25
— qo‘rg‘oshin quymalari va qo‘rg‘oshin simlar, snaryadlarni bosish
usulida yoki eritib quyish usulida tayyorlash uchun press-qoliplar;
— namat, karton, qog‘oz va boshqa tolali materiallarning
parchalari,
pijlar tayyorlash uchun keskichlar;
— o‘qotar qurol va jangovar o‘q-dorilarning tayyor bo‘lmagan va
yarim tayyor alohida qismlari, ularning chizmalari va qolip-nusxalari,
nomerli belgilar yozish uchun maxsus moslama-puansonlar.
Tadqiqot obyektlari
—
moddalar:
— tutunli va tutunsiz porox va uning tarkibiy qismlari hamda gugurt
donalari dorisi;
— jarohatlangan buyumlardagi o‘q tegishidan hosil bo‘lgan va
qurol, gilza, o‘q, pijlardagi qurum, quroldan otgan shaxsning qo‘llaridan
olingan qurum;
— qurol saqlangan va joylashtirilgan joylar (maxfiy joylar, shkaf va
boshqalar) va buyumlar (g‘ilof)dagi qurol moyi va zangining
zarralari;
— qurol va patronlarni o‘zgartirish uchun ishlatilgan asbob-uskuna
va moslamalardagi metall zarralari;
Tadqiqot obyektlari
—
jarohatlar:
— o‘q tekkan buyumlardagi o‘q yoki sochma o‘q tegishidan hosil
bo‘lgan teshiklar, yoriqlar, ular atrofidagi kuyishlar;
— snaryad, gilza va pijlarning deformatsiyalangan va ajralgan
bo‘laklari;
— qurol stvollarining shishib va yorilib ketishi, qurolning alohida
qismlarining buzilishi.
Tadqiqot obyekti
—
moddiy qayd etiluvchi akslar-izlar:
— o‘q va gilzalarda, ularni mahkamlash uchun
ishlatilgan asbob-
uskuna va otish uchun ishlatilgan qurol qismlaridan qolgan ezilish va
shilinishlar;
— snaryadlarda, ularni tayyorlash uchun ishlatilgan press-shakl
hamda gilza og‘zidan qolgan ezilish va shilinishlar;
— jarohatlangan buyumda, o‘q tegishidan hosil bo‘lgan teshik
atrofidagi, qurol stvoli old kesimining aksi (shtansmarka);
— o‘q tegishidan hosil bo‘lgan kirish jarohatlari atrofidagi,
snaryadlarning ishqalanishi ta’sirida vujudga kelgan halqa — ishqalanish
halqasi;
— to‘pponcha–pulemyotlardan o‘q
otilishida shikastlangan
buyumlarda, o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlar atrofida, turli
shakllarga ega bo‘lgan qurumning o‘tirib qolishi;
26
— o‘qotar qurolning bir alohida qismi tasvirini ikkinchi bir alohida
qismda ifodalovchi zanglar;
— o‘qotar qurol alohida bir qismining, uning
ikkinchi bir alohida
qismida hosil qilgan shilinishlari;
— o‘qotar qurolning tashqi belgilari aksini, bu qurol saqlangan
buyum yoki joylardagi tasviri.
Ushbu sanab o‘tilgan buyumlar, moddalar, jarohatlar va aks-tasvirlar
ekspertizaga taqdim etilgan daliliy ashyolar,
shuningdek, taqqoslash
uchun namunalar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari,
o‘qotar qurollar, patronlar, turli nishonlar va porox kabi moddalar,
tadqiqotlar jarayonida ekspert eksperimentining obyektlari va ularning
materiallari sifatida ishlatilishi mumkin. Bu holda,
bir turdagi moddiy iz
hosil bo‘lish jarayoni, masalan, nishonga porox zarralarining o‘tirib,
kirib qolishi, mazmun-mohiyati turlicha bo‘lgan bir necha
tadqiqotlarning obyektlari hisoblanishi mumkin.
Birinchidan
, uning
modda — iz sifatidagi xususiyatlari, ya’ni fizikaviy va kimyoviy
xossalariga ko‘ra, tutunli yoki tutunsiz porox ishlatilib o‘q otilganligini;
ikkinchidan
, jarohat — iz sifatidagi parametrlari, ya’ni qurumlanish
hamda porox zarrasini kirib qolish sohasining radiusi va chuqurligidan,
o‘q
otilish masofasini; va nihoyat,
uchinchidan
, aks-izlar sifatidagi
belgilari, ya’ni kirib qolgan porox zarralarining miqdori, o‘zaro
joylashishi va porox zarralari o‘tirib qolish sohalarining shakliga ko‘ra
ishlatilgan qurolning turi va namunasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: