Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Avtomatik qurolning iz hosil qiluvchi qismlari va gilzaning



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Avtomatik qurolning iz hosil qiluvchi qismlari va gilzaning 
alohida qismlari:
 1 — zatvor; 2 — boyok (urgich); 3 — chiqarib tashlagich 
ilmog‘i; 4 — qaytargich; 5 — patrondon; 6 — patrondonning orqa kesimi;
7 — o‘q kirish joy;, 8 — chiqarib tashlash tuynug4; 9 — magazin; 
 10 — gilzaning tubi; 11 — qalpoqchasining qirras; 12 — gilzaning sirti;
13 — kapsyul.
O‘qlash izlari 

bu magazin yoki barabanni patronlar bilan 
to‘ldirish va patronni qurol patrondoniga jo‘natish bilan bog‘liq izlar.
Magazin yoki barabanlarni patronlar bilan to‘ldirish jarayonida 
gilzalarning sirtida, magazin devorlari, jo‘natgichi va lablari yoki 
baraban devorlaridan, betartib joylashgan ishqalanish ko‘rinishidagi izlar 
hosil bo‘ladi.


 303 
Magazinning jo‘natgichi magazinni o‘qlashda birinchi patron 
gilzasining sirti va qalpoqchasining chetida uning tubidan og‘ziga tomon 
yo‘nalgan, gilzaning sirti va qalpoqchasining chetida patronni 
patrondonga jo‘natishda gilzaning og‘zidan tubi tomonga yo‘nalgan 
ishqalanish izlarini qoldiradi. Magazinni patronlar bilan o‘qlashda 
birinchi patron uzatgich sirti bilan ta’sirlashib, uning xususiyatlarini 
o‘zida aks ettiradi.
Magazin 
lablari gilzaning sirti va qalpoqchasining chetida gilzaning 
bo‘ylama o‘qiga parallel joylashgan, magazin og‘zining chap va o‘ng 
chetlari bilan ta’sirlashish natijasida vujudga keladigan dinamik izlar 
qoldiradi. Bu izlarning yo‘nalishi magazinni patronlar bilan o‘qlashda 
gilzaning tubidan uning og‘zi tomonga, patronni patrondonga jo‘natishda 
gilzaning og‘zidan uning tubi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Izlarning 
kengligi ta’sirlashuvchi sirtning o‘lchamlari va magazinning o‘qlash 
tajribalariga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Shu kabi boshqa 
sharoitlarda aynan shu turdagi izlarning kengligi va chuqurligi, 
magazinga o‘qlanayotgan oxirgi patronlar gilzalarida kattaroq bo‘ladi, 
chunki, magazin uzatgichi prujinasining ta’sir kuchi birinchi patronni 
magazinga kiritishga qaraganda oxirgi patronlarni magazinga o‘qlashda 
kattaroq bo‘ladi. 
Magazin lablarining eng katta chuqurlikdagi va kenglikdagi izlari 
gilza qalpoqchasi va u bilan tutashgan sohalarda bo‘ladi. Izlar 
o‘lchamlaridagi farqlar gilza qalpoqchasining diametri uning og‘zining 
tashqi diametridan bir oz kattaligi bilan tushuntiriladi. Ko‘p hollarda 
mog‘oza og‘zi chetlarining izlari gilzaning uzunligidan kichikroqdir.
 
57- rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin