Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Цуренко
 
Г
.
И
.
Судебно

медицинская
характеристика
области
входных
огнестрельных
повреждений
в
результате
выстрелов
«
патронами

заменителями
»: 
Автореф

дис
. ... 
канд

мед

наук
.–
М
., 2002. 


 231 
Shtatli patronlar ham, noshtat patronlar ham ishlatilgan hollarda 
otuvchining joylashgan yerini aniqlash, hodisa joyining aniq sharoitlari 
va mavjud izlarga bog‘liq turli usullarda aniqlanadi. Masalan, ikki yoki 
undan ko‘proq o‘q tegishidan hosil bo‘lgan teshiklar aniqlanganda, quvur 
(trubka), fotoapparat va boshqa moslamalar yordamida bajariladigan 
vizirlash usulidan foydalanish mumkin. Ammo, quroldan, uning 
kalibriga teng yoki katta kalibrdagi noshtat patronlar otilganda vizirlash 
usuli natijalarini xuddi shtatli patron bilan otishdagi kabi baholash 
mumkin bo‘lsa, qurol kalibridan kichik kalibrdagi noshtat patronlar bilan 
otishda, otilgan o‘qlarning sochilishi ortgani sababli, otuvchining 
joylashgan yerini, vizirlash usulida aniqlangan nuqtadan muayyan bir 
masofada (ayrim hollarda bir necha metrgacha) boshqa joydan izlash 
kerak. 
Otuvchining joylashgan o‘rnini taxminan aniqlagandan keyin, 
otilgan gilzalarni izlash kerak. Shtatli patronlarning otilgan gilzalari, turli 
namunadagi yoki o‘zlari mo‘ljallangan o‘qotar quroldan ma’lum 
yo‘nalishda, burchak ostida va masofaga chiqarib tashlanishi aniqlangan 
va tajriba yordamida ko‘p marta tekshirilgan. Shu bois, hodisa joyini 
ko‘zdan kechirish jarayonida otilgan gilzalarni topib va ular bo‘yicha 
ekspertiza jarayonida ishlatilgan qurolning turi va namunasi, rusumini 
aniqlab gilzalarning topilgan joyi bilan o‘q tegishidan hosil bo‘lgan 
shikastlanishlarning joylashishini o‘zaro solishtirgan holda o‘q otish 
joyini aniqlash mumkindek tuyuladi. Ammo, avtomatik quroldan otish 
natijasida quroldan chiqarib tashlangan gilzalarning quroldan 
uloqtirilishi masofasi va burchagiga juda ko‘plab qo‘shimcha omillar 
ta’sir ko‘rsatadi. Bunday omillarga B.M. Komarinetsning fikricha, bir 
turdagi quroldan gilzani uloqtirilishining har doim bir xil bo‘lmaslgi, 
otish vaqtida quroldan uloqtirilgan gilza kelib tushadigan sirtga nisbatan 
qurol holatini gilzaning chiqarib tashlanishiga ta’siri, uloqtirilgan 
gilzaning kelib tushgan joyining inersiya ta’sirida o‘zgarishi kabilar 
kiradi. Yuqorida ta’kidlangan va yana boshqa shu kabi omillar noshtat 
patronlar qo‘llanilgan holatlarda yuzaga keladi. Ular ushbu patronlar 
gilzalarning ishlatilgan qurol stvoli patrondoniga mos kelish-
kelmasligiga bog‘liq ravishda u yoki bu davriylik bilan yuz beradi. 
Masalan, 7,62 
mm 
kalibrli TT to‘pponcha uchun mo‘ljallangan 7,62 
mm 
kalibrli patron gilzasining uzunligi 9 
mm 
kalibrli P 08 ««Parabellum»» 
rusumdagi to‘pponchasi patrondonidan uzunroq bo‘lgani uchun, o‘q 
otilishida gilzaning og‘zi shishib qoladi, natijada uning quroldan 


 232 
uloqtirilishi qiyinlashadi va otilgan gilza quroldan o‘ng tomonga tushadi. 
Agar gilzaning og‘zi yorilib ketsa, u holda gilza mexanik ravishda 
quroldan uloqtirilmaydi, bunday gilza ishlatilgan zatvor yoki shompol 
yoki zatvor yoxud shompol yordamida qo‘l bilan chiqariladi. Binobarin, 
agar otuvchi qurolni keyingi qayta o‘qlash jarayonida yoki boshqa joyda 
gilzani chiqarib tashlagan bo‘lsa, hodisa joyida gilza umuman 
bo‘lmasligi mumkin.

mm 
kalibrli PM to‘pponchasidan otilganda, yuqoridagi hodisa yuz 
beradi, chunki, to‘pponchaning kojux–zatvorining orqaga qaytishida 
gilza chiqish tuynugida siqilib qoladi. 1930/33-yil namunali TT 
to‘pponcha uchun shtatli patron bo‘lgan 7,62 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin