254
kanali o‘q kirish joyining tuzilishi, patronlarning sifati va hokazolarga
bog‘liq.
Kichik kalibrli o‘qotar quroldan otilgan 5,6
mm
kalibrli qobiqsiz
o‘qlarda, odatda, birlamchi izlar aks etmaydi. Bu holat maxsus ariqchlar
maydonlarining kichik og‘ish burchaklari va o‘q kirish joyining konusi
yo‘qligi bilan izohlanadi. Ta’kidlanganidek patronni qurol patrondoniga
jo‘natishda o‘qni narezlarning maydonlariga qisman o‘yib kirishi yuz
beradi. Ushbu sharoit o‘qqa darhol ilgarilama-aylanma
harakat olishga
imkon beradi.
Birlamchi izlarning kengligi otilgan o‘q ilgarilama-aylanma harakat
olishdan oldin bosib o‘tadigan stvol kanali qismining uzunligiga bog‘liq
bo‘ladi. Ushbu qismning uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, birlamchi izlar
shunchalik keng bo‘ladi va aksincha. Ushbu qismning kattaligiga o‘q
otilishining boshlang‘ich bosqichidagi harakat tezligi ham ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu tezlik qancha katta bo‘lsa, otilgan o‘q ilgarilama-
aylanma harakat bilan shuncha katta qismni bosib o‘tadi. Tezlik
kamayishi bilan o‘qning ilgarilama-aylanma harakat bilan bosib
o‘tadigan qismi ham kamayadi. Ushbu holat birlamchi izlar kengligining
kichrayishiga olib keladi. Tezlikning anchagina kamayishida otilgan o‘q
narezlarga kamroq kuch bilan o‘yib kiradi va natijada birlamchi izlar
o‘qlarning sirtida umuman aks etmasligi mumkin.
Qurol stvoli kanalida gaz bosimi kam bo‘lsa ham otilgan o‘qning
narezlarga unchalik katta bo‘lmagan kuch bilan o‘yib kirishi oqibatida
o‘q ilgarilama-aylanma harakat olishi mumkin.
O‘qning gilzada mahkamlanish usuli ham izlarning aks etishiga
muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mahkamlanish qanchalik kuchli
bo‘lsa, otilgan o‘qning narezlarga o‘yilib kirishi shunchalik katta bo‘ladi
va binobarin birlamchi izlar shunchalik yaxshi ifodalanadi.
Birlamchi izlarning kengligiga otilgan o‘q qobig‘ining materiali ham
ta’sir ko‘rsatadi. Birlamchi izlar egiluvchan qobiqlarda kengroq bo‘ladi,
chunki bunday o‘qlar qurol stvol kanalida kattaroq aylanma harakat
oladi.
Stvol kanali o‘qi va baraban kamoralarining o‘zaro
yaxshi
birikmasligi revolverlarda uchraydi, shuningdek kamoralarning siljib
qolishi, og‘ishining yo‘nalishi va burchagi bir baraban kamoralarining
hammasida turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bir revolver
barabanining bir necha kamoralaridan otilgan o‘qlarda, birlamchi izlar
narezlarning turli maydonlaridan qolishi mumkin. Maxsus ariqchlarning
255
turli maydonlaridan birlamchi izlar shuningdek, agar revolver
barabanining o‘qi kuchli yeyilib ketgan bo‘lsa, bir kamoradan
otilgan
o‘qlarda ham qolishi mumkin. Bundan tashqari narezlarning joylashishi,
shakli va yo‘nalishidagi farqlarning mavjudligi natijasida, narezlar
maydonlarining o‘qlardagi birlamchi izlarining boshlanishi turlicha
bo‘lishi, bu izlarning chiziqlari turlicha kontur va og‘ishga ega bo‘lishi
mumkin. Yangi to‘pponchalarda, o‘qlarning qisqa kiruvchi harakatlari
natijasida esa birlamchi izlar umuman qolmasligi mumkin.
Narezlar maydonlarining ikkilamchi izlari o‘qning ilgarilama-
aylanma harakat qilishida, narezlar maydonlarining o‘q sirtiga o‘yib
kirishida, o‘qning yetakchi qismida hosil bo‘ladi. Otilgan o‘q sirtining
narezlar maydonlari sirti bilan kontaktli ta’sirlashish mexanizmi
yetarlicha barqaror va turg‘un bo‘ladi. Ikkilamchi izlarni tashkil qilgan
chiziqlar narezlar maydonlarining sirtidagi notekisliklardan hosil bo‘ladi.
Bunda o‘zida eng ko‘p ma’lumotlarni mujassam etgan izlar o‘q sirtining
porox gazlari ta’sirida kengaygan sohalarida mavjud bo‘ladi.
Ikkilamchi izlarda qurol tizimining quyidagi belgilari, ya’ni kalibri,
narezlarning va maydonlarining miqdori, yo‘nalishi,
maydonlarning
kengligi, narezlar maydonining og‘ishi, narezlarning chuqurligi, qadami
aks etishi mumkin.
Narezlar maydonlari birlamchi izlarining ikkilamchi izlarga nisbatan
joylashishi narezlarning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ngga og‘ma
narezli qurollarda birlamchi izlar ikkilamchi izlarning chap tomonida,
chapga og‘ma narezli qurollarda esa ikkilamchi izlarning o‘ng tomonida
joylashgan bo‘ladi.
Maxsus ariqchlar tubi izlarining hosil bo‘lishi xuddi narezlar
maydonlari ikkilamchi izlarining hosil bo‘lishiga o‘xshash va otilgan o‘q
bilan stvol kanalini to‘ldirishiga bog‘liq bo‘ladi. Otilgan o‘qning
diametri qancha katta va o‘q qobig‘ining materiali qancha egiluvchan
(yumshoq) hamda qurol stvoli kanalida porox gazlarining bosimi qancha
katta bo‘lsa, narezlar tubi izlari hosil bo‘lishining ehtimolligi shuncha
katta bo‘ladi.
Qurol stvoli kanali izlarining otilgan o‘qlarda hosil bo‘lishiga yana
boshqa bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi, ularga quyidagilar kiradi:
o‘qning diametri, stvolning moylanganligi, stvol kanalida o‘q otilish
mahsulotlarining mavjudligi va stvolning metallizatsiyasi (metall
bilan
qoplanishi).
Qurol stvoli kanali izlarining otilgan o‘qning kalibriga bog‘liqligini
quyidagi variantlardan kelib chiqib o‘rganish lozim:
256
1) o‘qning kalibri qurolning kalibriga mos, ammo o‘qning diametri
qurol stvoli kanali diametridan yo‘l qo‘yiladigan darajada kattaroq yoki
kichikroq;
2) o‘qning kalibri qurol kalibridan kichik;
3) o‘qning kalibri qurol kalibridan katta.
Birinchi holatda o‘q kalibrining qiymati asosan birlamchi izlarning
kengligiga ta’sir ko‘rsatadi: o‘q aylanma harakat olishidan oldin stvol
kanalining kattaroq (agar o‘qning diametri kichik bo‘lsa) yoki kichikroq
(agar o‘qning diametri kattaroq bo‘lsa) qismini bosib o‘tadi
Kichik kalibrli o‘qdan (masalan, 7,62
mm
kalibrli TT
rusumli
to‘pponchaning patronini 9
mm
kalibrli PM to‘pponchasidan) otishda,
o‘q harakati jarayonida stvol kanali bilan barqaror ta’sirlashishda
bo‘lmaydi, uning harakati tartibsiz xususiyatga ega va stvol kanalining
ayrim sohalariga urilish bilan kechadi (49-rasm). Izlarning miqdori va
og‘ish burchagi odatda narezlarning miqdori va og‘ish burchagi bilan
mos tushmaydi, faqat u yoki bu darajada narezlar maydonining
kengligini aks ettiradi. Lekin
shunga qaramay, ko‘plab izlar o‘qotar
qurolni identifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilar majmuasiga ega
bo‘ladi.
49-rasm.
Dostları ilə paylaş: