Gaz to‘pponcha v
а
revolverlarida ishlatiladigan gazlarning turlari
№
Patrondagi gazning
turi
Gilza og‘zidagi
plastik to‘siqning
rangi
Gilzadagi
markirovka
belgilari
1 Tovushli
(bo‘sh)
patron
Yashil KNALL
2 CS
Sariq
CS
3 CN Binafsha
rang CN
Gaz qurollari patronlarining gilzasida faol kristall moddani tutib
turish maqsadida, gilzaning og‘zi «yulduzcha» shaklida qisib qo‘yiladi
yoki parafin yoxud plastmassa qopqoq bilan berkitiladi.
Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilganidek, gaz qurollarining patronida
ishlatilayotgan qichitadigan ta’sir ko‘rsatadigan moddalarning turiga
qarab, gilza og‘zini berkitadigan plastik to‘siq (qopqoq)ning rangi
turlicha bo‘ladi: agar patronda CS gazi bo‘lsa, plastik to‘siqning rangi
sariq, patron CN gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, to‘siqning rangi gazning
mikdoriga bog‘liq ravishda ko‘k, moviy, binafsha bo‘lishi mumkin.
Gilzaning tubida ham tegishli markirovka belgilari qo‘yiladi, masalan,
patron CS gazi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, «CS» yozuvi, patronda CN gazi
bo‘lsa, gilza tubida «CN» yozuvi yoziladi.
Gaz patronlari markaziy jang va xalqasimon jang kapsyulli bo‘ladi.
Tovushli patronlar sport musobaqalarida, turli hayvonlarni
cho‘chitish uchun ovozli signal berishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ushbu
patronlarda snaryad bo‘lmaganligi uchun, ularni bo‘sh patronlar deb ham
ataladi. Tovushli patronlar gaz patronlaridan faqat gilza tubidagi
1
Qarang O‘sha manba —
С
.47.
189
markirovka belgilari va plastmassa to‘siqning rangi bilan farq qiladi,
jumladan, bo‘sh patronning gilzasi tubida «KNALL» yozuvi yoziladi va
plastik to‘siqning rangi yashil bo‘ladi.
Signal patronlarini yorug‘liq signallari berish uchun ishlatiladi.
Bunday patronlarni ishlatish uchun gaz qurollarining stvol og‘ziga burab
maxkamlanadigan maxsus qurilma (adapter)dan foydalaniladi, uning
kalibri 15
mm
ni tashkil qiladi. Signal patroni ushbu qurilmaga
joylashtiriladi va bo‘sh patron yordamida otiladi, signal paroni 40 — 60
metrgacha masofaga otilishi mumkin.
Pnevmatik qurollardan otish uchun quyidagi turdagi snaryadlar
ishlatiladi: soqqachalar (sferik o‘qlar), o‘qlar, o‘q–strelkalar, pnevmatik
patronlar.
Soqqachalar (sferik o‘qlar) po‘latdan (masalan, «Daisy» firmasi),
mis qobiqli po‘latdan (masalan, «Srosman» firmasi), rux qobiqli
po‘latdan va qo‘rg‘oshindan (masalan, «Gamo» firmasi), aluminiydan
yasaladi. Soqqachalarning diametri qurol kalibriga teng, og‘irligi
⎯
0,4
— 0,6 gramm oralig‘ida bo‘ladi. Mis yoki rux qobiqlar qurol stvoli
kanalini tez yeyilib ketishdan saqlaydi.
O‘qlar qo‘rg‘oshin eritmasidan tayyorlanadi va ular uchining
shakliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
⎯
yassi uchli (o‘qning boshchasi tekis bo‘ladi);
⎯
o‘tkir uchli (o‘qning boshchasi uchli bo‘ladi);
⎯
yarm sferik uchli (o‘qning boshchasi dumaloq bo‘ladi).
O‘qlar tuzilishida o‘ziga xos xususiyat — orqa qismida yupqa
devorli bo‘shliq (shartli ravishda «yubka» deb ataladi) mavjud.
O‘qlarda ikki yoki ko‘proq yetakchi hoshiyalar (kamarcha)lar
bo‘ladi. O‘qning boshchasida joylashgan yetakchi hoshiya stvol
kanalidagi narezlar maydoni bilan kam ta’sirlanadi. O‘qning
«yubka»sida joylashgan yetakchi hoshiya esa ta’sirlashuvchi hisoblanadi,
uning diametri qurol stvoli kanali diametridan katta bo‘ladi, shuning
uchun o‘q otilishida havo yoki gaz o‘qning bo‘shlig‘iga kiradi va
o‘qning korpusini kengaytiradi hamda «yubka»ning devorlari stvol
kanalidagi narezlarga kiradi. Natijada o‘q bilan stvol kanali o‘rtasida
yetarlicha ishqalanish hosil bo‘ladi. Alohida o‘qlar orqa qismining sirtida
butun aylanasi bo‘ylab bo‘ylama o‘yiq kertik (nasechka) bo‘ladi (36, 37–
rasm).
190
1
2
3
4
36-rasm
.
Dostları ilə paylaş: |