Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

grammgacha 
aniqlikda o‘lchanadi, ammo 
o‘qning deformatsiyasi yoki parchalanishi natijasida uning dastlabki 
kattaligi o‘zgarishi mumkin.
Kichik kalibrli qobiqsiz o‘qlarni tekshirishda, ularning sirtida 
yetakchi hoshiyalari (kamarchalari)ning miqdori, ularning o‘q tubiga 
nisbatan joylashishini aniqlash hamda tarnovchalarining shakli va 
chuqurligiga alohida e’tibor berish lozim.
Taqdim etilgan o‘qning gilzada mahkamlanish usulini aniqlashda 
o‘qning sirtida aks etadigan kernlash izlaridan ularning miqdori, ular 
bilan o‘q tubi orasida masofa ham aniqlanishi kerak. 
O‘q qobig‘ining materiali metallning rangi va magnit xossalariga 
ko‘ra aniqlanadi. 
Melxiorli va nikellangan qobiqlar kumush rang, jez qobiqlar sariq, 
tompak (mis va ruxning qotishmasi) bilan qoplangan qobiqlar qizg‘ish-
sariq rangda bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqariladigan 
jangovar patronlar o‘qlarining qobiqlari tompak bilan qoplangan 
po‘latdan tayyorlanadi. Boshqa xorijiy davlatlarda ishlab chiqariladigan 
7,65 
mm 
va undan kichik kalibrli patronlar o‘qlarining qobiqlari jez yoki 
melxiordan tayyorlanadi, jez qobiqlar qo‘shimcha xromlanadi yoki 
nikellanadi. 
Maxsus o‘qlarda, ularning bosh qismida tanib olish (signal) 
bo‘yoqlari mavjud bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqiladigan 
vintovka patronlarining og‘ir o‘qlarini belgilash uchun 

sariq yoki ko‘k 
rang, zirh teshuvchi o‘qlarni belgilash uchun 

qora rang, havoda iz 
qoldiruvchi o‘qlarni belgilash uchun 

yashil rang, yondiruvchi o‘qlarni 
belgilash uchun 

qizil rangdan foydalaniladi. 


 264 
Tadqiqotga taqdim etilgan o‘qning tuzilish va ishlab chiqarish 
xususiyatlari xar xil tur va namunadagi patronlarning maxsus 
adabiyotlarda ko‘rsatilgan o‘qlarining mos holdagi belgilari bilan 
solishtiriladi. Undan tashqari, taqdim etilgan o‘qni o‘qotar qurollarning 
o‘qlar kolleksiyalari bilan ham solishtirish mumkin. Ushbu solishtirish 
natijasida taqdim etilgan o‘qning aniq bir tur va namunadagi patronni, 
shuningdek ushbu patron otish uchun mo‘ljallangan o‘qotar qurolning 
tizimi, rusumi va namunasini aniqlash mumkin. 
Ta’kidlash joizki, taqdim etilgan o‘qning u yoki bu tur va 
namunadagi patronga tegishli ekanligini aniqlash, ushbu o‘qni otishda 
ishlatilgan o‘qotar qurolning tizimi, rusumi va namunasini aniqlash 
uchun hali yetarli bo‘lmaydi. Chunki, aniqlangan tur va namunadagi 
patronlar boshqa tizim, rusum, namunada va hatto boshqa kalibrdagi 
o‘qotar qurollardan ham otilishi mumkin (noshtat patronlar). Shuning 
uchun, taqdim etilgan o‘q tegishli bo‘lgan patronning turi va namunasi 
aniqlanib, ushbu patronni otish uchun foydalanilgan o‘qotar qurolning 
tizimi, rusumi va namunasini izlash doirasi kichraytirilganidan va 
o‘qning holati aniqlanganidan so‘ng, qurol stvoli kanalining o‘qdagi aks 
etgan izlari o‘rganilishi lozim. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, otilgan o‘qlarda quyidagi izlar hosil 
bo‘ladi: 

qurolni o‘qlashda; 

quroldan o‘q otilishida. 
Qurolni o‘qlashda o‘qda hosil bo‘ladigan izlar unchalik ahamiyatga 
ega bo‘lmaydi (chunki, bu izlar deyarli hosil bo‘lmaydi) va qurolning 
tizimi, rusumi va namunasi haqida ma’lumotlar bermaydi. Qurol haqida 
tegishli ma’lumot olish uchun quroldan o‘q otilishida hosil bo‘ladigan 
izlar, ya’ni stvol kanali izlaridan foydalaniladi. 
Qurol stvoli kanali izlaridan aniqlanishi mumkin bo‘lgan belgilar 
sirasiga quyidagilar kiradi: kalibri, narezlar miqdori va kengligi, narezlar 
maydonlarining kengligi va og‘ish burchagi, gaz chiqish tuynugining 
mavjudligi. Ushbu belgilar bir tizim, rusum va namunadagi barcha 
qurollar uchun umumiy hisoblanadi. 
Qurolning kalibrini otilgan o‘qning maxsus ariqchalar maydoni yoki 
narezlar izlari hosil bo‘lgan qismi diametrini o‘lchash bilan aniqlash 
mumkin. Bu holda turli tizim, rusum va namunadagi qurollarning kalibri 
bir xil bo‘lishini inobatga olish lozim. 
Narezlarning miqdori u yoki bu tizim, rusum va namunadagi o‘qotar 
qurollar stvoli kanalining tuzilishiga oid doimiy xususiyati hisoblanadi. 
Uni o‘qdagi narezlar maydonlari izlarini sanab aniqlash mumkin. 


 265 
O‘qlardagi izlarning yo‘nalishini vizual (ko‘z bilan ko‘rib) ravishda 
aniqlash mumkin. Narezlari o‘ngga og‘ma qurol stvolidan otilgan 
o‘qlarda narezlar maydonlarining izlari o‘qning bo‘ylama chizig‘iga 
nisbatan o‘ng tomonga og‘gan bo‘ladi, narezlari chapga og‘ma qurol 
stvolidan otilgan o‘qlarda narezlar maydonlarining izlari o‘qning 
bo‘ylama chizig‘iga nisbatan chap tomonga og‘gan bo‘ladi.
Narezlar maydonlarining kengligini, o‘qdagi narezlarning jangovar 
va bo‘sh qirralaridan qolgan izlar mavjud bo‘lganida o‘lchash mumkin. 
Turli tizim, rusum va namunadagi qurollarda ushbu miqdor turlicha 
bo‘ladi. Bir tizim, rusum va namunadagi qurollarda ushbu miqdorning 
o‘rtacha miqdordan, qurol ishlab chiqarishdagi texnik sharoitlar bo‘yicha 
mumkin bo‘lgan chetlashishi 0,2 
mm 
dan oshmaydi. 
Qurol stvoli kanali narezlari maydonlarining og‘ish burchagi 
narezlar qadami bilan bog‘liq. O‘qlardagi izlarda ushbu belgi o‘qning 
bo‘ylama chizig‘iga nisbatan ma’lum bir burchak ostida og‘ma chiziqlar 
shaklida ko‘rinadi. Odatda, narezlar maydonlarining og‘ish burchagi 2 
— 7ºS atrofida bo‘ladi. Unchalik katta bo‘lmagan quvvatli patronlarni 
otishga mo‘ljallangan qurollar, masalan 5,6 
mm 
kalibrli qurollar narezlar 
maydonlarining og‘ish burchagi odatda 2 — 3ºS bo‘ladi. 
Gaz chiqish tuynugining oldingi cheti o‘qlarda, kengligi gaz chiqish 
tuynugining diametriga teng izlar qoldiradi, ushbu izning uzunligi 
narezlar maydonlari uzunligidan kattaroq bo‘ladi. 
Otilgan o‘qlardagi izlarni o‘rganishda fotosuratga olish 
(fotorazvertka qurilmasi yordamida), o‘qni iz qabul qiluvchi sirt (parafin, 
plastina metall, fiksirlangan rentgen tasmasi)ga bosib aylantirish 
(prokatka), atsetonda eritilgan selluloiddan tayyorlangan yupqa tasmada 
sirt aksini hosil qilish yordamida olingan izlarning yoyilmasi 
(razvertkasi)dan foydalanish mumkin (50-rasm). 
50-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin