim qobiqli va yassi uchlidir. 
Bu o‘q to‘siqqa urilib uning ichiga kirganda u qismlarga ajralib ketadi. 
Qobiqlari yeyilib ketgan, atayin qobig‘i arralangan, egovlangan yoki 
ba’zida notekis qirqilgan qirqma miltiq stvolidan otilgan o‘qlar xam 
xuddi shunday xususiyatga ega bo‘ladi. 
Maxsus o‘qlarning uchiga turli xil rangdagi maxsus belgilar 
qo‘yiladi. 
Stvollari narezli qurollarning patronlaridagi o‘qlar gilzalarga 
qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. O‘qlarni gilzalarga mahkam joylashtirib, 
aylanma siquv, kernlash va hokazolar orqali o‘rnatiladi. Mahkam 
joylashtirish usulida o‘q gilzaga mustahkam kiritib qo‘yiladi, bunda gilza 
o‘qning silindrsimon qismini har tomondan bir tekisda siqib turadi. 
Aylanma siquv usulida esa o‘qlardagi mavjud ingichka ariqchalarga 


 84 
gilza og‘zi yoki sirtining chetlari kirgizib qo‘yiladi. Aylanma siquv 
aylanasimon, segmentsimon yoki uzilgan chiziqlar (punktir) ko‘rinishida 
bo‘ladi. Kernlashda esa gilzaning og‘iz qismi va o‘qda o‘zaro bir xil 
masofada joylashgan ikki–uch chuqurchalar qoldiradigan maxsus 
moslama — puanson yoki kernerlar yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin