300
13-BOB.
O‘QOTAR QUROLLARNI OTILGAN GILZALARDAGI
IZLARGA KO‘RA IDENTIFIKATSIYA QILISH
1-§. Gilzalarda iz hosil bo‘lish mexanizmi
O‘qotar qurollarni o‘qlash va ulardan o‘q otish jarayonida ishlatilgan
patronlarning gilzalarida qurolning turli qismlaridan ko‘plab izlar qoladi.
Bir dona gilzada ikki guruhga tegishli bo‘lgan izlar qolishi mumkin.
Birinchi guruhdagi izlar muayyan bir rusumdagi quroldan o‘q otilishi
jarayonida vujudga kelsa, ikkinchi guruhdagi izlar o‘qotar qurolni, hatto
bir yoki bir necha nusxadagi, bir yoki turli rusumdagi qurolni o‘qlash
yoki o‘qsizlantirish jarayonida vujudga keladi.
Turli rusum va turdagi, hatto avtomatik va noavtomatik
qurollarning
turli rusumlaridagi o‘qotar qurollarni o‘qlash va ulardan o‘q otish uchun
ishlatilgan patronlarning gilzalaridagi izlarning majmusi (yig‘indisi)
turlicha bo‘lishi mumkin. Bu turli o‘qotar qurollarning iz hosil qiluvchi
qismlariining miqdoriga bog‘liqdir. «Ochiluvchi» deb ataluvchi stvollari
silkinadigan ov miltiqlaridan o‘q otilishida ishlatilgan patronlarning
gilzalarida boyok, kolodka qalqonchasi, patrondon va ekstraktordan
izlar
qolishi mumkin. Ekstraktor va shompol bilan jihozlangan revolverlardan
o‘q otish uchun ishlatilgan patronlarning gilzalarida boyok, stvolning
orqa kesimi, baraban kamoralari va ekstraktor yoki shompoldan izlar
qolishi mumkin.
Avtomatik qurollarning ayrim turlaridan otishda ishlatilgan
patronlarning gilzalarida esa o‘qotar qurolni identifikatsiya
qilishda zarur
bo‘lgan izlar majmuasi qolishi mumkin. Otilgan gilzalarda o‘qotar
qurollardan izlar, asosan, qurolni o‘qlash, o‘q otish vaqtida va otilgan
gilzani quroldan chiqarish jarayonlarida qolishi mumkin.
Ko‘pincha kriminalistik aynanlikni aniqlash tadqiqotlarida shunday
hollar ham uchraydi: taqqoslanayotgan obyektlar shu qadar o‘xshash
bo‘ladiki, ekspertda bu obyektlar aynan bir xil degan fikr tug‘iladi.
Ammo chuqur tahlillar natijasida bu o‘xshashliklar umumiy xarakterga
ega ekanligi, obyektlar tomonlarining, alohida qismlarning xossalari
o‘zaro farqlanuvchan hamda har bir taqqoslanayotgan obyektni
alohidalashtiruvchi alomatlar majmuasini tashkil etishi ma’lum bo‘ladi.
Qurolning gilzalarda iz hosil qiluvchi qismlari takrorlanmas alohida
xususiyatga ega. Betakrorlik ishlatilayotgan
asbob yoki uskuna kesuvchi
qismining ishlov berishni boshlashdan oldin doimiy almashishi hisobiga
301
bo‘ladi. Sirtlarga ishlov berilishi, uskuna kesuvchi qismining boshqa
tomonlari bilan bajarilishi, ya’ni bir qism uchun boshqa qismi, boshqa
mexanizm yoki qism uchun esa oldingi qismga ishlov
berilgan tomonidan
boshqa bir tomoni bilan ishlov berilishi natijasida, qurolning iz hosil qiluvchi
qismlari zatvor chuqurchasi, chiqarib tashlagich, boyok, magazin lablari —
sirtlarida alohida betakror mikrorelyeflar vujudga keladi.
Shunday qilib, obyektlari soniga ko‘ra aniq bo‘lgan guruh alohida
— aniqlangan bo‘ladi va bu guruh yagona bir ishlab chiqarish manbaiga
ega deb ta’kidlash mumkin. Patronlar yasalishidagi
komponentlar
qanchalik xilma–xil bo‘lsa, guruh obyektlar va uni tashkil etuvchi-
larining soni bo‘yicha shunchalik kichik, binobarin, u kabi xususiyatga
ega guruhning vujudga kelish ehtimolligi shunchalik kichik bo‘ladi.
Ommaviy tayyorlanuvchi alohida obyektlar guruhlarining
turlichaligi va ularning vujudga kelish chastotasi haqidagi savollar
hozircha kam o‘rganilgan. Bu kabi savollarni yechish uchun obyektlar
tayyorlanadigan mahsulotlar savdo
partiyalarining shakllanish
jarayonlari texnologiyasini o‘rganish zarur. Chunki savdo partiyalari bir
necha ming obyektlardan iborat bo‘lgani uchun ularga xossalari turlicha
bo‘lgan obyektlar guruhlari tushib qolishi mumkin.
Shunday qilib, alohida, yagona buyum — bu xususiyatlari va
xossalarining yig‘indisi boshqa obyektlardan farqlanuvchi va sifat
jihatdan alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan muayyan bir obyektdir. Aniq
moddiy obyektning alohidaligi, yagonaligi kriminalistik aynanlikni
aniqlash nazariyasining asosiy ilmiy omili hisoblanadi. Alohidalik va
umumiylikning yagonaligi kriminalistik
aynanlikni aniqlashda, ayniqsa,
juda yaxshi bilinadi. Masalan, «revolver» tushunchasi birdaniga ikki xil
ma’noda, revolverlarning har bir alohida nusxasiga nisbatan umumiy va
qo‘l o‘qotar qurollariga nisbatan esa xususiy ma’noda tushuniladi.
O‘qotar qurollarning izlari otilgan gilzalarda qurolni o‘qlash, o‘q
otilishi vaqtida hamda gilzalarni patrondondan chiqarish va quroldan
uloqtirilishida hosil bo‘ladi. Qurolning tizimi, namunasi va rusumiga
bog‘liq ravishda izlarning miqdori turlicha bo‘lishi mumkin.
Otilgan gilzalarda iz hosil bo‘lish jarayonida zamonaviy qo‘l o‘qotar
qurollarida quyidagi mexanizmlar ishtirok etadi:
⎯
qurolning, patronlarni magazin (patron lentasi)dan chiqarishdan
oldingi holatga qo‘yadigan uzatish mexanizmi;
⎯
patronlarni magazin (patron lentasi)dan chiqaruvchi jo‘natish
mexanizmi (magazin jo‘natgichi);
302
⎯
qurol stvoli kanalining orqa kesimini yopadigan yopish
mexanizmi;
⎯
patronning kapsyulini ishlab ketishini ta’minlovchi urish
mexanizmi (ushbu mexanizmning asosiy qismi urgich yoki boyok
hisoblanadi);
⎯
otilgan gilza yoki patronni patrondondan chiqaruvchi chiqarib
tashlash mexanizmi (tuzilishida chiqarib tashlagich mavjud);
⎯
otilgan gilza yoki otilmay qolgan patronni quroldan uloqtirib
tashlovchi qaytarish mexanizmi (qaytargich alohida qism yoki boshqa bir
qismning turtib chiqib turuvchi qirrasi ham bo‘lishi mumkin).
Ayrim tizim, rusum va namunadagi qurollarda, otilgan gilzalarda
signal shtifti va zatvordagi chiqish tuynugi chetlaridan
ham izlar qolishi
mumkin.
Qurolda gilza yoki patronlarning harakat qilishi jarayonlarida hosil
bo‘ladigan izlarni, ushbu izlarning hosil bo‘lish ketma-ketligi bo‘yicha
qarab chiqaylik.
56- rasm.
Dostları ilə paylaş: