Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

xususiy 
identifikatsion belgilari qurol stvoli kanalining ichki sirtini 


 249 
ifodalaydi. Bunday belgilar izlarda turli chiziqlar (ishqalanish va 
shilinishlar)ning o‘lchamlari, joylashishi va o‘zaro joylashishi bilan 
namoyon bo‘ladi.
 
Shunday qilib, muayyan rusum yoki tizimdagi bir qurolni 
identifikatsiya qilish (ya’ni, bir guruh qurollar ichidan aniq bir nusxadagi 
qurolni ajratib olish) uchun, bu qurol stvoli kanalining ichki tuzilishi va 
uning o‘qlarda hosil qilgan izlari o‘rganilishi lozim. 
Otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra o‘qotar qurolni identifikatsiya 
qilishda, ushbu qurolni ishlatish natijasida hosil bo‘lgan izlarning 
mikrorelyeflari ham muhim identifikatsion ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ayniyat yoki alohidalik haqida gapirganda, moddiy dunyoning 
obyektlari uzluksiz tarzda o‘zgarishini va buning oqibatida ushbu 
obyektning aynanligi ham doimiy ravishda o‘zgarishini unutmaslik 
darkor. Boshqacha aytganda ayniyat o‘ziga o‘xshashlikdan tashqari, 
farqlar va o‘zgarishlarni ham qamrab oladi. 
Obyektning o‘zgarishi odatda eski (ilgari hosil bo‘lgan) individual 
belgilarning buzilishi (o‘zgarishi) va yo‘qolishi hamda yangi belgilarning 
hosil bo‘lishi (vujudga kelishi) bilan kuzatiladi. Bu jarayon doimiy yuz 
beradi. Dastavval ayrim belgilar, keyin ularning ko‘plab miqdori 
o‘zgaradi yoki yo‘qoladi. Individual belgilarning chuqurroq o‘zgarishlari 
ushbu belgilarning butun boshli majmuasining o‘zgarishiga olib keladi 
va natijada obyektni identifikatsiya qilish (identifikatsiya qilish) mumkin 
bo‘lmay qoladi. 
Ammo, yuqorida ta’kidlangan o‘zgarishlar qurol stvoli kanalining 
xususiy belgilarining muayyan barqarorligini inkor etmaydi, balki muayyan 
vaqt va sharoitlarga bog‘liq barqarorligini taqozo qiladi. Shuning uchun 
xususiy belgilarning barqarorligi to‘g‘risida fikr yuritganda, belgilarning 
nisbiyligini ham inobatga olish lozim. Qurolni ma’lum vaqt oralig‘ida 
ishlatish jarayonida stvol kanalining mikrorelyefi aytarli o‘zgarishga 
uchramaydi. Stvol kanali o‘zining ayniyat bo‘yicha masalalarni hal etishga 
imkon beradigan muhim belgi va xususiyatlarini saqlab qoladi. Stvol kanali 
unchalik muhim va uni identifikatsiya qilishga to‘sqinlik qilmaydigan 
o‘zgarishlarga uchramagan vaqt oralig‘i 
identifikatsion (aynanlikni 
aniqlovchi) davr 
deb ataladi. 
Belgilarning barqarorlik darajasi turlicha bo‘ladi va quyidagi bir 
qator omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
— stvol kanali ichki sirtining otilgan o‘qning sirti bilan o‘zaro 
ta’sirlashishi, shuningdek o‘q otilishining fizikaviy-kimyoviy jarayonlari 
bilan ifodalanadigan ekspluatatsion omillar;


 250 
— atrof-muhitning o‘q otilishidan keyin qurolga ta’siri bilan 
aniqlanadigan atmosferik omillar;
— stvol kanali orqali yetkaziladigan shikastlanishlar bilan bog‘liq 
o‘zgarishlar.
Izlarning hosil bo‘lish mexanizmi 
— moddiy obyektlarning natijasi bir 
obyekt (iz hosil qiluvchi)ning tashqi xususiyatlari ikkinchi obyekt (iz qabul 
qiluvchi)da aks etishdan iborat bo‘ladigan o‘zaro (kontaktli) ta’sirlashishini 
ifodalaydigan omillar yig‘indisidan iborat. 
Aynanlikni aniqlash (identifikatsiyalash)
— aniq jinoiy ish bo‘yicha 
ekspert tadqiqotining jarayoni va natijalari hal qilinadigan masala. 
Tekshirilayotgan obyektlarning, shu obyektlargagina xos xususiyat va 
belgilar orqali o‘zaro o‘xshashliklarini (agar o‘xshashlik bo‘lmasa — 
farqlarni), ya’ni ulardagi o‘xshashlik va farqlarni topishdan iborat. 
Aynanlikni aniqlash:
1) tekshirilayotgan obyektning turli vaqtlardagi holatiga;
2) ma’lum guruh va tizimga tegishli obyektlarga;
3) ma’lum bir guruh, tizim va turlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ekspertiza amaliyotida bunday tadqiqotlar:
1) tergov harakatlari olib borilayotgan jinoiy ishlar jarayonida 
aynanligi aniqlanayotgan obyektning aynanlikni aniqlovchi obyektda 
qolgan izlari bo‘yicha;
2) aynanligi aniqlanyotgan obyektga va aynanlikni aniqlovchi 
obyektlarga xos bo‘lgan izlar bo‘yicha;
3) biror jinoiy ish jarayonida bo‘laklarga ajrab ketgan, endilikda bir 
butunligi tiklanishi zarur bo‘lgan ma’lum bir obyektning turli 
bo‘laklardagi (masalan, bir patronga tegishli o‘q, gilza, porox va hokazo) 
izlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Aynanligi aniqlanayotgan (identifikatsiyalanyotgan) obyekt 
— bu 
birinchidan, ma’lum bir guruhga mansubligi yoki aynan shu obyektga 
xos xususiyatlari tadqiqot jarayonida aniqlanayotgan obyekt; ikkinchidan 
— identifikatsiya qilish uchun tadqiq etilayotgan obyekt.
Aynanligi aniqlanayotgan obyekt sifatida bu ma’noda alohida 
obyektlar, obyektlarning guruhlari olinishi mumkin. Sud ballistikasida 
ma’lum bir qurol turi, qurollar tayyorlangan asbob-uskunalar, jangovar 
o‘q-dorilar, patronlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan moslamalar, o‘q va 
pijlar, prokladkalar tayyorlangan materiallar bunday obyektlar bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Aynanlikni aniqlovchi (identifikatsiyalovchi, qabul qiluvchi, aks 
etuvchi, qayd etuvchi) obyekt 
— aynanligi aniqlanayotgan (identifika-


 251 
tsiyalanyotgan), obyektning o‘zaro ta’siri natijasida izi va belgilari 
qolgan obyektlar yoki obyektning identifikatsiyalanishi uchun zarur 
bo‘lgan obyekt.
Aynanlikni aniqlovchi obyekt bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi: 
1) kerakli obyekt bilan ta’sirlashganda shu obyektga xos belgilar 
izini o‘zida aks ettirgan buyumlar;
2) surishtiruvchi, tergovchi, sud yoki ekspert tomonidan belgilangan, 
obyektning ma’lum bir guruhga tegishliligini yoki ikkita obyektning bir 
guruhga tegishliligini aniqlovchi, fanda aniq bo‘lgan tushunchalar.
Sud ballistikasida qurol, o‘q-dorilar, ular tayyorlangan asbob-
uskunalar va moslamalar, patronning tarkibiy qismlari (o‘q, gilza, pij, 
prokladkalar) o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlovchi obyekt bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Aynanlikni aniqlovchi obyektlar va tushunchalar bo‘lib, faqatgina 
aynanligi aniqlanayotgan obyektning belgi va belgilarini o‘zida aks 
ettirgan, ifodalagan obyekt va tushunchalar bo‘la oladi. Sud 
ballistikasida o‘qotar qurolni otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra 
identifikatsiya qilishda, aynanlikni aniqlovchi obyektlar bo‘lib: qurolning 
aniq nusxasi, o‘qlar yasalgan asbob–uskunalar, patronlarni tayyorlash va 
o‘qlash uchun moslamalar, o‘qlar yasalgan materiallar, qismlariga ko‘ra 
butunligi aniqlanayotgan buyum (masalan, otilganda va to‘siqqa 
tekkanida parchalanib ketgan o‘q) xizmat qiladi. 
Shunday qilib, iz hosil bo‘lishi faqat akslanish jarayoni bilangina 
ifodalanmaydi. Iz hosil bo‘lishining asosiy omillari sifatida ushbu 
jarayon kechishining shart-sharoitlari maydonga chiqadi, chunki aynan 
bir harakat turli tashqi omillarga bog‘liq holda turlicha akslanish 
shakllariga ega bo‘lishi mumkin. 
Iz hosil bo‘lishning turlichaligi hisobiga, stvol kanalining aynan bir 
belgisi o‘qlarda turlicha aks etishi mumkin. Kriminalistika fanida ushbu 
holat 
belgilar aks etishining variatsiyaligi 
deb ataladi 
Iz hosil bo‘lishining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar 
sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 
— qurol stvol kanali va o‘qlar materiallarining mustahkamligi va 
egiluvchanligining o‘zaro nisbati; 
— qurol stvol kanali va o‘qlarning o‘zaro ta’sirlashish xususiyatlari;
— porox gazlarining bosimi;
— qurol stvoli kanalida turli ifloslanishlarning mavjudligi va 
hokazolar. 


 252 
Bir nusxadagi quroldan otilgan o‘qlardagi izlarning variatsionligini 
yuqorida sanab o‘tilgan omillarning ta’siri bilan izohlash mumkin. Shu 
bois, ushbu omillarni tegishli tadqiqotlar o‘tkazishda e’tiborga olish 
zarur. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin