Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)


Часть
1. / 
Под
ред

В

А

Ручкина
и
И

А

Чулкова
. — 
Волгоград
, 2004. 


 199 
Shuning uchun qo‘lbola o‘qotar qurollarni kriminalistik 
tadqiqotlarining maqsadi ularda standart o‘qotar qurollar uchun zarur 
belgilar majmuini aniqlashdan iborat bo‘ladi. 
B.M.Komarines tomonidan (1974) qo‘lbola o‘qotar qurollar guruhi 
uchun «o‘qotar qurollar mezonlari tizimi» (
qurollilik, o‘qotarlilik, 
ishonchlilik
) taklif etilgan edi. 
Hozirgi kunda tajribali ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan va 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari Ekspert–kriimnalistik 
xizmatlari tomonidan foydalanishi tavsiya etilgan «o‘qotar qurollar 
mezonlari tizimi» quyidagilardan iborat:

tuzilishiga oid belgilar; 

snaryadning energetik xususiyatlari; 

ishonchlilik. 
Obyektning material qismlarining 
tuzilishiga oid belgilari 
ushbu 
obyektning mo‘ljallangan maqsadini ifodalaydi va uning tuzilishida eng 
kamida quyidagi uchta asosiy mexanizmlar (eyelementlar) mavjud 
bo‘lishini belgilaydi:

snaryadga yo‘naltiruvchi harakat beradigan qurilma 
(mexanizm)ning mavjudligi, ya’ni stvolning mavjudligi; 

stvol kanalini yopadigan qurilmaning mavjudligi; 

otuvchi zaradni yondirish qurilmasining mavjudligi. 
Yuqoridagilardan tashqari, obyektda, uning tuzilishiga oid va 
mo‘ljallangan maqsadini ko‘rsatadigan hamda ana shu maqsadda 
ishlatilishiga imkon beradigan qo‘shimcha elementlar ham bo‘lishi 
mumkin: 

ushlash va boshqarish qurilmalari; 

mo‘ljallash qurilmalari (mo‘ljallagich) va boshqalar. 
Obyektning tuzilishida qo‘shimcha elementlarning bo‘lmasligi, uni 
o‘qotar qurollar turkumiga tegishliligini aniqlash bo‘yicha savolga javob 
berishda muhim ahamiyatga ega omil hisoblanmaydi 
Aniq bir o‘qotar quroldan otilgan 
snaryadning energetik 
xususiyatlari 
uning odam yoki hayvonga, hayot uchun xavfli bo‘lgan 
yoki o‘limga olib keladigan shikastlar yetkazish imkoniyatini ifodalaydi. 
Qo‘lbola qurollardan otilgan snaryadlarning shikastlovchi ta’sirini 
tadqiq etishda, ushbu snaryadning solishtirma kinetik energiyasi 
aniqlanadi. Sud ballistikasi va sud tibbiyotida shikastlashning eng kam 
chegara miqdori sifatida solishtirma kinetik energiyaning, stvol og‘zi 
kesimidan 1 
metr 
masofada o‘lchangan 0,5 
Dj/mm2 
(0,05 
kgm/mm2
)dan 
kam bo‘lmagan kattaligi olinishi qabul qilingan. 


 200 
Ishonchlilik 
tekshirilayotgan obyektdan, hech qanday buzilishlarsiz 
hamda otuvchining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasdan bir necha 
marta (
bir martadan ko‘p
) o‘q otishlar imkoniyatini ifodalaydi. 
Ta’kidlash joizki, qo‘lbola o‘qotar qurollar uchun ishonchlilik 
mezoni fakultativ xususiyatga ega. 
Ekspert–kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatida uchray-
digan qo‘lbola o‘qotar qurollarni quyidagi asoslarga ko‘ra tasniflash 
mumkin: 
Turiga ko‘ra: 
to‘pponchalar; revolverlar, vintovkalar; miltiqlar; to‘pponcha–
pulemetlar; avtomatlar; pulemetlar. 
Stvolining uzunligiga ko‘ra

uzun stvolli; o‘rta stvolli; kalta stvolli. 
Stvollarining miqdoriga ko‘ra: 
bir stvolli; ikki stvolli; ko‘p stvolli. 
Stvol kanalining tuzilishiga ko‘ra: 
narezli; silliq stvolli; murakkablashtirilgan (o‘qotar qurolning 
tuzilishida narezli va silliq stvollar mavjud bo‘lganida). 
Zaradining miqdoriga ko‘ra: 
bir zaradli; ko‘p zaradli. 
Qurolni o‘qlash usuliga ko‘ra

stvol og‘idan o‘qlanuvchi (shompolli); stvol oqasidan o‘qlanuvchi; 
ajratilgan o‘qlanuvchi (snaryad qurol stvolining og‘zi tomonidan, porox 
zaradi va uni yondiruvchi tarkibi 

stvolning orqa tomonidan 
o‘qlanadigan). 
Otuvchi zaradining yondirish usuliga ko‘ra: 
mexanik (urgichli) yondirish qurilmali; issiqlik ta’siridagi yondirish 
qurilmali; elektr alangalashtiruvchi qurilmali.
Avtomatikasining darajasiga ko‘ra

noavtomatik; avtomatik; yarim avtomatik. 
Otishlarning xususiyatiga ko‘ra: 
donalab otuvchi; uzluksiz otuvchi; murakkablashgan tarzda otuvchi 
(ham donalab, ham uzluksiz).
 
Urish mexanizmining turiga ko‘ra

urgichli; tepkili; urgichli–tepkili; zatvorli. 
Urib–qo‘yib yuboruvchi mexanizmning tuzilishiga ko‘ra: 
bir martalik ta’sirli urib–qo‘yib yuboruvchi mexanizmli qurollar 
(tepki faqat qo‘lda ko‘tariladi); o‘zi ko‘tariladigan urib–qo‘yib 


 201 
yuboruvchi mexanizmli qurollar; ikki martalik ta’sirli urib–qo‘yib 
yuboruvchi mexanizmli qurollar (tepkini qo‘lda ko‘tarish ham mumkin, 
tepki o‘zi ko‘tarilishi ham mumkin). 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin