299
farqlarning ahamiyatini baholash lozim va buning uchun ushbu farqlar
tekshirilayotgan quroldan boshqa qurol stvoli kanali belgilarining
yig‘indisini tashkil qiladimi yoki yagona bir qurol stvoli kanali
belgilarini aks etishining turli variantlarimi, degan savollarga javob
topish lozim.
Yagona qurol stvolidan otilgan turli snaryadlardagi izlar o‘rtasidagi
farqlar bir necha sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin. Ayrim
farqlar patronlarning turli xususiyatlari hamda hodisa sodir bo‘lgan joyda
va tajribalar jarayonidagi o‘q otilishining turlicha sharoitlari hisobiga
paydo bo‘lsa, boshqalari
⎯
ko‘p ishlatilishi natijasida qurol stvoli
kanalining ichki sirtidagi o‘zgarishlar, korroziya, shuningdek hodisa
sodir bo‘lgan davr va tajribalar o‘tkazilgan davr orasida o‘tgan vaqt
oralig‘idagi turli o‘zgarishlar hisobiga paydo bo‘lishi mumkin.
Agar taqqoslash natijasida, tadqiqotga taqdim etilgan va tajribadan
olingan namuna snaryadlardagi izlarning xususiy belgilari o‘rtasida aniq
farqlar aniqlangan hamda ushbu farqlar mikrorelyef chiziq)larning
barqaror mos kelmasligi (o‘xshash emasligi) bilan ifodalansa, u holda
ayniyat yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: