Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Jangovar qurollarning rivojlanib ketishiga ta’sir ko‘rsatgan turli 
omillar nimalardan iborat?
2. Qurollar evolutsiyasi ketma-ketligini aytib bering. 
3. Sud ballistikasi tushunchasi va yo‘nalishlarini sanab bering. 
4. Sud ballistikasining rivojlanishida Bou-strit-rannerlardan biri Genri 
Goddard, Lion universitetining sud-tibbiyot bo‘yicha professori Lakassan, 
nemis olimi Paul Yezerix, Amerikalik olim Oliver Uendell Xolms va boshqalar 
qanday rol o‘ynagan?
5. Mohir huquqshunos Charlza Ueytning sudga oid balistikaning tashkil 
bo‘lishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi nimalarda ifodalanadi? 
6. Qurollarni tayyorlash tarixi haqida so‘zlab bering. 
 
 


 22 
2-BOB.
 SUD-BALLISTIK EKSPERTIZASINING UMUMIY 
QOIDALARI 
1-§. Sud-ballistik ekspertizasi tushunchasi va predmeti 
Sud-ballistik ekspertizasi an’anaviy kriminalistik ekspertizalarning 
alohida bir sohasi hisoblanadi. 
Ushbu turdagi kriminalistik ekspertizalarning nazariy va ilmiy-
amaliy maxsus bilimlar majmuini o‘z ichiga olgan ilmiy asosi sud 
ballistikasi hisoblanadi. 
Sud ballistikasining predmeti hisoblangan qonuniyatlar sirasiga 
quyidagilar kiritiladi: 
— o‘qotar qurollar, ularning qism va mexanizmlari, o‘qotar 
qurollarning o‘q-dorilari va ularning tarkibiy qismlarini tayyorlash va 
ishlatish shart-sharoitlari haqidagi moddiy olamda aks etadigan 
ma’lumotlar, shuningdek o‘q otilishi jarayoni va ushbu jarayonda hosil 
bo‘ladigan otilgan o‘q va gilzalarda hamda o‘q tekkan obyekt va 
buyumlardagi izlar haqidagi ma’lumotlar; 
— o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va ularni ishlatish izlarini aniqlash, 
qayd etish, olish, saqlash va tadqiq qilish usullari, vosita va metodlari; 
— tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarni jinoyatlarni ochish 
va jinoyat ishlari bo‘yicha haqiqatni aniqlashda foydalanish 
qonuniyatlari. 
Yuqorida ta’kidlanganlardan sud ballistikasi tushunchasi kelib 
chiqadi: 
Sud ballistikasi — kriminalistik texnikaning o‘qotar qurollar, 
ularning patronlari va ularning qism va mexanizmlari hamda tarkibiy 
qismlari, o‘qotar qurollar va patronlarning ishlatish izlari bo‘yicha 
ma’lumotlarni aks etishi va olish qonuniyatlarini o‘rganadigan, 
jinoyatlarni ochish va tergov qilish hamda jinoyatchilikning oldini olish 
maqsadida yuqorida sanab o‘tilgan obyektlarni aniqlash, qayd etish, 
olish, saqlash va tadqiq qilish uchun texnik usullar, vosita va metodlar 
ishlab chiqadigan bir sohasi. 
Sud ekspertizalari jinoyatlarni ochish va tergov qilishda ilmiy-texnik 
vosita va metodlardan foydalanishning muhim protsessual shakli 
hisoblanadi. «Sud ekspertizasi – fuqarolik, xo‘jalik, jinoyat va ma’muriy 
sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud 
eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus 


 23 
bilimlar asosida, sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa 
berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakat»
1

Sud-ballistik ekspertizasining sud ekspertizasining bir sohasi sifatida 
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
— sud ekspertizasi fan, texnika, san’at va hunarmandchilik sohalari 
bo‘yicha maxsus bilimlarga asoslanib, faktik ma’lumotlarni aniqlashga 
mo‘ljallangan; 
— ekspertlar tomonidan hal etiladigan masalalar ko‘rilayotgan 
ishlarning huquqiy tomonlariga tegishli emas; 
— ekspert oldiga javob berish uchun qo‘yilgan savollar va uning 
xulosalari, ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqariga chiqishi 
kerak emas; 
— ekspert, jinoyat ishi materiallarining o‘ziga taqdim etilgan 
sharoitlari bo‘yicha holatlarni tadqiq qila oladi (qilishi mumkin); 
— protsessual qonunchilikda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish tartibi 
aniq belgilab qo‘yilgan; 
— tergovchi va sud ekspert xulosasidan dalil sifatida foydalanadilar, 
shu bois, ekspertiza tadqiqotlarini ekspert xulosasi sifatida 
rasmiylashtirish tartibi protsessual qonunchilikka kiritilgan. 
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan sud-ballistik ekspertizasining 
quyidagi ta’rifi kelib chiqadi: 
Sud-ballistik ekspertizasi 
— qonunda belgilangan protsessual 
shaklda tegishli ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan, tergov 
harakatlari va sud muhokamasi jarayonida o‘qotar qurol, o‘q-dorilar va 
ularning ishlatish izlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni olish 
maqsadida o‘tkaziladigan maxsus ekspertiza tadqiqotlaridir. 
Sud ekspertizasining mohiyatini ochib beradigan asosiy 
elementlardan biri uning predmetidir. Sud ekspertizasi nazariyasida 
uning predmeti sifatida ko‘rilayotgan jinoyat (fuqarolik) ishi 
materiallarini maxsus ilmiy bilimlar asosida o‘rganish va tekshirish 
jarayonida aniqlanadigan ma’lumotlar (faktlar, shart-sharoitlar) deb 
ta’kidlanadi. Ekspertizaning predmeti ekspertiza tadqiqotlarining 
obyektlari va tergovchi (sud)ning ekspert oldiga qo‘yadigan savollar 
bilan aniqlanadi. 
1
Qarang: 
Ўзбекистон
Республикасининг
«
Суд
экспертизаси
тўғрисида
»
ги
2010 
йил

июнь
қонуни
, 3-
модда

Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. – 
Т
., 2010. – 22-
сон
. – 173-
м



 24 
Shunday qilib, sud-ballistik ekspertizasining maxsus bilimlarning 
o‘ziga xos majmui sifatidagi predmeti bo‘lib sud ballistikasi hisoblansa, 
uning amaliy faoliyat sifatidagi predmeti bo‘lib, ushbu turdagi ekspertiza 
yordamida aniqlanadigan barcha ma’lumotlar (faktlar, shart-sharoitlar) 
hisoblanadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin