Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

O‘zgartirilgan standart qurilmalarni o‘qotar qurollar turkumiga 
taalluqligini aniqlash
. Ayrim standart qurilmalar, keyinchalik ulardan 
ayrim turdagi o‘qotar qurollar sifatida foydalanish maqsadida 
o‘zgartirilishi mumkin. Bunday qurilmalarni o‘zgartirilganligini 
aniqlash, ushbu qurilmalarning o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligini 
aniqlashning o‘ziga xos xususiyatidan iborat. Bunday o‘zgartirilgan 
qurilmalar sirasiga qurilish-montaj to‘pponchalari, raketnitsalar, starat 
to‘pponchalari va revolverlari, pnevmatik qurollar va ayrim hollarda 
o‘yinchoqlar ham kiradi. 
Bu kabi standart qurilmalar urib-quyib yuboruvchi mexanizmli 
o‘qotar qurollarning ayrim turlariga o‘xshash ishlab chiqarilgan bo‘lsa-
da, ammo ularning tuzilishidagi ayrim xususiyatlar (ishlab chiqarishda 
kiritilgan maxsus o‘zgartirishlar) ulardan jangovar o‘q-dorilar (o‘qli yoki 
sochma o‘qli patronlar)ni ishlatish imkoniyatini bermaydi. Ko‘rib 
o‘tilayotgan qurilmalarning ayrim tarkibiy qismlari yoki tugun hamda 
mexanizmlarini o‘zgartirib (olib tashlab yoki birorta tarkibiy qism 
qo‘shib) o‘qotar qurolga o‘zgartiriladi. 
Qurilish-montaj to‘ponchalarini tadqiq qilishda turli masofadan o‘q 
otish imkoniyatini beradigan o‘zgartirishlarini aniqlash lozim. Qurilish-
montaj to‘pponchasini qurol sifatida ishlatish uchun o‘zgartirishda, uning 
quyib yuboruvchi va uruvchi mexanizmlarini ajratish, ya’ni, ularni bir-
biridan alohida ishlaydigan qilish zarur. Chunki, beton va g‘ishtli 
tuzilmalar (devorlar)ga maxsus (dyubel) mix qoqish uchun mo‘ljallangan 
qurilish-montaj to‘pponchalari xavfsizlik maqsadlarida maxsus saqlovchi 
mexanizm bilan ta’minlanadi. SMP–1 qurilish-montaj to‘pponchasi mix 
qoqilayotgan mustahkam tuzilma (devor)ga stvolda joylashgan saqlovchi 
mexanizm bilan maxkam bosilganda ishlaydi. Bunday bosishda 
harakatlanuvchi tortqich quyib yuboruvchi ilmoqni ishlamaydigan tarzda 
ushlab turuvchi saqlovchi mexanizmni ochadi va uruvchi mexanizm 
ishlab ketadi. 


 223 
Bu prinsipda ishlaydigan SMP–1 qurilish-montaj to‘pponchasidagi 
qo‘yib yuboruvchi va uruvchi mexanizmlarini bir–biridan ajratish uchun 
stvolni kaltalashtirish, maxsus saqlovchi mexanizmni olib tashlash yoki 
uni ishlamaydigan qilib qo‘yish orqali erishiladi. SMP–3, SMP–3M, 
SMP–4 qurilish-montaj to‘pponchalarining esa saqlovchi mexanizmi olib 
tashlanadi yoki saqlovchi (blokirovka qiluvchi) stakancha eng chetki 
orqa holatga o‘tkazilib, u bilan stvolda joylashgan burtiq orasiga qalinligi 
8–10 
mm 
bo‘lgan mufta o‘rnatilib, qotirib qo‘yish bilan o‘zgartiriladi. 
Raketnitsalarni tadqiq qilishda, bunday qurilmalardan oddiy (unitar) 
o‘qli yoki sochma o‘qli patronlar bilan otish imkoniyatini beruvchi 
o‘zgartirishlarni aniqlash zarur bo‘ladi. Buning uchun, raketnitsa stvolida 
yoki bu stvolning o‘rniga boshqa, standart jangovar patron otilishi 
mumkin bo‘lgan boshqa stvol o‘rnatiladi. 
Signal (start) to‘pponchasi yoki revolverini tadqiq qilishda, nishonga 
o‘q otishda snaryadga to‘g‘ri chiziqli yo‘nalish beradigan tarzdagi 
o‘zgartirishlarni aniqlash kerak. Odatda, bunday to‘pponcha yoki 
revolverlar tashqi tuzilishi jihatidan standart jangovar o‘qotar qurolga 
o‘xshash qilib ishlab chiqariladi va ularni o‘zgartirish, tekshirilayotgan 
qurilma stvoli, barabani yoki magazinini standart jangovar patronga mos 
qilib parmalash bilan amalga oshiriladi. Bu holda, magazin yoki 
barabandagi barcha kamoralar parmalanmasligi mumkin. Shuning uchun: 
«agar signal (start) to‘pponchasi jangovar patronlar bilan jihozlangan 
(o‘qlangan) bo‘lsa, bunday qurilmani o‘qotar qurol deb hisoblash 
mumkin»
1
degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki start to‘pponchasi, 
jangovar patron otiladigan tarzda o‘zgartirilmagan bo‘lsa va hatto 
ularning magazini jangovar patronga moslashtirib kaltalashtrilgan bo‘lsa 
ham, o‘qotar qurol hisoblanmaydi. Ammo, ta’kidlash joizki, qonunga 
xilof ravishda signal to‘pponchasi va undan otish uchun mo‘ljallangan 
jangovar patronlar saqlagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 248-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi, chunki, qonunga 
xilof ravishda nafaqat o‘qotar qurol, balki jangovar o‘q-dorilarni ham 
olib yurish, saqlash, tayyorlash va o‘tkazish uchun ham jinoiy 
javobgarlik belgilangan. 
O‘qotar qurollar, tashqi tuzilishi jihatidan qurolga umuman 
o‘xshamaydigan, ammo, ayrim tarkibiy qismlari qurollarning qism va 
1
Qarang: 
Железняк
 
А
.
С
.
Относится
ли
стартовый
пистолет
к
огнестрельному
оружию
. — «
Труды
ВНИИОП
при
МООП
РФ
», 9–
том
. – 
М
., 
1985. — 
С
.76. 


 224 
mexanizmlariga mos keladigan ayrim standart mexanizmlardan ham 
tayyorlanishi mumkin. 
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha tadqiqotlar jarayonida, otuvchi 
qurilma tayyorlangan mexanizmning guruhiy taalluqliligini aniqlash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, ekspert, 
tekshirilayotgan mahsulot yoki mexanizmni qurolning qismi va 
mexanizmi sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan qismlarining mo‘ljallangan 
maqsadini qayd etadi va ularning tuzilishini ta’riflab yozadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin