Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalarni o‘qotar qurollar 
turkumiga taalluqligini aniqlash

Ekspertizaga taqdim etilgan qo‘lbola 
usulda yasalgan otuvchi qurilmaning bevosita tadqiqoti oddiy ko‘zdan 
kechirish (vizual) usulida quyidagilarni aniqlashdan boshlanadi:
— ushbu qurilma yaxlitmi yoki tarkibiy qismlardan iboratmi;
— qanday materialdan tayyorlangan; unda stvol yoki kanal 
mavjudmi;
— kanalning tuzilishi qanday (bir yoki ikki tomoni ochiq);
— kanalning bir tomoni (orqa qismi) qattiq berkitilganmi va qanday 
usulda berkitilgan (egib qo‘yilgan, payvandlangan, vint bilan burab yoki 
ko‘ndalang stopor yordamida);
— ikki tomoni ochiq kanalning orqa kesimi maxsus qism (zatvor, 
kolodka qalqonchasi) bilan berkitiladimi;
— bir tomoni berk stvolning devorlarida yondirish tuynugi 
mavjudmi;
— stvol bilan yondirish qurilmasi yaxlit yasalganmi;
— yopish, urish, qo‘yib yuborish va boshqa mexanizmlarning 
vazifasini bajaruvchi ochiq joylashgan alohida qismlari bormi. 
Sanab o‘tilgan ushbu xususiyatlar otuvchi qurilmaning mavjud 
tarkibiy qismlarini harakatga keltirmasdan o‘rganiladi. Ta’kidlash joizki, 
qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalar odatda, standart jangovar 
qurollarning biror turiga o‘xshash qilib tayyorlanadi. Bu kabi 
qurilmalardan eng oddiylari — ixtiyoriy shakldagi, bir tomoni yopiq 


 215 
bo‘lgan silindrsimon kanal yoki bir dona quvursimon, to‘g‘ri yoxud G–
simon bir tomoni mustahkam berkitilgan stvoldan iborat bo‘ladi. 
Stvolning yoki kanalning orqa tomonida, kanal devorida yondirish 
tuynugi bo‘ladi. 
Otuvchi qurilmaning stvoli po‘lat, temir, jez, bronza, mis yoki 
aluminiy materialdan yaxlit yasalgan quvurdan iborat bo‘ladi. Rangli 
metallar, jumladan, aluminiyning eritmalaridan nafaqat qo‘lbola usulda 
yasalgan qurilmalar, balki standart ov qurollarning ham stvollari 
yasaladi. Bundan tashqari, ko‘p miqdordagi qattiq qog‘oz qatlamlaridan 
quvursimon shaklda o‘ralgan va ip yoki sim bilan o‘ralgan yoki 
yog‘ochdan yasalib, metall halqalar bilan o‘ralgan stvollar ham uchraydi. 
Taqdim etilgan otuvchi qurilmadagi o‘qotar qurolga mos bo‘lgan 
stvol yoki kanalning mavjudligini aniqlab olgandan keyin, bu stvoldan 
porox yonganida paydo bo‘ladigan hid kelayotganligi, keyin 
quyidagilarning yo‘qligi aniqlanadi: og‘zidan o‘qlanuvchi stvolda — 
jangovar zarad, orqasidan o‘qlanuvchi stvolda — patron yoki gilza. 
Buning uchun stvol ichiga oxirigacha, yog‘ochdan yasalgan uzun va 
ingichka moslama — shup kirgiziladi. Shupning stvol ichiga kirib ketgan 
qismining uzunligini, tekshirilayotgan stvolning orqa qismidan stvol 
og‘zigacha bo‘lgan uzunligi bilan solishtiriladi. Ushbu ikki uzunliklar 
o‘qlanmagan yoki stvolida jangovar zaradi yoxud patron (gilza) 
bo‘lmagan stvollarda o‘zaro mos keladi, o‘qlangan yoki stvolida 
jangovar zaradi yoxud patron (gilza) bo‘lgan stvollarning ozod qismi 
uzunligi shup uzunligidan kaltaroq bo‘ladi. Yoki rentgen qurilmalari 
yordamida stvolning ichki tuzilishi va holatini tekshirish mumkin. 
Tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmaning 
stvolidagi mavjud snaryad, patron, pij, jangovar zarad va hokazolarni 
albatta chiqarib olish zarur. Bu vazifani xavfsizlik qoidalariga qat’iy 
rioya etgan holda bajarish lozim. 
Og‘zidan o‘qlanuvchi stvolning ichida joylashgan snaryad yoki pijni 
aniqlash uchun stvol ichiga yog‘och shup kirgiziladi va juda ohista urib, 
bu snaryad yoki pijning shup bilan ta’sirlashganini eshitish orqali 
aniqlanadi. Keyin ushbu stvolni rezina yoki karton orasiga olib, qisqich 
stanokda ohista siqiladi. So‘ng stvolning yonbosh tomonida turib, bir 
tomoni yassi va ayrim shaklda bo‘lgan va dastasi shompolga ko‘ndalang 
joylashgan yog‘och shompol yordamida snaryad yoki pijni joyidan 
qo‘zg‘atishga harakat qilinadi. Undan so‘ng bu stvolning og‘zini pastga, 
qum bilan to‘ldirilgan va ustiga qog‘oz yopilgan qutiga qaratib qisqichga 
mahkamlanadi. 


 216 
47– rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin