Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Sud-ballistik ekspertizasining vazifalari



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
3-§. Sud-ballistik ekspertizasining vazifalari 
Turli xil otuvchi moslama va qurilmalar, jangovar o‘q-dorilar va 
ularni ishlatish izlarining har taraflama va to‘liq sudga oid ballistik 
tadqiqotlari natijasida tergov va sud organlarini qiziqtirgan juda ko‘plab 
savollarga javob berilishi mumkin. O‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra 
ekspertizaga qo‘yiladigan ushbu savollar sud-ballistik ekspertizasining 
vazifalari deb ataladi hamda bir necha guruhlarga bo‘linadi: 
— sud-ballistik ekspertizasining ilmiy-nazariy turdagi vazifalari; 
— sud-ballistik ekspertizasining tasnifiy (yoki klassifikatsion) turdagi 
vazifalari; 
— sud-ballistik ekspertizasining tashxisiy (yoki diagnostik) turdagi 
vazifalari; 
— sud-ballistik ekspertizasining aynanlikni aniqlovchi (yoki 
identifikatsion) turdagi vazifalari; 


 27 
— sud-ballistik ekspertizasining holatiy (yoki situatsion) turdagi 
vazifalari. 
Sud-ballistik ekspertizasining ilmiy-nazariy turdagi vazifalari 
— sud 
ballistikasining predmeti, tarixi, obyektlari va vazifalari, sud 
ballistikasining kriminalistik ekspertizalar tizimidagi o‘rni va ahamiyati
ushbu turdagi ekspertizalarning huquqiy, tashkiliy, kriminalistik va 
protsessual asoslari, sud ballistikasida qo‘llaniladigan kriminalistik, 
kimyoviy, fizikaviy va fizikaviy-kimyoviy metodlar hamda ilmiy-texnik 
va kriminalistik vositalar, sud ballistikasining kriminalistika va sud 
ekspertizasining boshqa sohalari hamda boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar 
bilan o‘zaro aloqasi, uning fan sifatida hamda ekspertizaning muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan bir turi sifatidagi rivojlanish istiqbollari, ushbu 
turdagi ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazishdagi mavjud kamchiliklar 
hamda muammolar, ushbu kamchilik va muammolarni bartaraf etish 
usullari va yo‘llarini yaratish, zamonaviy fan-texnikaning ilg‘or yutuqlari 
va tajribalarini ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishga joriy 
etish, ballistik ekspertizalar tadqiqotlari uchun yangi metodlar, 
texnologiyalar va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda ularni 
amaliyotga tatbiq etish kabi vazifalarni qamrab oladi. 
Sud-ballistik ekspertizaning klassifikatsion turdagi vazifalari 
— 
ushbu turdagi ekspertizalarning obyektlarini tasniflash bo‘yicha 
vazifalar, ya’ni o‘qotar qurollar tushunchasi, ularning tasniflanishi, 
qurolning turi, rusumi va kalibri, qurol qismlari va mexanizmlarining 
ta’rifi va tuzilishi hamda mo‘ljallangan maqsadi, atipik o‘qotar qurollar 
tushunchasi va ularning tasniflanishi, tadqiqotlarning hozirgi amaliyoti 
va asosiy kamchiliklari, turli usulda yasalgan patronlar tushunchasi va 
tasniflanishi, unitar patronlarning ta’rifi va tuzilishi, patronlarning 
tarkibiy qismlari va ularning nomlanishi, ov patronlarining yasalishi, 
tarkibiy qismlari va portlovchi qurilmalarning tuzilishi, ularning tarkibiy 
qismlari, har bir qismining nomlanishi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. 
Sud ballistik ekspertizaning diagnostik turdagi vazifalari 
— 
ekspertiza obyektlariga tashxis qo‘yish masalalarini, ya’ni turli usulda 
yasalgan (zavodda yoki qo‘lbola usulda) o‘qotar qurollar va jangovar 
o‘q-dorilarning jangovar xossalari, texnik jihatdan sozligi, o‘q otish 
uchun yaroqliligini aniqlash maqsadida, tekshirilayotgan hodisaning 
muayyan sharoitlarida qurolning o‘q otish imkoniyatlarini aniqlash 
uchun tadqiq etish, taqdim etilgan obyektning jangovar xossalarini 
aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan eksperimental o‘q otishlarga 


 28 
tayyorgarlik ko‘rish, ularni o‘tkazish tartibi va metodi, stvol kanalidagi 
o‘q otilish mahsulotlari mavjudligini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan 
kimyoviy va fizikaviy tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni 
o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni o‘z ichiga oladi. 
Sud-ballistik ekspertizasining identifikatsion turdagi vazifalari 
— 
ballistika ekspertizalari obyektlarini umumiy va xususiy belgilariga ko‘ra 
identifikatsiya qilish, ya’ni o‘qotar qurollarning otilgan gilzalar va 
o‘qlardagi izlariga qarab kriminalistik identifikatsiya qilish tushunchasi, 
gilzalar va o‘qlardagi turli izlarning aynanlikni aniqlovchi ahamiyati, 
gilzalar va o‘qlarning guruhiy taalluqliligini va otilgan gilzalar hamda 
o‘qlar bo‘yicha qurolning rusumi hamda turini aniqlash metodikasi, 
shuningdek otilgan gilzalar va o‘qlardagi iz hosil bo‘lish mexanizmi
o‘qotar qurolning gilzalar va o‘qlardagi izlariga qarab identifikatsiya 
qilish maqsadida o‘tkaziladigan ekspert tadqiqotlarining bosqichlari va 
metodlari, taqqoslash tadqiqotlari va ularning turlari, o‘qotar qurol 
o‘rinbosar-patronlarining o‘qlari va gilzalaridagi izlarga qarab 
identifikatsiya qilishning xususiyatlari, o‘q va gilzalarning bir patronga 
taalluqliligini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar hamda ularni 
o‘tkazish metodikasi kabi savollarni o‘rganadi. 
Sud-ballistik ekspertizasining holatiy (situatsion) turdagi vazifalari 
— ballistika ekspertizalari obyektlarining qay holatda, qay sharoitda, 
qanday tartib va ketma-ketlikda vujudga kelganligi, o‘qotar qurol 
ishlatilishi bilan bog‘liq holda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish, uning maqsadi hamda ushbu turdagi ekspertiza obyektlarini 
qidirish, topish, aniqlab olish va protsessual jihatdan qayd etish kabi 
masalalarni, ya’ni o‘qotar qurol ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar 
bo‘yicha voqea joyini ko‘zdan kechirish vazifalaridan biri daliliy 
ashyolarni (gilzalar, snaryadlar, pijlar va hokazolarni) aniqlash, ko‘zdan 
kechirish, qayd etish va topib olish ekanligi, bunday voqealar sodir 
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda mutaxassis sifatida ekspert-
kriminalistlarning ishtiroki, o‘q otilgan joy yoki uning yaqin-atrofida 
qurol yoxud uning alohida qismlarini, o‘qlar, sochmalar, kartechlar, 
gilzalar, pijlar, prokladkalar, o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari, 
ularning izlari va hokazolarning topilishi hamda voqea joyidagi ballistik 
xarakterga ega bo‘lgan izlar va obyektlar bo‘yicha hal etiladigan va eng 
ko‘p tarqalgan savollar, o‘q otilish izlari bo‘yicha uning masofasi va 
yo‘nalishini, snaryadning uchish yo‘nalishini va o‘q otilish joyini, o‘q 
otilish izlari bo‘yicha uning masofasi va qurolning turi, o‘q otilish 


 29 
masofasini to‘siqdagi izlarga qarab aniqlash, shuningdek o‘q otilish 
izlarining kompleks tadqiqoti, o‘q otilish izlarini ekspertiza qilishda 
eksperimental o‘q otib olishlar, bu eksperimentga tayyorgarlik ko‘rish va 
ularni o‘tkazish metodikasi, o‘q otilish yo‘nalishini aniqlashning 
metodikasi va qurolning to‘siqqa nisbatan holatini hamda otuvchi hamda 
jabrlanuvchining o‘zaro joylashishini aniqlash, o‘q otilishlar miqdori va 
ularning tartibini aniqlash metodikasini o‘rganishni o‘ziga maqsad qilib 
qo‘yadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin