30
— dalillarni tadqiq etish qonuniyatlari haqidagi kriminalistik
bilimlar;
— dalillarni baholash va ulardan foydalanish qonuniyatlari haqidagi
kriminalistik bilimlar.
Ushbu bo‘limlar tarkibiga, ko‘rsatilgan qonuniyatlardan
foydalanishning shakli, usullari va maqsadini kriminalistika oldida
turgan vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan xususiy nazariyalar kiradi.
Ushbu xususiy nazariyalar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
— kriminalistik identifikatsiya nazariyasi;
— malakalar va ko‘nikmalar haqidagi kriminalistik bilimlar;
— jinoyatlarni sodir etish usullari haqidagi kriminalistik bilimlar;
— iz hosil bo‘lish haqidagi bilimlar;
— aniqlangan daliliy ma’lumotlarni qayd etish haqidagi krimi-
nalistik bilimlar;
— belgilar haqidagi kriminalistik bilimlar;
— kriminalistik obyektlarni ro‘yxatga olish haqidagi bilimlar;
— ekspertiza tadqiqotlari metodikalarining umumiy qoidalari;
— har xil turdagi ekspertiza tadqiqotlarining xususiy metodikalari;
— sud tadqiqotlarini rejalashtirish va kriminalistik tusmollar
haqidagi bilimlar;
— dalillarni to‘plash, tadqiq etish, baholash va ulardan foydalanish
bo‘yicha faoliyatning umumiy prinsiplari;
— kriminalistik bashorat qilish nazariyasi.
Sud-ballistik ekspertizasining ilmiy asoslari haqida fikr yuritishdan
oldin, uning metodlari tushunchasi va turlarini ko‘rib chiqish lozim.
Chunki, metodning asosini inson tomonidan to‘plangan bilimlar,
tajribalar, malaka va ko‘nikmalar
tashkil etadi, inson ular yordamida
voqelikni yanada yaxshiroq bilishning usul va metodlarini, yo‘llarini
izlab topadi. Kriminalistikada metod bilish usuli sifatida o‘rganiladi.
Metodlarni qo‘llash sohalariga bog‘liq ravishda quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
— bilishning umumiy metodi;
— barcha fanda yoki amaliy faoliyatning barcha sohalarida
qo‘llaniladigan
umumilmiy metodlar;
— muayyan bir obyektni o‘rganishda qo‘llaniladigan maxsus
metodlar.
Kriminalistikada mantiqiy fanning qonun va kategoriyalaridan
foydalanish jinoyatchilikka qarshi kurashishda keng o‘rin olgan.
31
Shuningdek, kriminalistika va uning barcha sohalari va tarmoqlarida
aynanlik, o‘xshashlik, qarama-qarshilik va uchinchini
inkor etish,
mantiqiy qonunlardan, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, analogiya,
gipoteza va xulosa chiqarish kabi usullardan foydalaniladi.
Sud-ballistik ekspertizasining umumiy va umumilmiy metodlari,
xuddi kriminalistika kabi boshqa barcha fanlarda ilmiy asoslangan
ravishda qo‘llaniladigan, qabul qilingan bilishning metodlaridan
iboratdir.
Kriminalistikada umumnazariy metodlardan tashqari, yuqoridv
aytilganidek, maxsus metodlar ham mavjud bo‘lib,
ular sirasiga
quyidagilar kiradi:
— kuzatish yoki ko‘zdan kechirish;
— o‘lchash;
— ta’riflash;
— qayd etish;
— taqqoslash;
— eksperiment (tajriba).
Sud-ballistik ekspertizasining maxsus metodlari — bu kriminalistika
tomonidan ushbu turdagi ekspertiza oldiga quyilgan vazifalarni hal etish
uchun ishlab chiqilgan metodlardir. Demak, yuqorida keltirilgan va
kriminalistikaning maxsus metodlar deb
atalgan metodlari ballistik
ekspertiza uchun ham tegishlidir. Ushbu maxsus metodlarni kengroq
ko‘rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: