Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Noshtat patronlar tushunchasi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

1-§. Noshtat patronlar tushunchasi 
Ma’lumki, muayyan bir tur, namuna va rusumdagi o‘qotar 
qurollardan otish uchun davlat yoki firma tomondan quyilgan standart 
talablariga rioya etilgan holda zavod usulida tayyorlangan va aynan 
maxsus shu qurollardan otishga mo‘ljallangan, zaruriy tuzilishga ega va 
ballistik talablarga javob beradigan patronlar ishlatiladi. Bunday 
patronlar 
shtatli patronlar 
deb ataladi. 
Sud-ballistik ekspertizasi amaliyotida tadqiqot obyektlari sifatida, 
ishlatilgan o‘qotar qurolning kalibri, namunasi va rusumiga mos 
kelmaydigan o‘rinbosar-patronlar uchrab turadi. 
1949-yilda YU.M. Kubitskiy tomonidan taklif etilgan ta’rifga ko‘ra, 
muayyan o‘qotar quroldan otish uchun maxsus mo‘ljallanmagan, ammo 
bunday quroldan otishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan patronlar o‘rinbosar 
patronlar deb atalgan edi. Uning fikricha, zavod usulida tayyorlangan 
(shuningdek, mexanik ishlov berish yo‘li bilan ushbu quroldan otishga 
moslashtirilgan), turli namunadagi patronlarning alohida qismlaridan 
hamda qo‘lbola o‘q va hatto gilzalardan foydalanib yasalgan qo‘lbola 
patronlar shunday patronlar bo‘lib hisoblanadi. 
Ye.N. Tixonov 60–yillarning oxirida atipik jangovar o‘q-dorilarning 
kriminalistik tadqiqotiga oid savollarni yanada chuqurroq tahlil qilib, 
o‘rinbosar patron tushunchasini aniqlashtirib, to‘ldirdi va bunday 
patronlardan foydalanish usullarini hisobga olgan holda ularni tasniflash 
tizimini taklif qildi. 
Uning fikricha, o‘rinbosar patronlar bo‘lib, muayyan o‘qotar 
quroldan otilgan yoki otilishi mumkin bo‘lgan, ammo, bu qurollardan 
otish uchun davlat yoki firma standart talbalariga ko‘ra maxsus 
mo‘ljallanmagan patronlar hisoblanadi. Y
е
.N. Tixonov o‘rinbosar 
patronlarni quyidagicha tasniflashni taklif qildi: 
— mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra: jangovar va bo‘sh patronlar; 
— tuzilishiga ko‘ra: unitar va nounitar; 
— tayyorlash usuliga ko‘ra: zavodda (noshtat) va qo‘lbola usulda 
tayyorlangan. 
Ta’kidlash joizki, o‘rinbosar patronlar tayyorlanish usulidan qat’i 
nazar, o‘qotar qurollarga moslashtirib yoki vaqtincha moslashtirib (yoki 
vaqtincha qo‘shimcha moslamalardan foydalanib) qo‘llanilishi mumkin. 
Bundan tashqari, zavod usulida tayyorlangan patronlar o‘qotar 


 227 
qurollardan otish uchun moslashtirilishi yoki qurol va patronni 
moslashtirish mumkin
1

Y
е
.N. Tixonov tomonidan taklif qilingan tasniflash bo‘yicha noshtat 
patronlar deb, muayyan turdagi standart o‘qotar qurollardan otish uchun 
maxsus mo‘ljallanmagan, zavodda tayyorlangan patronlar tushunilgan. 
Ammo, shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, B.M. Komarines tomonidan 
bildirilgan, «noshtat patron» tushunchasiga umuman o‘zgartirilmagan 
yoki qisman o‘zgartirilgan zavod usulida tayyorlangan patronlar hamda 
qo‘lbola patronlarni ham kiritish kerak» degan boshqa bir fikr ham 
mavjud
2

Ammo, qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlarning chiziqli va 
og‘irlik o‘lchamlari zavod usulida tayyorlangan patronlarga nisbatan, 
standartdan ancha chetlashadi. Bundan tashqari, qo‘lbola patronlarning 
tuzilishi va ular alohida qismlarini tayyorlashda ishlatilgan materiallar 
standart talablarga mos kelmaydi, zaruriy ballistik xarakteristikalarga 
javob bermaydi, shuning uchun bunday patronlar muayyan bir tur va 
namunadagi standart o‘qotar qurolga nisbatan shtatli patron 
hisoblanmaydi. Shu bilan bir vaqtda bunday patronlar boshqa bir tur va 
namunadagi o‘qotar qurollarga nisbatan ham noshtat patron bo‘lib 
hisoblanmaydi. Agar zavod va qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlar, 
bunday patronlardan otish uchun maxsus mo‘ljallangan yoki 
moslashtirilgan qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurollardan otishda 
foydalanilsa, u holda, ko‘rilayotgan patronlar bunday o‘qotar qurollarga 
nisbatan o‘rinbosar patron hisoblanmaydi va ularni ushbu qurollarga 
nisbatan noshtat patron deb hisoblash ham noto‘g‘ri bo‘ladi. 
O‘rinbosar patronlar tayyorlash usuliga ko‘ra ikki guruhga — zavod 
usulida va qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlarga ajratib, Y
е
.N. 
Tixonov
3
bir-birini inkor qiluvchi ikkita fikr bildirgan: ularning biriga 
asosan zavod usulida tayyorlangan patronlarni o‘zgartirib yasalgan 
o‘rinbosar patronlar qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlar guruhiga, 
1
Qarang: 
Тихонов
 
Е
.
Н
.
Особенности
расследования
и
производства
судебно

баллистических
экспертиз
по
делам

связанным
с
использованием
атипичных
боеприпасов

Автореф

дис
. ... 
канд

юрид

наук
.– 
М
., 1979. 
2
Qarang: 
Комаринец
 
Б
.
М
.
Идентификация
огнестрельного
оружия
по
выстреленным
пулям

Методика
криминалистической
экспертизы

Вып
. 3.–
М
., 1999. 
3
Qarang: 
Тихонов
 
Е
.
Н
.
Судебно

баллистические
исследования
огнестрельного
оружия

патронов

заменителей
и
следов
их
применения
.–
М
.: 
ВНИИСЭ
, 1974. 


 228 
ikkinchisiga ko‘ra esa o‘rinbosar-patronlar zavod usulida tayyorlangan 
patronlar bilan bir guruhga kiritilgan. 
Zavod usulida tayyorlangan (noshtat) o‘rinbosar patronlar hech 
qanday o‘zgartirishlarga uchramaydi va o‘zining barcha elementlari 
(tarkibiy qismlari)ni o‘zgarmagan holda saqlab qoladi, shuning uchun, 
bunday patronlarning tadqiqotlari, metodik jihatdan, standart shtatli 
jangovar o‘q-dorilarning tadqiqotlari bilan bir xil bo‘ladi. Zavod usulida 
tayyorlangan o‘rinbosar patronlarga, bunday patronlardan otish uchun 
mo‘ljallanmagan o‘qotar quroldan otish uchun turli o‘zgartirishlar 
kiritiladi va bunda ushbu patronlar o‘zlarining dastlabki elementlari 
(tarkibiy qismlari)ni saqlab qolishi mumkin. O‘zgartirishlar juda sodda 
yoki oddiy bo‘lishi ham (masalan, uzunligi kichikroq shtatli patron 
uchun mo‘ljallangan magazinga joylash maqsadida o‘rinbosar patron 
o‘qini uning gilzasiga chuqurroq kiritish yoki uzunligi kichikroq shtatli 
patronga mo‘ljallangan o‘qotar qurol patrondoniga jo‘natish uchun 
o‘rinbosar patron o‘qining bosh qismini kalta qilib qirqish), juda 
murakkab mexanik (masalan, uzunligi kichik shtatli patronga 
mo‘ljallangan o‘qotar qurolning patrondoniga jo‘natilishi va otilishdan 
so‘ng gilzani quroldan chiqarib yuborish uchun, o‘rinbosar patron 
gilzasining og‘iz qismini kesish, uning turtib chiquvchi qalpoqchasini 
olib tashlash) bo‘lishi mumkin. U yoki bu turdagi o‘zgarishlar natijasida 
o‘rinbosar patronlar nostandart (atipik) patronlar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Bunday fikrlarni, hech bo‘lmasa bitta elementi avvaldan o‘ziga 
tegishli bo‘lmagan qo‘lbola usulda tayyorlangan, masalan, qo‘lbola 
o‘qlar bilan jihozlangan patronlar yoki kapsyuli boshqa, mos 
kelmaydigan turdagi kapsyul bilan yoki jangovar zaradi boshqa turdagi 
porox zaradi bilan almashtirilgan (qayta jihozlangan) patronlarga 
nisbatan ham aytish mumkin. 
Shunday qilib, zavod usulida tayyorlangan patronlarni o‘zgartirib 
yasalgan va qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘rinbosar patronlar o‘zaro 
o‘xshashlikka ega: bu o‘xshashlik ushbu patronlarning tadqiqot 
metodikasiga nisbatan maxsus talablar qo‘yadigan va o‘rinbosar 
patronlarni yagona tasnifiy guruhga kiritish imkonini beradigan 
nostandartligi (atipikligi)dan iborat. 
O‘rinbosar-patronlarga tayyorlanish usuli, tuzilishi va mo‘ljallangan 
maqsadidan qat’i nazar, o‘zlari otish uchun mo‘ljallanmagan zavod 
usulida tayyorlangan o‘qotar quroldan otishda foydalaniladigan 
patronlarni, noshtat patronlarga esa muayyan turdagi standart o‘qotar 
qurollarga nisbatan shtatli bo‘lmagan holda boshqa turdagi o‘qotar 
qurollarga nisbatan shtatli bo‘lgan patronlarni kiritish kerak.


 229 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin