Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Qo‘lbola va o‘zgartirilgan qurollarni o‘qotar qurollar



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
3-§. Qo‘lbola va o‘zgartirilgan qurollarni o‘qotar qurollar 
turkumiga taalluqliligini aniqlash 
Qo‘lbola o‘qotar qurollarning kriminalistik tadqiqotida asosan 
quyidagi vazifalar bajariladi: 
— tadqiqotga taqdim etilgan obyektning o‘qotar qurollar guruhiga 
taalluqliligini aniqlash; 
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning guruhiy taalluqliligini aniqlash; 
— qo‘lbola qurolning tayyorlanish usulini aniqlash; 
— qo‘lbola qurolning otish uchun yaroqligini aniqlash; 
— qo‘lbola qurolni tayyorlashda ishlatilgan alohida, standart 
qurolning qism va mexanizmlarining texnik sozligini aniqlash. 
Ushbu turdagi qurollarni kriminalistik ekspertizalarining dastlabki 
tadqiqotlar bosqichida ekspert, taqdim etilgan materiallar bilan tanishadi. 
Bu jarayonda ko‘rilayotgan jinoyat ishining mohiyati, shart–sharoitlari 


 207 
va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarning mazmuni aniqlashtiriladi. 
Zarur bo‘lganda ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollar, tergovchi bilan 
kelishgan holda, tahrir qilinishi mumkin va bu haqida ekspertiza 
xulosasida bayon etilishi lozim. 
So‘ng taqdim etilgan obyektlar o‘rami ko‘zdan kechiriladi va 
o‘ramning butunligi yoki buzilganligi qayd etiladi.
Obyektlarning o‘rami ochilganidan keyin ekspert tadqiqot 
obyektlarini dastlabki ko‘zdan kechiradi, uning umumiy xususiyatlari 
(ko‘rinishi, miqdori va shu kabilar)ni ekspertiza tayinlash haqidagi 
qarorda ko‘rsatilganlar bilan solishtiradi, ya’ni taqdim etilgan obyektlar 
ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishiga 
ishonch hosil qiladi. 
Tadqiqotlar jarayonida qurol bilan muomala qilishda xavfsizlik 
texnikasi qoidalariga alohida e’tibor berish va taqdim etilgan qo‘lbola 
qurol o‘qlangan yoki o‘qlanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar 
obyekt o‘qlangan bo‘lsa, xavfsizliq qoidalariga rioya etgan holda uni 
o‘qsizlantirish, bundan oldin qurolning qism va mexanizmlarini, magazin 
va barabandagi hamda stvol patrondonidagi patronlarning holatini qayd 
etish lozim.
Stvol og‘zidan o‘qlanadigan (piltali, kremniyli, kapsyulli) qo‘lbola 
qurollarda o‘qsizlantirishni yuqoridagi kabi amalga oshirishning imkoni 
yo‘q, bunday qurollarni o‘qsizlantirishda, ularning stvolida joylashgan 
snaryad, yondirish (porox) zaradining holatini qayd etishning iloji 
bo‘lmaydi. 
Dastlabki ko‘zdan kechirish jarayonida, tadqiqot obyektining 
sirtlarida qo‘l barmoq izlari, qurol stvoli kanalida esa — o‘q otilish 
mahsulotlarining mavjud bo‘lishini, ya’ni obyektni boshqa turdagi 
kriminalistik ekspertizalar doirasida tadqiqot qilish imkoniyati borligini 
yodda tutish zarur. 
Shuning uchun sud-ballistik ekspertizalarini daktiloskopik va 
kimyoviy ekspertizalardan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ushbu omillarni ekspertiza tayinlovchi organ (xodim) bilan kelishib 
olish lozim. 
Dastlabki tadqiqotlarning yakuniy qismi bo‘lib, taqdim etilgan 
obyektning umumiy ko‘rinishi, standart qismlarida mavjud bo‘lgan 
markirovka belgilari va yorliqlarini fotosuratga olish hisoblanadi. 
Alohida tadqiqotlar bosqichida obyektning, o‘qotar qurollarning 
aniq mezonlariga mosligi (mos emasligi)ni aniqlash imkonini beradigan 
tuzilishi va ishlash prinsipidagi xususiyatlari tahlil qilinadi. 


 208 
Qo‘lbola qurolning material qismlarini tadqiq qilishda, uning 
mo‘ljallangan maqsadini aniqlash imkonini beradigan asosiy belgilari 
mavjudligi aniqlanadi, jumladan: stvol (snaryadga yo‘naltiruvchi harakat 
beruvchi mexanizm); stvol kanalini yopish qurilmasi; otish (otuvchi 
zaradni yondirish uchun) qurilmasi. Bundan tashqari, qo‘lbola qurolning 
qo‘shimcha elementlari — qurolni ushlash va boshqarish qurilmasi, 
mo‘ljalga olish qurilmasi (mo‘ljallagich) mavjudligi aniqlanadi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan obyektning tuzilishidagi belgilarini tahlil 
qilish ekspertiza xulosasida quyidagilarni o‘rganish va qayd etish 
maqsad qilinadi: 
— qo‘lbola qurol tuzilishining umumiy xususiyatlari (o‘lchamlari, 
tarkibiy qismlarining ro‘yxati);
— qurol tuzilishi tarkibiy elementlarining alohida tavsiflarini.
Ushbu jarayonda stvolning shakli, o‘lchamlari (millimetrlarda), 
materiali, tuzilishi xususiyatlari, stvol kanali (silliq, narezli), stvolda 
mo‘ljallagichlarning mavjudligi va miqdori; quroldagi tutib turuvchi 
element — asos, stvol qutisi va shu kabilarning ko‘rinishi, shakli, 
o‘lchamlari, materialining ko‘rinishi va rangi; zatvor yoki yopish 
qurilmasining turi (metall quvurning bir uchini asos ichiga botirilganligi, 
qopqoq bilan berkitilganligi va hokazo), o‘lchamlari; otish mexanizmi 
(qurilmasi)ning turi va tuzilishi (yondiruvchi qurilmasining turi va 
tuzilishi, uning tarkibiy elementlarining xususiyatlari); qurolni ushlash 
va boshqarish qurilmalarining xususiyatlari; quroldagi boshqa 
elementlarning xususiyatlari aniqlanadi.
Taqdim etilgan obyektning tuzilish xususiyatlarini o‘rganishda 
qurolning o‘qlash usuli, ushbu quroldan otish mumkin bo‘lgan 
patronlarning turi va namunasini ham aniqlash lozim. 
Ta’kidlash joizki, tadqiqotga taqdim etilgan obyektning tuzilishi 
ma’lum standart o‘qotar qurol bilan o‘xshash bo‘lsa, ushbu obyektning 
tarkibiy qismlarini ta’riflab yozishda ushbu standart o‘qotar qurolga mos 
maxsus atamalar (masalan, asos, dasta, baraban, saqlovchi halqa, 
magazin va hokazolar)dan foydalanish lozim. 
Taqdim etilgan obyektning tuzilishini tahlil qilish bilan birga uning 
tayyorlanish usuli haqidagi masala hal qilinadi. Bunda qurolni qo‘lbola 
usulda tayyorlashning ma’lum bo‘lgan belgilari (ishlov berilganlik 
darajasining qo‘polligi, markirovka belgilarining yo‘qligi va hokazolar) 
e’tiborga olinadi. 


 209 
Keyin ekspert tadqiq qilinayotgan obyektning qism va 
mexanizmlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydi. Buning uchun, aksariyat 
hollarda masalan, begona buyum (modda)larni yo‘qotish uchun, uning 
tuzilishini buzmagan holda qismlarga noto‘liq ajratish mumkin. 
Tekshirish va tadqiqotlar natijasida taqdim etilgan obyekt o‘qotar 
qurollarning asosiy belgilari majmuasiga egaligi to‘g‘risida, ya’ni tadqiq 
etilayotgan obyektning mo‘ljallangan maqsadi haqida xulosa qilinadi. 
Agar, taqdim etilgan obyekt o‘qotar qurollarning asosiy belgilari 
majmuasiga ega emasligi aniqlansa yoki uning mo‘ljallangan maqsadi 
o‘q otish bilan bog‘liq bo‘lmasa, u holda ekspertiza tadqiqoti 
yakunlanadi hamda taqdim etilgan obyekt o‘qotar qurol hisoblanmaydi, 
deb xulosa qilinadi. 
Taqqoslash tadqiqotlari bosqichida taqdim etilgan obyekt o‘qotar 
qurollarning aynan qanday turiga tegishliligi aniqlanadi. Bunda 
taqqoslash uchun material sifatida maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar, 
elektron adabiyotlar, o‘qotar qurollarning tabiiy kolleksiyalaridan 
foydalanish mumkin. 
Tadqiq qilinayotgan obyektning o‘qotar qurollarning boshqa 
mezonlari (shikastlovchi ta’siri, mustahkamligi va ishonchligigi)ni 
aniqlash maqsadida ekspert eksperimentlari o‘tkaziladi. 
Tekshirilayotgan obyektni eksperiment uchun tayyorlash va uni 
o‘qlash ushbu obyektning material qismlari (stvol patrondonining shakli 
va o‘lchamlari, urgichning joylashishi, yopish mexanizmining tuzilishi 
va hokazolar)ni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Agar obyektning 
tuzilishi, ushbu obyektdan otilishi mumkin bo‘lgan patronlar haqida fikr 
yuritish imkonini bersa, eksperimentlar jarayonida obyektni o‘qlash va 
otishda aynan shu patronlardan foydalanish lozim. Agar, ushbu 
patronlardan eksperimental otishlar jarayonida, gazlarning yetarlicha 
obtyuratsiyasi (gazning snaryadlarga ta’siri) yo‘qligi hisobiga 
snaryadning solishtirma kinetik energiyasining eng kichik qiymatini 
olish imkoni bo‘lmasa, ekspert patronlarga qo‘shimcha ishlov berib 
hamda ularni o‘zartirib yoki patronlarni «alohida o‘qlashlar metodi»dan 
foydalanib, qayta tayyorlab ushbu minimal qiymatni olishi lozim. 
Agar qo‘lbola o‘qotar qurolning patrondoni standart patronning 
o‘lchamlariga mos kelmasa (qurol qo‘lbola patronlardan otishga 
mo‘ljallangan bo‘lsa), ekspert standart patronlarning tarkibiy qismlaridan 
foydalanib bunday patronlarni o‘zi tayyorlashi lozim. 


 210 
Qo‘lbola yoki o‘zgartirilgan patronlarni alohida o‘qlash metodidan 
foydalanishda ekspert tekshirilayotgan qurol stvoli kanali (baraban 
kamorasi)ning diametrini aniqlashi va o‘qlashni, gazlarning yetarli 
minimal obtyuratsiyasini hosil qilish uchun, otilayogan snaryadning 
diametri stvol kanali diametridan 2 — 4 % ga katta bo‘ladigan qilib (agar 
stvolda narezlar bo‘lsa, stvol kanalining diametri narezlardan o‘lchanadi) 
hamda eksperimental o‘q otishni obyektning material qismlariga xech 
qanday o‘zgartirish kiritmasdan amalga oshirishi kerak. Snaryad 
materiali sifatida qo‘rg‘oshin asosli eritma olinadi. Qo‘lbola qurolni 
o‘qlashdan oldin snaryadning og‘irligi va diametri o‘lchanadi. 
Eksperimental o‘q otishni xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda, 
masofadan turib o‘q otish imkonini beradigan qurilma yordamida 
maxsus o‘q tutgichga otish va bu jarayonda snaryadning uchish tezligini 
o‘lchaydigan qurilmadan foydalanish lozim.
Eksperiment jarayonida otilgan snaryadning uchish tezligi porox 
gazlarining oqimi tezlikni o‘lchovchi qurilmaga ta’sir ko‘rsatmaydigan 
masofada (odatda, ushbu masofa 1 
metrni 
tashkil qiladi) o‘lchanadi. 
Eksperimental o‘q otish jarayonida xolislikni ta’minlash maqsadida 
tekshirilayotgan obyektdan kamida uchta o‘q otib ko‘riladi va 
eksperiment natijasida otilgan o‘q boshlang‘ich tezligining o‘rtacha 
qiymati hisoblanadi. 
Qo‘lbola quroldan otilgan snaryadning shikastlovchi qobiliyatini, 
uning solishtirma kinetik energiyasi (

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin