Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm 
va 6 ta 
narezli qurollarda 1,0–1,1 
mm 
bo‘ladi. Pnevmatik qurollarning deyarli 
barchasida narezlarning og‘ish burchagi 2
ºS 
atrofida bo‘ladi. 
Narezli pnevmatik quroldan otilgan qo‘rg‘oshin o‘qlarda narezlar 
maydonining birlamchi izlari deyarli aks etmaydi, agar birlamchi izlar 
aks etgan bo‘lsa, ularning ko‘rinishi yelpig‘ichsimon shaklda 
ifodalanadi. Buning sababi, 
birinchidan
, o‘q materialining 
yumshoqligida — buning natijasida o‘q stvol kanalida darhol aylanma 
harakat oladi; 
ikkinchidan
, stvol kanalidagi havo yoki gazning 
bosimining kamligida (odatda 2 — 4 
atm
), bunday kichik bosim 
snaryadning kiruvchi harakat qilishi uchun yetarli emas; 
uchinchidan

o‘q «yubkasi» devorining yupqaligida, yupqa devor o‘zida izning 
xususiyatlarini yaxshi aks etmaydi. 
Pnevmatik quroldan otilgan o‘qlarda iz hosil bo‘lishida izlardagi 
xususiy belgilarning qisman yo‘qolishi, shuningdek ularning buzilishi 
yuz beradi. Undan tashqari, ushbu belgilar barqaror aks etmasligi 
mumkin. bu holat pnevmatik quroldan o‘q otilishida, uning stvol 
kanalidagi bosimning kichikligi, shuningdek o‘qlarning o‘lchamlaridagi, 
ularni tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan farqlar bilan izohlanadi. 
Shuning uchun tekshirilayotgan snaryadlarda qurolni identifikatsiya 
qilishga yarqli bo‘lgan stvol kanalining ayrim qismlari izlari aks etadi. 


 195 
Pnevmatik qurolning stvoli kanali izlarining o‘lchami, shakli, 
ifodalanganlik darajasi kabi belgilar snaryadning turi va tuzilishiga 
bog‘liq bo‘ladi. «Yubka»li qo‘rg‘oshin o‘qlarda, eng yaxshi ifodalangan 
izlar ana shu «yubka»da hosil bo‘ladi, chunki o‘qning aynan shu qismi, 
havo yoki gazning ta’sirida stvol kanali sirtlari bilan zich ta’sirlashadi. 
Eksperimentdan olingan namuna o‘qlardagi izlarni o‘rganib 
natijasida, pnevmatik qurol stvol kanaliing mikrorelyefini aynan qaysi 
guruhdagi mikrochiziqlar hosil qilganligi bo‘yicha xulosa qilinadi. 
Gaz qurollaridan otilish izlarining ekspert–kriminalistik tadqiqoti 
natijasida ushbu quroldan otilish masofasini aniqlash imkonini beradi. 
Gaz qurolidan otishda shikastlangan nishon (to‘siq)ga otishning 
qo‘shimcha omillari (patrondagi plastmassa konteynerning parchalari, 
prokladka, magniy, lak parchalari, irritant kristallari) ta’sir ko‘rsatadi. 
Otilishning eng ko‘p mahsulotlari, gaz qurolining turi va kalibridan qat’i 
nazar, stvol og‘zidan 60 
sm 
masofada bo‘ladi (o‘tirib qoladi). Otilish 
masofasi ortishi bilan ushbu qo‘shimcha mahsulotlarning miqdori 
kamayib boradi va 150 sm masofada bitta–yarimta mikroobyektlar 
uchrashi mumkin (6-jadvalga qarang). 
6-jadval.
 


Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin