248
erishish hozircha mumkin emas yoki bunga hali erishilgani yo‘q. Bu
farqlar po‘latning mexanik xossalarida, qisman po‘latning qattiqligida
ifodalanadi. Stvollar tayyorlanishda — boshlang‘ich operatsiyalarda,
ya’ni chala mahsulotni teshishda, har doim, sirtlarning qayta ishlashda va
ishlov berishda aniq va toza texnologik natijalar ko‘rsatuvchi yangi
uskuna yasashga to‘g‘ri keladi (parma va hokazolar). Stvol
materiallarining qattiqligi turlicha bo‘ladi. Shuning uchun, metallni
parmalashda, ularning qattiqligi turlicha bo‘lganligi bois stvol kanalida
narezlar hosil qiluvchi puansonning harakati notekis bo‘ladi. Bu
notekislik albatta narezlar qadamining va narezlar maydoni sirtining
buzilishiga olib keladi. Bu buzilishlarni narezlar maydoniga silliq
puanson bilan ishlov berilib, zichlashtirish hisobiga bartaraf etiladi. Bu
zichlashtirish o‘z navbatida maxsus ariqchalar o‘lchamlarining
o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘zgarishlar ma’lum miqdorda har bir
stvolni alohidalashtiradi. O‘lchamlarning ruxsat etilgan miqdordagi
o‘zgarishlari nuqsonlarni keyingi bartaraf etishlarda ham vujudga keladi.
Stvol kanallarining alohida takrorlanmas xarakteri yana, patrondonni
ajratish jarayonida, ya’ni narezlarning maydoni o‘qning kirish joyining
konusi uchun kesilganda vujudga keladi. Ishlatilgan uskunadan turtib
chiqqan qirralar va izlarning takrorlanmas birikishi vujudga keladiki, o‘z
navbatida o‘q sirtida, narezlarning birlamchi izlarida ulardan
takrorlanmas va alohidalikka ega bo‘lgan chiziqlar va turli shilinishlar
hosil bo‘ladi. Patrondonni stanokda parmalab teshib bo‘lgandan keyin,
unga qo‘lda qayta ishlov beriladi. Bu operatsiya muayyan bir nusxadagi
qurol stvolining iz hosil qiluvchi sirtlari mikrorelyefining aniq
alohidaligini tugal belgilaydi.
Kriminalistik adabiyotlarda aynanlikni aniqlashda foydalaniladigan
belgilar umumiy va xususiy belgilarga ajratiladi va natijada identifikatsion
tadqiqotlar bosqichli jarayonlardan tashkil topadi.
O‘qotar qurollarning otilgan o‘qlarda hosil bo‘ladigan izlarining
umumiy
identifikatsion belgilariga qurol stvoli kanalini umumiy
ifodalaydigan (kalibr, narezlarning miqdori, yo‘nalishi va og‘ish burchagi,
narezlar maydonining kengligi, gaz chiqish tuynugining mavjudligi)
belgilar kiradi. Ushbu umumiy belgilar bir tizim, rusum va namunadagi
barcha qurollarga xos bo‘ladi. Shuning uchun bunday belgilarning
majmuasi identifikatsiya uchun yetarli bo‘lmasa ham, qurolni
identifikatsiya qilishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘qotar qurollarning otilgan o‘qlarda hosil bo‘ladigan izlarining
Dostları ilə paylaş: