Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Silliq stvolli o‘qotar qurollar stvoli kanalinig otilgan



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
2-§. Silliq stvolli o‘qotar qurollar stvoli kanalinig otilgan 
snaryadlarida izlarning hosil bo‘lish mexanizmi 
Silliq stvolli qurollarning otilgan snaryadlaridagi izlarning hosil 
bo‘lish mexanizmi o‘ziga xos qonuniyatlarga ega hamda narezli 
qurollardan otilgan o‘qlardagi izlarning hosil bo‘lish mexanizmidan 
birmuncha farq qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, silliq stvolli o‘qotar 
qurollardan otiladigan sochma o‘qlar va kartechlarning bir patronga 
mo‘ljallangan miqdori 

polisnaryad deb, bir dona o‘q 

monosnaryad 
deb ataladi.
Silliq stvolli qurol stvoli kanalining polisnaryaddagi izlarining hosil 
bo‘lish mexanizmini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Patron 
kapsyuli urilganidan so‘ng, gilza ichidagi porox yonib ketadi. Porox 
gazlari bosimining ortish tezligi va uning maksimal qiymati patron 
kapsyuli, poroxning turi va sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. 
Porox gazlarining bosimi ta’sirida patron piji siqiladi va olg‘a harakat 
qilib, polisnaryadni oldinga suradi (masalan, sochma o‘qlar 
polisnaryadi). Polisnaryad ham o‘z navbatida siqiladi va uning uzunligi 
kamayadi (E.Shteyngoldning tajribalariga ko‘ra 

polisnaryad 
uzunligining 20%gacha) va avval gilzaning ichida, so‘ng esa qurol stvoli 
kanali ichida o‘z harakatini boshlaydi. 
Sochma o‘qlarda metall gilzaning ichki sirti devorlaridan izlar 
qoladi va bu izlarga ko‘ra aynanlikni aniqlash mumkin bo‘ladi. Gilzadan 
chiqish vaqtida chetki (periferik) sochma o‘qlar o‘z harakatini 
o‘zgartiradi: o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan sochma o‘qlar ta’sirida ular o‘q 
kirish joyi sirti tomonga siljishga va aylanishga majbur bo‘ladi. Ushbu 
vaqtda sochma o‘qda metall gilza og‘zidan qoladigan ikkinchi iz hosil 
bo‘ladi. Chetki (periferik) sochma o‘q gilza og‘zi orqali harakat qilib, 


 281 
kattaroq hajmdagi sohaga o‘tayotganida ham unga qo‘shni sochma 
o‘qlarning ta’siri davom etayotgan bo‘ladi. Shuning uchun bu sochma 
o‘q o‘zining dastlabki holatini o‘zgartiradi va stvol kanalining o‘q kirish 
qismi sirtiga yopishadi. Gilzaning og‘iz kesimi ushbu sochma o‘qning 
sirtidan yupqa metall qatlamini shilib qoladi va natijada ushbu sirtda iz 
hosil bo‘ladi. Stvol kanalining o‘q kirish qismidagi harakati jarayonida 
sochma o‘q yana barcha tomondan siqilib qolgan bo‘ladi. Bu sochma o‘q 
qurol stvoli kanalining sirti bo‘ylab harakat qilib, stvol kanali sirtiga 
ishqalanadi va sochma o‘qning stvolning iz hosil qiluvchi sirtlari bilan 
ta’sirlashgan sohasida oval shaklidagi izlar qoladi. Otilgan sochma 
o‘qlarda gilza korpusining ichki sirti va gilza og‘iz kesimi izlarining 
bo‘lmasligi, sochma o‘qlarning qurol stvoli kanali bo‘ylab harakat 
qilishida ushbu izlarning yo‘qolib ketishi bilan izohlanadi. 
Polisnaryad ortib boruvchi tezlik bilan qurol stvoli kanalida harakat 
qiladi va xuddi porshenga o‘xshab havo ustunini stvol kanalidan surib 
chiqaradi. Polisnaryad harakatining tezlanishi vaqtida, ajralish hodisasi 
uchun sharoit vujudga keladi, ammo polisnaryad sochma o‘qlarning 
markazdan qochuvchi harakatini amalga oshira olmaydi va pijning faol 
ta’siri natijasida, stvol kanalida yagona jism kabi harakatini davom 
ettiradi, boshqacha aytganda, polisnaryad monosnaryad kabi harakat 
qiladi. Shuning uchun polisnaryad stvol kanalida har tomondan siqilgan 
holda o‘tib boradi, ushbu siqilish polisnaryad materialining elastikligidan 
ortiq bo‘ladi. Natijada polisnaryadning ayrim sochma o‘qlari 
deformatsiyaga uchraydi. 
Sochma o‘qlarning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida esa ularda 
«ta’sirlashish (kontakt) dog‘lari» vujudga keladi. Ushbu ta’sirlashish 
(kontakt) dog‘larining shakli, miqdori va o‘lchamlari polisnaryad 
sochma o‘qlarining diametri va ularning polisnaryadda joylashish 
holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Polisnaryaddagi ayrim sochma o‘qlar, o‘zining diametriga bog‘liq 
ravishda aylana bo‘ylab joylashgan bo‘ladi va qurol stvoli kanalining 
ichki sirti bilan ta’sirlashadi. Polisnaryad sochma o‘qlarining qurol stvoli 
kanalida kiruvchi harakati vaqtida, sochma o‘qlarning «yumshoq» 
metalli stvol kanalining devoriga ishqalanadi va natijada stvol kanalining 
ichki devorlaridagi bo‘rtiq mikrorelyefidan, sochma o‘qlarning sirtida 
o‘zaro parallel joylashgan chiziqlar guruhi ko‘rinishidagi izlar vujudga 
keladi. Shunday qilib, qurol stvoli kanalining sochma o‘q 
(kartech)lardagi izlari — oval shaklidagi maydoncha bilan chegaralangan 


 282 
(o‘ralgan) chiziqlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi va ularning egriligi qurol 
stvoli kanali sirtidagi bo‘rtiq mikrorelyeflarning egriligiga mos keladi. 
Sochma o‘qlarda ushbu izlar qurol stvoli kanalining ichki diametri 
va individual xususiyatlarini aks ettiradi hamda ushbu izlarga ko‘ra silliq 
stvolli o‘qotar qurollarni identifikatsiya qilish mumkin bo‘ladi. 
Ushbu izlarning shakli va o‘lchamlari, sochma o‘qlarning o‘lchami, 
qurol stvol kanalining diametri hamda polisnaryad elementlari (sochma 
o‘qlar)ning ajralish kuchi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Porox zaradi 
og‘irligining va pijlar diametrining ortishi sochma o‘qlarning qurol stvoli 
kanali ichki sirti bilan ta’sirlashish sohasining o‘lchamini ortishiga olib 
kelishi mumkin, natijada sochma o‘qlarning sirtidagi chiziqlardan iborat 
izlarning ham maydoni ortib ketadi. 
Polisnaryad sochma o‘qlarida iz hosil qiluvchi obyekt bo‘lib, qurol 
stvoli kanali — uning butun uzunligi hisoblanadi. Polisnaryad stvol 
kanali bo‘ylab, o‘zining joylashishini o‘zgartirmasdan harakat qiladi va 
chetki (periferik) sochma o‘qlar qurol stvoli kanalining ichki sirtidagi 
mikrorelyefning xususiyatlarini, stvol kanalining boshlanishidayoq 
o‘zida aks ettiradi. Qurol stvolining og‘iz kesimi bu holda asosiy iz hosil 
qiluvchi soha hisoblanmaydi. Bu hodisani o‘z vaqtida V.F.Gu
щ
in va 
L.F.Savranlar ta’kidlaganlar. Masalan, hali 1973-yildayoq, V.F.Gu
щ
in 
stvol kanali silindrsimon bo‘lgan miltiqdan o‘q otilishida, porox gazlari 
bosimi maksimal qiymatga ega bo‘lgan (stvol kanalining birinchi 10 
smli
) sohasi hosil bo‘lgan stvol kanali izlarining shakli, o‘lchamlari va 
egriligi ushbu snaryadning butun stvol kanali bo‘ylab harakati jarayonida 
o‘zgarmasligini aniqlagan. L.F.Savran ham (1981) ushbu sohani sochma 
o‘qlarning deformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy soha deb 
hisoblagan hamda sochma o‘qlarda ta’sirlashish dog‘lari va stvol 
kanalining izlarini hosil bo‘lishining sababi — snaryadga porox 
gazlarining ta’siri emas, balki snaryadlarning qurol stvoli kanalining 
porox gazlari bosimi maksimal qiymatga ega bo‘lgan (stvol kanalining 
birinchi 10 
smli
) sohasidagi eng katta tezlanishli harakati oqibatidagi 
kuchlanish deb ta’kidlagan. 
Polisnaryad sochma o‘qlarining qurol stvoli kanalidagi harakati 
jarayonida sochma o‘qlar sirtida stvol kanali mikrorelyeflaridan hosil 
bo‘lgan belgilar yo‘qolib ketadi va ularning o‘rniga yangi belgilar hosil 
bo‘ladi, ammo ushbu yangi belgilar ham o‘z navbatida, stvol kanalining 
keyingi sohalari bilan ta’sirlashish natijasida yo‘qolishi mumkin, bu 
oxirgi belgilar esa stvol kanali og‘zidagi nuqsonlar (masalan, agar otish 


 283 
qirqma miltiqlardan amalga oshirilgan bo‘lsa) ta’sirida yo‘qolib ketishi 
mumkin. Boshqacha aytganda, qurol stvoli kanalining dastlabki 
mikrorelyeflari kelgusi mikrorelyeflar bilan qoplanib ketadi. 
V.F. Gu
щ
in (1973) sochma o‘qlar sirtidagi oval sohalarni o‘rganib, 
sochma o‘q va kartechlarda ikki turdagi izlar hosil bo‘lishini aniqlangan 
va ularni shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi izlarga ajratgan. 
Birlamchi izlar qurol stvolining orqa kesimida, polisnaryad sochma 
o‘qlarining o‘zaro zichlashishi va ajralishi natijasida hosil bo‘ladi. Stvol 
og‘zi toraygan (chok, yarim chok va shu kabilar) miltiqlardan otishda, 
snaryadlar stvol kanali bo‘ylab harakat qilib, stvolning toraygan qismiga 
kirishdan oldini o‘z holatini o‘zgartiradi. Sochma o‘qlar stvolning 
toraygan qismiga kirishdan oldin siljishga va aylanishga majbur bo‘ladi. 
Aynan shu sohada va shu vaqtda sochma o‘qlarda ikkilamchi izlar hosil 
bo‘ladi va ularning maydonlari birlamchi izlarning maydonlaridan 
kichikroq bo‘ladi. Shunday qilib, V.F. Gu
щ
in polisnaryad sochma 
o‘qlaridagi izlarning miqdori qurol stvoli kanalining xususiyatlariga 
(torayganligi, silindrsimon shakldaligi) deb xulosa qilgan. Bitta iz 

silindrsimon stvol kanalidan, ikkita iz 

agar stvol kanalida toraygan qismi 
mavjud bo‘lganda vujudga keladi. 
Shu bilan birga YE.I. Stashenko (1983) silindrsimon stvol kanalli 
miltiqdan otilgan chetki (periferik) sochma o‘qlarda ikkita ta’sirlashish 
dog‘lari hosil bo‘lishini aniqlagan. 
Hozirgi vaqtda patronlarni tayyorlashda, ichiga o‘q, sochma o‘q va 
kartechlar joylashtiriladigan snaryad konteynerlardan foydalaniladi. Bu 
holda quroldan o‘q otilganda qurol stvoli kanalining ichki sirti bilan 
snaryadlar emas, balki shu konteyner ta’sirlashadi va natijada iz hosil 
bo‘lish mexanizmiga ushbu konteynerning ichiga joylashtirilgan snaryad 
(o‘q, sochma o‘q va kartech)ning turi hamda konteynerning o‘zi ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Konteynerlar turi (o‘q yoki sochma o‘qlarga mo‘ljallangan), tuzilishi 
va materialiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. To‘rt yaproqli konteyner oldingi 
qismida to‘rtta kertikli stakan shaklida tayyorlangan bo‘lib, unga sochma 
o‘qlar joylashtiriladi. Bunday konteyner gilza korpusi ichida pij (qog‘oz, 
namat va boshqa) ustiga o‘rnatiladi. Boshqa turdagi konteyner 

yaxlit 
(monolit) pij–konteyner hisoblanadi. O‘qli konteyner, odatda ikki qismdan 
iborat bo‘ladi.
Konteynerda joylashgan snaryadlar qurol stvoli kanalining devorlari 
bilan ta’sirlashmaydi, shuning uchun iz qabul qiluvchi obyekt sifatida 
ushbu konteyner 

uning tashqi sirti maydonga chiqadi. 


 284 
Sochma o‘qli konteyner qurol stvoli kanalida harakat qilib biroz 
deformatsiyaga uchraydi, chunki uning ichidagi sochma o‘qlar 
(kartechlar) porox gazlarining ta’sirida zichlashadi. Buning natijasida 
chetki (periferik) sochma o‘qlar konteyner devorlariga bosiladi va ushbu 
sohalarni qurol stvoli kanali devorlariga tomon siqadi. Ushbu sohalar va 
qurol stvoli kanali sirti orasida ishqalanish yuzaga keladi va natijada 
konteynerning tashqi sirtida dumaloq shakldagi chegaraga ega bo‘lgan 
va o‘zaro parallel chiziqlar paydo bo‘ldi. Ushbu chiziqlar stvol kanali 
ichki sirtining mikrorelyeflari ta’sirida hosil bo‘ladi va ularning 
balandligi va chuqurligi turlicha bo‘ladi. 
Izlarning o‘lchami, miqdori va ularning konteyner sirtida joylashishi 
zichligi patronga joylashtirilgan sochma o‘qlarning diametriga bog‘liq 
bo‘ladi. Ushbu sochma o‘qlarning diametri kichiklashsa, izlarning 
o‘lchami ham kichiklashadi va miqdori ortadi. Izlarning aynanlikni 
aniqlovchi ahamiyati ularning o‘lchamiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Yuqorida ta’riflangan izlar bilan bir qatorda, sochma o‘qlarning 
konteynerida, xususan uning orqa (ishqalanuvchi) qismida ham qurol 
stvoli kanalining ichki sirtidan yaxshi ifodalangan izlar (chiziqlar, 
ishqalanishlar) qoladi, qurolni ushbu izlarga ko‘ra identifikatsiya qilish 
mumkin. 
Konteynerlardagi silliq stvollarning izlari yuqori identifikatsion 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Konteyner sirti bo‘ylab joylashgan chiziqlarning 
ifodalanganlik darajasi turlicha bo‘ladi. Konteynerning bo‘ylama chetlari 
atrofidagi izlardagi chiziqlarning uzunligi uning uzunligiga teng, 
chiziqlarning chuqurroq va kengroq ifodalangan bo‘ladi. Konteynerning 
chetlaridan uzoqlashgan sari, izlarning uzunligi va kengligi, shuningdek 
ifodalanganlik darajasi kamayib boradi. Identifikatsiya uchun yaroqli, 
barqaror va yuqori ifodalanganlik darajasiga ega bo‘lgan izlar (chiziqlar) 
konteynerlarning orqa qismi (dumi)da joylashgan bo‘ladi. 
Qurol stvoli kanali mikrorelyefining konteyner sirtida aks etishi 
konteynerning materialiga va porox gazlarining konteynerning tubiga 
ko‘rsatadigan ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday qilib, qurol stvoli kanalining konteynerlardagi izlaridan 
ayrim hollarda identifikatsiya maqsadlarida samarali foydalanish 
mumkin (52–rasm). 


 285 
52-rasm

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin