Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

ekspert eksperimenti 
ushbu alohida tadqiqot-
larining ajralmas va majburiy bir bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy 
maqsadi 

taqqoslash tadqiqotlari uchun eksperimental namunalar 
olishdir. Ekspert eksperiment jarayonida alohida izlarning hosil bo‘lish 
mexanizmi, o‘qlardagi izlarning barqarorlik va variatsiyalilik darajasi 
aniqlanadi. 
Ekspert eksperimentlarini o‘tkazishdan oldin taqdim etilgan qurolni 
va o‘q-tutgichni eksperimentlar uchun tayyorlanadi, o‘q otishlarni 
amalga oshirish uchun patronlar tanlanadi. 
Qurolni eksperimentlar uchun tayyorlashda uning o‘q otishlar uchun 
xalal beradigan nosozliklari bartaraf etiladi. Buning uchun o‘qotar qurol 
qisman yoki zarurat bo‘lsa, to‘liq qismlarga ajratiladi. Bunda qurolning 
iz hosil qiluvchi qismlari hech qanday o‘zgarishlarga uchramasligi 
muhim. 
Agar qurol tadqiqotga buzilgan qismlari bilan yoki o‘q otish uchun 
zarur bo‘lgan ayrim qismlari yetarli bo‘lmagan holatda taqdim etilgan 
bo‘lsa, qurolning bunday qismlarini, aynan shu qurol bilan bir tizim, 
rusum va namunadagi boshqa qurollarning qismlari bilan almashtiriladi. 
Qurolning ta’mirlanganligi va alohida qismlarining almashtirilganligi 
ekspertiza xulosasida bayon etiladi. 
Qurol stvoli kanalini eksperimental o‘q otishga tayyorlash alohida 
e’tibor talab qiladi. Qurol stvoli kanali qurum va tasodifiy 


 269 
ifloslanishlardan tozalanishi kerak (ayrim hollarda eksperimental o‘q 
otishni qurol stvoli tozalanishidan oldin ham, keyin ham o‘tkazish lozim. 
Chunki, shunda qurol stvoli tozalanishidagi o‘zgarishlar eksperiment 
natijalariga ta’sir qilmaganligini bilish mumkin).
Stvol kanalidagi endi vujudga kelgan (kelayotgan) korroziyani 
kimyoviy usullar bilan tozalash mumkin. Stvol kanalidagi mis bilan 
qoplanish va zanglashni «Trilon–B» (natriy tuzini etilendiamintetrauksus 
kislotadagi eritmasi) yordamida ketkazish mumkin. Stvol kanalining 
metallizatsiyasi (metall bilan qoplanishi)ni «RCHS» eritmasi bilan 
tozalanadi. 
Agar, taqdim etilgan quroldan o‘q otilishi vaqtida moylanganligi 
ma’lum bo‘lsa (masalan, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish 
bayonnomasidan), eksperimental o‘q otishdan oldin qurolni moylash 
kerak. 
Eksperiment uchun zarur bo‘lgan o‘q tutgichlarni tanlash 
ishlatilayotgan o‘qlarning tuzilishiga bog‘liq. Qobiqli o‘qlarni otish 
jarayonida ushlab qolish uchun paxta, g‘ovakli rezinadan tayyorlangan 
plastinalar to‘plami, texnik moylar, yuqori modulli (xususiyatlari tez 
o‘zgaradigan) tolalardan foydalanish mumkin. Qobiqsiz o‘qlar esa 
suyuq, petrolatumli (petrolatum 

neftni qayta ishlashda hosil 
bo‘ladigan yopishqoq qoldiq modda) va xususiyatlari shunga o‘xshash 
boshqa moddali o‘q tutgichlarga otiladi. 
Patronlarni eksperimental o‘q otishga tayyorlash ularni tanlab olish 
va ishlov berishdan iborat. Eksperiment uchun tanlangan patronlar 
o‘qlarining qobig‘i materiali, boshchasining va asosi (qobiqli o‘qlar 
uchun)ning shakliga ko‘ra tekshirilayotgan o‘q bilan bir xil bo‘lishi 
lozim. Imkoni boricha patronlar (tekshirilayotgan o‘q tegishli bo‘lgan va 
eksperimentda ishlatilayotgan)ning ishlab chiqargan korxona-zavodi va 
ishlab chiqarilgan yili, seriyasi yoki partiyasi ham bir xil bo‘lishi lozim. 
Bundan tashqari, patronlarning o‘qida turli izlar, ezilishlar, 
ishqalanish va korroziya belgilari bo‘lmasligi kerak. Agar patronlarda lak 
surtilgan bo‘lsa, ushbu lakni o‘chirish (masalan, atseton yordamida) 
lozim.
Eksperimentlardan so‘ng, o‘qlarni tekshirish oson va qulay bo‘lishi 
uchun, eksperimentda ishlatiladigan patronlarga alohida belgi (o‘q va 
gilzani tutashtiruvchi yoki gilzaning tubiga chiziq tortish yo‘li bilan) 
qo‘yish kerak. Eksperiment o‘tkazish uchun chiziq tortilgan 
patronlarning barchasini, qurolga ushbu chiziqlar bir tomonga (masalan 


 270 
faqat yuqoriga) qarab turadigan qilib joylashtirish lozim. Bunday 
belgilash taqqoslash tadqiqotlari o‘tkazishda, o‘qlarda qurolning narezlar 
maydonlaridan qoladigan izlarni tez topish imkonini beradi. 
Ekspert eksperimentlarini tirda yoki xavfsizlikni ta’minlash imkoni 
bo‘lgan binolarda o‘tkazadi. Otish vaqtida buzilishi mumkin bo‘lgan 
qurollardan otish maxsus qurilma 

qurolni o‘rnatish va masofadan 
turib boshqarish mumkin bo‘lgan moslamadan foydalanib amalga 
oshiriladi. Bunday qurilma bo‘lmaganida, slesarlik tiskalaridan 
foydalanish mumkin. O‘q tutgichga porox gazlarining ta’sir qilmasligi 
uchun, qurolni o‘q tutgichdan 70 — 90 
sm 
masofada joylashtiriladi. 
Eksperimentdagi o‘q otilish soni qurol stvoli kanali devorlarining holati, 
tekshirilayotgan o‘qdagi izlarning ifodalanganlik darajasi va 
eksperimentlar o‘tkazish xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, ammo o‘q otish 
uchtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Eksperiment jarayonidagi qo‘shimcha o‘q otishlar miqdori har bir 
alohida holat uchun, eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni o‘zaro 
solishtirish va so‘ng ularni tadqiqot uchun taqdim etilgan o‘q bilan 
solishtirish natijalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Eksperimentdan olingan namuna o‘qlarning tubiga, o‘q otishlarning 
tartibni bildiradigan tartib nomeri qo‘yiladi. 
Aynan qaysi baraban kamorasidan o‘q otilganligi noma’lum bo‘lgan 
revolverdan eksperiment o‘tkazishda, revolver barabanining barcha 
kamoralaridan eksperimental o‘q otishni amalga oshirish kerak. Chunki, 
revolver barabani kamoralari va stvol kanali o‘zaro mos kelmay qolishi 
natijasida, bir revolver barabanining turli kamoralaridan otilgan o‘qlarda 
hosil bo‘ladigan izlar turlicha bo‘lishi mumkin,
Ekspert eksperimentining butun jarayoni ekspertiza xulosasining 
tadqiqot qismida batafsil bayon etilishi lozim, bunda, qurol eksperiment 
uchun qanday tayyorlandi, patronlarning ishlab chiqarilgan yili, 
Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin