Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Narezli o‘qotar qurollarni otilgan o‘qlardagi izlarga



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
3-§. Narezli o‘qotar qurollarni otilgan o‘qlardagi izlarga 
 ko‘ra identifikatsiya qilish metodikasi 
 
O‘qotar qurollarni otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra identifikatsiya 
qilish muayyan ketma–ketlikda amalga oshiriladi va quyidagi 
bosqichlardan iborat bo‘ladi: dastlabki tadqiqotlar, alohida tadqiqotlar 
(taqqoslash tadqiqotlari bilan birga), tadqiqotlar natijalarini baholash va 
yakuniy xulosalarni shakllantirish. 


 262 
Dastlabki tadqiqotlar bosqichida 
tadqiqotlar vazifalari, ularni 
amalga oshirish usullari va ketma-ketligi aniqlanadi. Ushbu tadqiqotlar 
bosqichiga atroflicha tayyorgarlik ko‘rish, uning yakuniy natijalariga 
ko‘p jihatdan ta’sir qiladi. Bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarning 
xususiyatlari va tadqiqotlarning hajmi ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi 
qaror va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollar bilan tanishish orqali 
amalga oshiriladi. O‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aniqlab olganidan 
so‘ng ekspert, tadqiqot obyektlarining o‘rami to‘g‘riligi va butunligi, 
ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan obyektlarning 
barchasi mavjudligi (qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishi), ushbu 
obyektlarni ekspertizaga yuborishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
turli shikastlanishlarning yo‘qligini tekshirishi lozim. Ushbu bosqichda 
ekspert, kelgusi tekshirishlar yordamida aniqlanadigan o‘z ekspertiza 
tusmollarini tuzadi. Aynan ana shu tusmollarni inobatga olgan holda 
ekspert taqdim etilgan obyektlarni tadqiq qilish usul va yo‘llarini hamda 
vositalarini aniqlaydi, kerakli asbob–uskuna va materiallarni tanlab 
tayyorlaydi. 
Alohida tadqiqotlar bosqichi 
o‘z navbatida quyidagi bosqichlardan 
iborat bo‘ladi: alohida tadqiqotlar, ekspert eksperimentlari va taqqoslash 
tadqiqotlari. Ushbu bosqichlar umumiy shaklda mustaqil bosqichdek 
ko‘rinsa–da, ular o‘zaro uzviy bog‘liq. Ko‘p hollarda alohida holatlarni 
aniqlash maqsadida ekspert, yana qayta o‘tkazilgan bosqichlarga qaytishi 
(ularni qayta o‘tkazishi) mumkin. 
Alohida tadqiqotlar bosqichida ekspert tadqiqotga taqdim etilgan 
o‘qlarni va o‘qotar qurolni tekshiradi. 
Otilgan 
o‘qning alohida tadqiqotlari 
jarayonida quyidagilar 
aniqlanadi: 

tadqiqotga taqdim etilgan otilgan o‘q bir qismi hisoblangan 
patronning turi va namunasi, shuningdek ushbu patronni otish uchun 
mo‘ljallangan qurolning tizimi, rusumi va namunasi; 

o‘q, uning kalibriga mos bo‘lmagan kalibrdagi quroldan 
otilganmi (otilmaganmi); 

o‘q, otish ovozini o‘chiruvchi moslama (ovoz o‘chirgich) bilan 
ta’minlangan quroldan otilganmi (otilmaganmi); 

otilgan o‘qda, uning to‘siq bilan ta’sirlashi natijasida hosil 
bo‘lgan shikastlanishlar (izlar) mavjudmi; 

tadqiqotga taqdim etilgan o‘q otilgan qurolning tizimi, rusumi va 
namunasi; 


 263 

ushbu qurol stvoli kanalining yeyilish darajasi; 

qurol stvoli kanalining o‘qdagi izlarining identifikatsiya uchun 
yaroqliligi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan o‘q bir qismi bo‘lgan patronning turi va 
namunasi ushbu o‘qning tuzilishi va ishlab chiqarish xususiyatlarini 
o‘rganish orqali aniqlanadi: o‘lchamlari, og‘irligi, tuzilishi, o‘q 
boshchasi va tubining shakli, yetakchi hoshiyalar (kamarchalar)ning 
mavjudligi va miqdori, o‘qning gilzaga mahkamlanish usuli, o‘q 
qobig‘ining materiali, o‘q boshchasi bo‘yog‘ining rangi. 
O‘qning uzunligi va diametri 0,01 
mm 
gacha aniqlikda o‘lchanadi. 
Ta’kidlash joizki, o‘qning birlamchi o‘lchamlari, o‘q to‘siq bilan 
to‘qnashganda yoki kichikroq kalibrli quroldan otilishida deformatsiyaga 
uchrashi natijasida o‘zgarishi mumkin. 
O‘qning og‘irligi 0,01 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin