Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Pnevmatik patron.
Ushbu patronning xususiyatlari: kalibr — 4,5 mm (0.177), gilzaning 
uzunligi 

29 mm, patron (gilza va qalpoqcha)ning uzunligi 

39 mm, 
gilzaning patron kalibri bo‘yicha diametri — 0.38, patronning og‘irligi 


gramm
. Ushbu patrondan otish uchun «Diabolo» rusumli 
qo‘rg‘oshin o‘qlarning turlari 

plastmassa dumchali, o‘tkir uchli po‘lat 
o‘qlar yoki dumaloq po‘lat o‘qlar ishlatiladi. Gilza va qalpoqchaning 
materiali 

jez, klapan (nippel) materiali 

po‘lat, xalqasion 
zichlagichining materiali 

rezina. Gilzadagi siqilgan havoning 
maksimal bosimi 200 
bargacha 
bo‘ladi. O‘qning stvol og‘zidagi 
energiyasi 7,5 
Jouldan 
kamroq, o‘qning stvol og‘zidagi tezligi 170 
m/s 
atrofida bo‘ladi. 


 192 
Pnevmatik quroldan otilgan o‘qlarning teshib o‘tuvchi ta’siri qurol 
stvoli kanalining yeyilganlik darajasi, jangovar prujina, siqilgan gazning 
miqdori va o‘q otilish masofasi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
5-§. Gaz va pnevmatik qurollar tadqiqotlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Gaz va pnevmatik qurrollarning ekspert–kriminalistik tadqiqotlari 
quyidagi vazifalarni bajarish uchun qaratilgan: 

tekshirilayotgan obyektlarning gaz va pnevmatik qurollarga 
tegishliligini aniqlash; 

gaz va pnevmatik qurollarning holatini aniqlash; 

gaz va pnevmatik qurollarni, ulardan otilgan gilzalardagi izlarga 
ko‘ra identifikatsiya qilish; 

pnevmatik qurollarni, ulardan otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra 
identifikatsiya qilish.
Yuqoridagi kabi vazifalar o‘qotar qurollarga nisbatan ham amalga 
oshiriladi, shu bois, ushbu vazifalarni faqat gaz va pnevmatik qurollarga 
tegishli o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqaylik. 
Ekspert–kriminalistik tadqiqotlarning muhim tarkibiy qismlaridan 
biri — taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar olish maqsadida 
o‘tkaziladigan ekspert ekspermenti hisoblanadi. 
Eksperiment jarayonida, o‘q otilish chog‘ida qurolning barcha qism 
va mexanizmlarining o‘zaro ishlashi xususiyatlari, gilzadagi izlarning 
barqarorlik darajasi aniqlanadi.
Gilzalarda izlar to‘pponcha magaziniga yoki revolver barabaniga 
patronlarni joylashtirishda, to‘pponchani o‘qlashda (patrondonga 
patronni jo‘natishda), quroldan o‘q otilishida va otilgan gilzani quroldan 
chiqrishda hosil bo‘ladi. Gilzalarda iz hosil bo‘lishida qurolning turli 
qism va mexanimlari — jo‘natish, yopish, urish, chiqarib tashlash va 
qaytarish mexanizmlari ishtirok etadi. Shuning uchun o‘q otilgan 
qurolning guruhiy taalluqligi (qurolning guruhi — tizimi, rusumi va 
namunasi)ni uning gilzada aks etgan izlarning umumiy belgilariga ko‘ra 
aniqlanadi, xususan: 

urgich (shakli, o‘lchamlari, joylashgan joyi); 

qaytargich (miqdori, shakli, o‘lchamlari, joylashgan joyi); 

chiqarib tashlagich ilmog‘i (o‘lchamlari, shakli, qaytargich iziga 
nisbatan joylashgan joyi); 


 193 

patron tayanchi (ishlov berilganlik darajasi, relyeflarining 
yo‘nalishi, o‘lchamlari). 
Gilzadagi izlarni o‘rganish jarayonida ma’lumotlar maxsus 
adabiyotlaragi ma’lumotlar bilan solishtiriladi va ushbu solishtirish 
natijasida qo‘llanilgan gaz quroli, uning tizimi va rusumi haqida xulosa 
qilinadi. 
Gaz qurollaridan eksperimental o‘q otish yopiq binolarda ishlatishga 
mo‘ljallangan, tortuvchi ventilatsiya bilan jihozlangan maxsus qurilma 
yordamida (masalan, Rossiya Federatsiyasining «Kriminalisticheskaya 
texnika» yopiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan maxsus 
qurilma)dan foydalangan holda yoki binoan tashqarida (ochiq havoda), 
havo oqimi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Eksperiment jarayonida o‘q otishning miqdori har bir 
tekshirilayotgan holatdan kelib chiqib aniqlanadi va qurolning belgilarini 
aks etish barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, eksperimental 
o‘q otish uchtadan kam bo‘lmasligi kerak. 
Gaz revolverlarini identifikatsiya qilishda, revolver barabanining har 
kamorasidan uchtadan patron otib ko‘rilishi lozim. Eksperimentda 
ishlatiladigan patronlar markirovka belgilari va gilza korpusi materiali 
xususiyatlariga qarab tanlanadi. Eksperimentda bir zavod (fabrika) 
tomonidan va bir yilda ishlab chiqarilgan patronlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. Patronlarda shikastlanish va ishqalanishlar bo‘lmasligi 
lozim. 
Gaz qurolining identifikatsiya qilish o‘qotar qurolni identifikatsiya 
qilish kabi o‘tkaziladi, ya’ni avval umumiy belgilar taqqoslanadi, keyin 
esa xususiy belgilar — qurol qismlarining gilzada (tekshirilayotgan va 
namuna-gilzalarda) aks etgan izlarida mavjud mikrorelyeflari 
taqqoslanadi. 
Pnevmatik qurolni otilgan o‘qlardagi izlariga ko‘ra identifikatsiya 
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud va ular qurolning kichik 
kalibri, stvol kanalining o‘zgarishlari (yeyilishi, sirtining metallanishi) 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Pnevmatik qurolni identifikatsiya qilishda ekspert eksperimentlari 
taqqoslash tadqiqotlari uchun namuna o‘qlar olish maqsadida o‘tkaziladi, 
bunda tekshirilayotgan pnevmatik qurol zarur bo‘lganda, otish uchun 
yaroqli holatga keltiriladi. 
Eksperiment boshlanishidan oldin, o‘qlarni, ularda mavjud turli 
izlarni aniqlab olish maqsadida ko‘zdan kechirish zarur. O‘q tutgichlarda 


 194 
o‘qlarga turli shikast yetkazmaydigan va deformatsiyaga olib 
kelmaydigan materiallar (yumshoq paxta momig‘i, petrolatum, suv va 
sh.k.)dan foydalanish kerak. Eksperimentlarda faqat qo‘rg‘oshin 
o‘qlardan foydalanish lozim, po‘lat yoki mis qobiqli o‘qlar eksperiment 
uchun to‘g‘ri kelmaydi. Eksperimentda taqqoslash tadqiqotiga zarur 
namuna izlar olish uchun, yetakchi qismida maksimal darajada ko‘p 
izlarni aks ettiradigan turdagi o‘qlar ishlatilishi lozim.
Pnevmatik qurol stvoli kanalidagi otilgan o‘qlardagi izlarda qurol 
stvoli kanalining umumiy belgilari (qurolning klibri, narezlar miqdori, 
yo‘nalishi, og‘ish burchagi, narezlar maydonlarining kengligi), 
shuningdek mikrorelyefining xususiyatlari aks etadi. 
O‘qlardagi izlarning umumiy belgilariga ko‘ra qurolning rusumini 
aniqlash imkoniyati chegaralangan. Buning sababi, ko‘plab pnevmatik 
qurollarning stvol kanalining xususiyatlari bir xil yoki o‘xshash bo‘ladi. 
Bunday qurollarning stvol kanalida 12 ta (juda ko‘plab pnevmatik 
qurollarda shunday) yoki 6 ta o‘ngga og‘ma narezlar bo‘ladi. Narezlar 
maydonining kengligi: 12 ta narezli qurollarda 0,4–0,6 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin