YES
), o‘lchov birligi —
Joul/mm2
)ning qiymatlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Bu maqsadda avvalo snaryadning kinetik energiyasi (E, o‘lchov
birligi —
Joul
) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
2
2
mv
E
=
bu yerda
m
⎯
snaryadning og‘irligi (
kg
);
V
⎯
snaryadning o‘rtacha
tezligi (
m/s
).
So‘ng, snaryadning ko‘ndalang kesimi yuzasi (S, o‘lchov birligi
mm2
) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,
d
S
4
2
π
=
bu yerda
π
= 3,14
⎯
o‘zgarmas kattalik;
d
⎯
snaryadning diametri
(
mm
).
211
Snaryadning solishtirma kinetik energiyasi esa quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
,
S
E
EC
=
bu yerda
E
⎯
snaryadning kinetik energiyasi (Joul);
S
⎯
snaryadning ko‘ndalang kesim yuzasi (
mm2
).
Ushbu qiymat (
ES
) aniqlanganidan so‘ng, uni 0,5
Joul/mm2
bilan
solishtiriladi, agar bu qiymat 0,5
Dj/mm2
ga teng yoki undan katta
bo‘lsa, u holda tadqiq qilinayotgan obyekt yetarlicha shikast yetkazish
qobiliyatiga ega deb hisoblanadi va eksperimentlar to‘xtatiladi.
Agar eksperimental o‘q otishni amalga oshirishda otilgan
snaryadning solishtirma kinetik energiyasi 0,5
Dj/mm2
dan kichik bo‘lsa,
ekspert qo‘lbola qurolni o‘qlash sharoitlarini o‘zgartirishi (porox zaradi,
snaryadning og‘irligi yoki gazlarning obtyuratsiyasini oshirishi) lozim va
eksperimentlarni, snaryadning solishtirma kinetik energiyasi 0,5
Dj/mm2
qiymatga yetkunicha yoki ushbu qiymatdan ortib ketgunicha davom
ettirishi kerak. Eksperimentlar natijalariga asoslanib, tadqiqotga taqdim
etilgan obyektning o‘qotar qurollar guruhiga taalluqliligi bo‘yicha xulosa
chiqariladi. Ta’kidlash joizki, taqdim etilgan qo‘lbola qurolni o‘qlash
sharoitlarini o‘zgartirish, otish natijasida ushbu qurol buzilib ketgunicha
davom ettirilishi kerak.
Eksperimentlarni sochma o‘qlardan foydalanib o‘tkazishda
solishtirma kinetik energiyani hisoblash uchun ko‘ndalang kesim yuzasi
sifatida sochma o‘q yoki kartechning ko‘ndalang kesim yuzasi emas,
balki stvol kanali ko‘ndalang kesimi yuzasi olinadi. Chunki, bu holda
solishtirma kinetik energiyani, sochma o‘qlar majmuasi (dastasi,
bog‘lami) to‘plangan holda, xuddi yaxlit snaryad kabi harakat qiladigan
joy — qurol stvol og‘zi yaqinida aniqlanadi.
Stvol og‘zidan o‘qlanadigan qurollarning shikastlovchi qobiliyatini
aniqlash maqsadidagi eksperimentlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
bu holda otuvchi zaradning og‘irligi, snaryadning og‘irligi va qurolni
o‘qlash sharoitlari (o‘qlash zichligi, pijning turi, snaryadning kalibri)
oldindan ekspertga ma’lum bo‘ladi. Snaryadning solishtirma kinetik
energiyasi ushbu omillarga bog‘liq. Shuning uchun bu holda quyidagilar
tavsiya etiladi: tekshirilayotgan qurol stvoli kanali diametri va
uzunligidan kelib chiqib, mos holdagi kalibrli standart patron tanlanadi,
uni qismlarga ajratib, porox zaradining uchdan bir qismi olinadi va ushbu
miqdordagi porox zaradi bilan eksperimental o‘q otish amalga oshiriladi.
212
Snaryad sifatida mos diametrga ega bo‘lgan standart snaryad (sochma
o‘q yoki kartech) olinishi mumkin. Agar otishda snaryad yetarlicha
kinetik energiyaga ega bo‘lmasa, porox zaradining miqdori oshiriladi va
o‘q otish takrorlanadi. Eksperimentlarni tekshirilayotgan quroldan
otilgan snaryadlar yetarlicha kinetik energiyaga ega bo‘lmagunicha yoki
qurol buzilmagunicha o‘tkazilaveradi.
Agar eksperimental o‘q otish jarayonida, otilgan snaryadning
solishtirma kinetik energiyasi 0,5
Dj/mm2
qiymatga yetishdan oldin,
tekshirilayotgan qurol buzilsa yoki deformatsiyaga uchrasa, qurol
qismlari ishdan chiqishi natijasida porox gazlari tashqariga chiqib ketsa
va natijada otuvchiga xavf tug‘ilsa, ko‘rsatilgan holatlar tekshirilayotgan
obyekt yetrlicha mustahkamlik va ishonchlilikka ega emasligidan hamda
xavfsizlik talablariga mos kelmasligidan dalolat beradi, bu holda ushbu
obyekt o‘qotar qurollar turkumiga kiritilmasligi lozim.
Tadqiqotlar jarayonida olingan natijalarni baholash va yakuniy
xulosalarni shakllantirish bosqichida barcha o‘tkazilgan tadqiqotlar
natijalari sintez qilinadi va tekshirilayotgan obyektda o‘qotar qurolga
mos belgilar majmuasi (tuzilishi, energetikasi, xususiyatlari,
ishonchliligi) mavjud bo‘lsa, ushbu obyektni o‘qotar qurollar guruhiga
taalluqliligi ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, tadqiqotlar natijasiga bog‘liq ravishda ekspert
tadqiqotga taqdim etilgan obyektning o‘qotar qurollar guruhiga taalluqli
emasligi yoki savolga javob berishning imkoni yo‘qligi bo‘yicha
asoslantirilgan xulosa qilishi ham mumkin.
Ekspertiza xulosalarida tadqiqotga taqdim etilgan obyektning
tayyorlash usuli ham ko‘rsatiladi. Bunda agar obyekt qo‘lbola usulda
tayyorlangan bo‘lsa, uning kalibri, ushbu quroldan otilishi mumkin
bo‘lgan patronlar ko‘rsatilishi hamda ushbu qurol tipiga ko‘ra (narezli
kalta stvolli noavtomatik; kalta silliq stvolli novtomatik va hokazo) va
turiga ko‘ra (to‘pponcha, revolver va hokazolar) tasniflanishi lozim.
Ekspertiza xulosalariga ilova qilinadigan ko‘rgazmali material
tadqiqot obyektlarining umumiy ko‘rinishi, obyektning tarkibiy
qismlarining ko‘rinishi, obyektda mavjud markirovka belgilarining
masshtabli usulda olingan suratlari, o‘ziga xos boshqa barcha
belgilarining fotosuratlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Tadqiqotga taqdim etilgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi
qurilmaning o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligini aniqlash —
otuvchi qurilmalarning guruhiy taalluqliligini aniqlashdagi eng katta
213
vazifalardan biridir. Bu kabi vazifani hal etish uchun ekspertizaga
quyidagilar taqdim etilishi mumkin:
— alohida turdagi o‘qotar qurolga o‘xshash to‘liq yoki qisman
qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma;
— hech qanday o‘zgarishlarsiz yoki alohida turdagi o‘qotar qurolga
o‘xshash qisman o‘zgartirilgan standart qurol (qurilish-montaj
to‘pponchasi, raketnitsa, start to‘pponchasi yoki revolveri, pnevmatik
vintovka yoki to‘pponcha);
— tashqi tuzilishi jihatidan o‘qotar qurolga o‘xshatib atipik standart
yoki qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma (avtoruchka yoki boshqa
buyumlar shaklidagi to‘pponchalar);
— birorta standart mahsulotdan o‘qotar qurolga atipik holda
yasalgan otuvchi qurilmalar (masalan, dizel forsunkadan yasalgan
to‘pponcha);
— standart yoki nostandart o‘qotar qurollarining turli qismlaridan
yagona qilib yig‘ilgan qo‘lbola otuvchi qurilmalar (standart yoki
qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmaning tugun va mexanizmlari);
— ikkita standart yoki nostandart mahsulotlar (masalan, metall
quvur va tokarlik keskichi) va patron
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda tadqiqotga keltirilgan
otuvchi qurilmaning o‘qotar qurolga tegishliligi haqidagi savolni
tadqiqotga taqdim etilgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma
o‘qotar qurol hisoblanadimi (o‘qotar qurollar turkumiga tegishlimi)
tarzda umumlashtirish mumkin.
Tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarning miqdori hamda
xususiyatlariga bog‘liq ravishda ushbu savolni quyidagicha
alohidalashtirish mumkin:
— taqdim etilgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma o‘qotar
qurol hisoblanadimi (o‘qotar qurollar turkumiga taalluqlimi);
— zavod usulida yasalgan to‘pponcha o‘qotar qurol hisoblanadimi
(o‘qotar qurollar turkumiga taalluqlimi);
— tokarlik keskichi va ichida kichik kalibrli patroni bo‘lgan
silindrsimon shakldagi metall quvur o‘qotar qurol hisoblanadimi (o‘qotar
qurollar turkumiga taalluqlimi).
Tergovchining sodir etilgan jinoyat ishining ekspertiza tayinlash
haqidagi qarorida ko‘rsatilgan hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalaridan
kelib chiqib ekspert, ekspertizaga berilgan, ushbu qurilmalarning ichida
jangovar zaradi bor yoki yo‘qligi, miqdori va xususiyatlariga doir
214
ma’lumotlarni aniqlaydi. Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmani
o‘qotar qurollar turkumiga tegishli ekanligi bo‘yicha vazifani hal etishda
ushbu qurilmalardan o‘q otilganligi hamda o‘q otilishi qanday usulda
bajarilganligi, bundan tashqari, otilgan snaryadlarning ta’siri qandayligi
o‘rganiladi. Agar bu kabi ma’lumotlar ekspertiza tayinlash haqidagi
qarorda bo‘lmasa, u holda ekspert ularni tergovchidan so‘rab bilishi
mumkin. Taqdim etilgan obyektlar, ayniqsa, ular o‘qlangan bo‘lsa,
xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holatda tadqiq qilinadi.
Nostandart otuvchi qurilmani, eng avvalo, ikki tomonidan, uning
alohida qismlarining joylashishini o‘zgartirmasdan masshtabli usulda
fotosuratga olish lozim. Agar standart otuvchi qurilma taqdim etilgan
bo‘lsa, u holda, uning alohida qismlarining holati ishchi daftarga yozma
ravishda qayd etiladi. Keyin, otuvchi qurilma o‘qlangan bo‘lsa, o‘qi
chiqariladi (o‘qsizlantiriladi) va undan keyin yuqoridagi tarzda
fotosuratga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |