94
otuvchi qurilma qurol deb xulosa chiqarilishi mumkin. Ammo, ushbu
xulosa noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki, bunday xulosa qurol yoki otuvchi
qurilmaning otish chun yaroqliligi kabi xususiyatini, uning o‘qotar
qurollarga tegishli ekanligining asosi deb hisoblashga majbur qiladi.
Aslida esa, o‘zi mo‘ljallangan tarzda otish uchun yaroqli bo‘lgan signal
beruvchi raketnitsalar yoki qurilish-montaj to‘pponchalari o‘qotar qurol
hisoblanmaydi.
Shu bilan birga, tadqiqotga xuddi standart qurollar kabi qismlarga
ajratilgan holatda va noto‘g‘ri qayta yig‘ilgan yoki qotib qolgan alohida
qismlari yoxud nosoz alohida qismlari bilan keltirilgan qo‘lbola usulda
yasalgan o‘qotar qurollar yoki otuvchi qurilmalar otish uchun va alohida
o‘q otish uchun yaroqsiz bo‘lishi mumkin, ammo, agar ularda obyektni
o‘qotar qurol deb topish uchun zarur barcha qism va mexanizmlar bo‘lsa,
(stvol, otish mexanizmi va yopish mexanizmi) bunday qo‘lbola usulda
yasalgan qurilmani qurol deb hisoblash mumkin.
Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalarning material qismlarini
tadqiq etish borasidagi barcha savollarni ushbu qurilmani o‘qotar
qurollar turkumiga tegishli ekanligi bo‘yicha bir savolga umumlashtirish,
turli hil tushunchalarni o‘zaro qo‘shib yuborishni anglatadi. Bundan
tashqari, bir necha mustaqil vzifalarni yagona vazifa ostiga birlashtirish
jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Chunki, bu kabi umumlashtirilgan savolga nisbatan berilgan ekspertiza
xulosasining yakuni qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmaning otish
uchun yaroqsizligiga asoslangan holda salbiy bo‘lsa, u holda bunday
otuvchi qurilmani qurol deb hisoblamaslik oqibatida ushbu qurilmani
qonunga xilof ravishda tayyorlagan, o‘zlashtirgan yoki saqlagan shaxs
javobgarlikka tortilmay qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: