203
(elaktikligi hisobiga) kerakli energiyani to‘playdi. Aksariyat hollarda,
pilta miltiqlar tuzilishida, stvoldagi yondirish tuynugida joylash-
tiriladigan standart kapsyullar yoki qog‘oz
patronlardan foydalanish
nazarda tutilgan bo‘ladi. Metall xalqacha (skoba) jangovar holatda
sheptalo yordamida ushlab turiladi.
Stvolining orqasidan o‘qlanadigan qo‘lbola o‘qotar qurollar texnik
jihatdan ancha murakkab hisoblanadi. Stvol orqasidan o‘qlanuvchi va to‘liq
qo‘lbola usulda tayyorlangan qurollarning tuzilishida
quyidagi xususiyatlar
mavjud:
— qurol bir zaradli;
— tuzilishi
jihatdan noavtomatik;
— qurollar 5,6
mm
kalibrli xalqasimon jang patronlarini otishga
mo‘ljallangan. Shuning uchun ularning stvol kanali diametri 5,6
mmga
yaqinroq o‘lchamda bo‘ladi;
— qurolning zatvori erkin va qo‘zg‘almaydigan stvolda bo‘ylama
harakat qiladi yoki zatvor qo‘zg‘almaydigan va stvol qutisining orqa
qismida joylashgan bo‘ladi, bunda qurolning stvoli
harakatlanuvchan
bo‘ladi (ya’ni stvol zatvor tomonga harakat qiladi);
— urish mexanizmi zatvor tipida va uning urgichi ekssentrik
(umumiy o‘q bilan bir markazga ega bo‘lmagan) tarzda joylashgan
bo‘ladi;
Quyidagi 41-rasmda keng tarqalgan bir zaradli qo‘lbola
to‘pponchaning surati keltirilgan.
4-rasm.
Dostları ilə paylaş: