Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm 
kalibrli patronni 9 
mm 
kalibrli APS to‘pponchasidan otishda esa otilgan gilzalarning barqaror 
mexanik uloqtirilishi kuzatiladi. 
Otilgan gilzalarni quroldan uloqtirilishining beqarorligi ishlatilgan 
quroldan katta kalibrli patronlarni otishda ham kuzatiladi, masalan, 9 
mm 
kalibrli P 08 ««Parabellum»» rusumdagi to‘pponchasining shtatli 
patronlarini 7,62 
mm 
kalibrli TT to‘pponchadan otilishida otilgan gilza 
o‘ng tomonga 90,5
0
S burchak ostida uloqtiriladi. Bu gilzalarning 
ayrimlari 1,5 

masofaga, ayrimlari esa 0,2–0,5 

masofga uloqtirilsa, 
ayrimlari patrondonda siqilib qoladi. 
Shtatli va noshtat patronlarning tuzilishi, o‘lchamlari va ballistik 
xususiyatlari bir xil yoki o‘zaro yaqin bo‘lsa otilgan gilzalar, xuddi 
shtatli patronlar otilgandagi kabi uloqtiriladi. Bu masalan, 7,63 
mm 
kalibrli 1902-yil namunali «Mauzer» to‘pponchasidan 7,62 
mm 
kalibrli 
TT to‘pponcha patronini otishda, gilzalar xuddi bu patronlarni TT 
to‘pponchasidan otilgandagi kabi yo‘nalish va burchak ostida uloqtirili-
shidan dalolat beradi. 
Noavtomatik qurollardan otilgan gilzalar qurol zatvori yordamida 
yoki qo‘lda chiqarib tashlanadi, binobarin, ular hodisa joyida chiqarib 
tashlanmasligi mumkin. Shuning uchun, bunday hollarda, hodisa joyini 
ko‘zdan kechirishda ular aniqlanmasligi mumkin, ayniqsa, ayrim noshtat 
patronlarning gilzalarini quroldan chiqarish juda qiyin, buning uchun 
shompol yoki shunga o‘xshash anjomlar kerak bo‘ladi. Hatto shtatli 
patronlarning otilgan gilzalari quroldan har doim ham mexanik 
uloqtirilmaganligi uchun hodisa joyida gilzalarning yo‘qligini noshtat 
patronlar ishlatilganligi alomati deb baholamaslik kerak. 
Agar hodisa joyida otilgan gilza aniqlangan bo‘lsa, bu gilza (yoki 
gilzalarning) tushgan yerni hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonno-


 233 
masida imkoni boricha aniq qayd etish lozim va hodisa joyining chizma–
rejasida uning shakli, o‘lchamlari, materiali, markirovka belgilari va 
ayniqsa, ushbu gilza xos bo‘lmagan tur, namuna va rusumdagi quroldan 
otilganligini ifodalovchi alomatlar (agar bunday alomatlar mavjud 
bo‘lsa) ko‘rsatilishi zarur. O‘qotar quroldan noshtat patronlar 
otilganligining alomati bo‘lib, gilza korpusining shishib qolishi yoki 
yorilib ketishi, gilza og‘zidagi o‘ziga xos ezilishlar, gilza kapsyulining 
jarohatlanishi kabi alomatlar hisoblanadi. 
Hodisa joyida aniqlangan butilkasimon shakldagi gilza, o‘zi 
mo‘ljallanmagan o‘qotar quroldan foydalanib otilgan noshtat patronga 
tegishli ekanligini ushbu gilza og‘zidagi shishib qolish va shu joy 
sirtidagi, ishlatilgan qurol stvolini o‘q kirish joyining bir qismi bilan 
ta’sirlashishidan vujudga kelgan, narezlar yoki narezlar maydonining 
izlari guvohlik beradi. Ana shunday holat TT to‘pponcha uchun 7,62 
mm 
kalibrli yoki «Mauzer» to‘pponchasi uchun 7,63 
mm 
kalibrli patronlarni 
chet ellarda ishlab chiqarilgan va shtatli patronlari bo‘lib, P 08 
««Parabellum»» rusumdagi to‘pponchasi uchun mo‘ljalangan 9 
mm 
kalibrli patron hisoblanadigan to‘pponchalardan, masalan, Italiyada 
ishlab chiqarilgan 1919 — 1923-yillar va 1951 -yil namunali «Beretta» 
rusumli, Belgiyada ishlab chiqarilgan 1935-yil namunali ««Brauning»» 
rusumli, Germaniyada ishlab chiqarilgan P 38 rusumli «Valter», 
Polshada ishlab chiqarilgan «Radom» (VIS–35) rusumli, Ispaniyada 
ishlab chiqarilgan «Astra» 600 rusumli yoki «Star» B rusumli 
to‘pponchalardan otishda kuzatiladi.
Bu holat, ushbu yuqorida keltirilgan patron va qurollar kalibrlaridagi 
uncha katta bo‘lmagan farqqa qaramay (patronlarning kalibri — 7,62 
yoki 7,63 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin