67
Otish mexanizmlari jangovar prujina yordamida harakatga keltiriladi.
Urgichli otish mexanizmlari spiralsimon prujinaga va tepkili hamda tepkili-
urgichli mexanizmlar yassi (plastinasimon) prujinaga ega bo‘ladi. Ba’zi
o‘qotar qurollarda jangovar prujinaning vazifasini qaytaruvchi prujina
bajaradi va bunday prujinalar qaytaruvchi-jangovar prujina deb ataladi.
Otish mexanizmining tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘q otilishidan
oldin tepki yoki urgich ko‘tariladi. Tepki yoki urgichning tayanuvchi
qirrasi (bu qirra jangovar qirra ham deyiladi)
ularni jangovar holati deb
ataluvchi ko‘tarilgan holatda ushlab turishga xizmat qiladi.
19–rasm.
Tepkili–urgichli otish mexanizmi:
1
–
stvol, 2
–
zatvor, 3
–
boyok, 4
–
tepki, 5
–
jangovar prujina, 6
–
qaytaruvchi prujina.
Tepkilar majburiy va inersiya orqali harakat qiladigan tepkilarga
ajraladi. Majburiy harakat qiladigan tepkilar oldingi chet holatda urgich
yoki
boyokni oxirigacha bosadi, inersiya orqali harakat
qiladigan tepkilar
esa oldingi qirra bilan ta’minlangan va jangovar
holatda urgich yoki
boyokka tegib turadi.
20-rasm.
Dostları ilə paylaş: