8
qurollarning turlari shu qadar ko‘pki, ularning ma’lum asoslarga ko‘ra
guruhlarga ajratish, bu qurollar haqidagi ma’lumotlarni tasniflanish
tizimini yaratish juda katta muammolarni keltirib chiqaradi.
Albatta, jinoyatchilikning bu qadar rivojlanib ketishi, qurollar va
boshqa otuvchi qurilmalar turlarining ko‘pligi, uning yanada yangi
turlarining ishlab chiqarilayotgani jahon kriminalistlarining e’tiboridan
chetda qolayotgani yo‘q. Jinoyatchilik dinamikasiga nisbatan tegishli
chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Ushbu sohada nazariy muammolarni
hal etish bilan qurollangan
jinoyatchilikka qarshi kurash borasida nazariyotchi olimlar ham o‘z
hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda zamonaviy kriminalistikaning
rivojlanishida alohida turdagi qurollarning barcha turlariga (o‘qotar
qurollar, sovuq qurollar, gaz qurollari, pnevmatik qurollar va shu kabilar)
oid turli yo‘nalishlarni birlashtirish va yagona nazariya sifatida o‘rganish
an’anaga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bu kabi an’analar olimlarning
e’tiboriga molik bo‘lgan yangilik hisoblanadi. Bu kabi o‘zgarishlarga
bo‘lgan e’tiborni xususiy kriminalistik metodikalar ishlab chiqish emas,
balki umumiy, integrativ xususiyatga ega bo‘lgan
ilmiy izlanishlarga
bo‘lgan e’tiborning kuchayganidan sezish mumkin. Ushbu o‘zgarishdan
maqsad kriminalistikada qurollarni o‘rganishga bo‘lgan yondashuvning
yagona, umumiy metodik jihatlarini ishlab chiqishdir.
Dostları ilə paylaş: