mm
, tashqi diametri qurol stvoli diametridan 1,0–1,2
mm
ga kattaroq
293
bo‘lgan snaryad. Uning markazida diametri 6
mm
bo‘lgan tuynuk bo‘lib,
u orqali snaryad sterjenga maxkamlanadi va stvoldan tortib chiqariladi
1
.
Stashenkoning terilgan kartechlar snaryadi — Y
е
.I. Stashenko
tomonidan taklif etilgan terilgan kartechlardan iborat snaryadlarni
patronga jihozlash standart ov patronini jihozlash kabi bo‘ladi. Bu
snaryadlar quroldan otiladigan turga tegishlidir.
Ekspertiza amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan bu kabi snaryadlarning
biri V.F. Gu
щ
in tomonidan taklif etilgan «SG–1» rusumli snaryad bo‘lib,
vint, ajratuvchi silindr, ikkita qo‘rg‘oshin halqacha va gaykadan iborat.
Ushbu snaryadning bir turi ikki tomonidan gaykalar yordamida
mahkamlangan ikkita qo‘rg‘oshin halqachali «g‘altak»dan iborat. Bu kabi
snaryadlarning asosiy ishchi qismi bo‘lib ikkita qo‘rg‘oshin halqa
hisoblanadi. Ushbu halqalar «iz qabul qiluvchi halqalar» deb ataladi va bir-
biri bilan, qurol stvoli diametrining 1,2–2,0 diametriga teng masofada
mahkamlangan bo‘ladi. Halqalarning aynan shu masofada o‘zaro
mahkamlanishi o‘q otilishida snaryadni qurol stvoli kanalining bo‘ylama
o‘qiga nisbatan barqarorligini ta’minlaydi.
Keyinchalik V.F. Gu
щ
in «SG–2» va «SG–5» rusumli snaryadlarni
ishlab chiqdi, bunday snaryadlar uning bo‘ylama o‘qiga nuqtali kernlash
usulida mahkamlangan to‘rtta harakatlanuvchi qanotchalarga ega.
Bunday snaryad stvol og‘zida toraygan qismi mavjud qurollardan
namuna izlar olish uchun ishlatiladi. Har bir qanotcha bir uchiga
qo‘rg‘oshin mahkamlanadigan obkash, shayin, havoza (koromislo)ga
o‘xshagan bo‘ladi.
Ushbu qanotchalar prujina va kengaytiruvchi konusli yoki inersion
konusli tizim yordamida qurol stvoli kanalining devorlariga yopishadi.
Ushbu turdagi snaryadlarning kamchiligi ular tuzilishining
murakkabligidan iborat, shuning uchun amaliy faoliyatda kamroq
qo‘llaniladi.
L.F. Savran tomonidan taklif etilgan snaryadning tuzilishi sochma
o‘q bilan to‘ldirilgan qo‘rg‘oshin stakanchadan iborat, ushbu stakancha
iz qabul qiluvchi obyekt hisoblanadi. Quroldan otishda stakanchaning
tashqi sirti stvol kanali devorlariga sochma o‘qlarning bir-biridan
ajralishi kuchi hisobiga yopishadi. Stakanchalar sifatida sochma o‘qli
polietilent konteynerlar ishlatilishi mumkin. Ushbu stakancha bilan o‘q
1
Qarang:
Егоров
А
.
Г
.,
Зайцев
В
.
Ф
.
Плескачевский
В
.
М
.
Устройство
для
получения
экспериментальных
следов
канала
ствола
охотничьих
ружей
//
Экспертная
практика
. —
М
., 1985. —
Вып
. 23. –
С
.11.
294
tutgichga otish imkoni bo‘lmaganligi uchun (chunki, suv, moy va
hokazolarga urilish natijasida stakancha buzilib ketadi), tormozlovchi
qurilma sifatida parashut tavsiya etilgan. Ushbu snaryadning
kamchiliklari ham yaqqol ko‘rinib turibdi: bu uni tayyorlashning
murakkabligi, parashut materialining yirtilishlari va katta o‘lchamdagi tir
(o‘q otish xonasi yoki maydonchasi)ning kerak bo‘lishi.
Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olib, Y
е
.I. Stashenko silliq
stvolli qurol stvoli kanalining namuna izlarini olish uchun yirik
kartechlardan foydalanishni taklif qilgan. Ushbu kartechlar «terilgan
kartechlar deb ataladi va 16 kalibrli patronlar uchun 7,85
mm
li, 12
kalibrli patronlar uchun 8,5
mm
li kartechlar qo‘llaniladi.
Ushbu kelishilgan kartechlarni qo‘llab bir marta o‘q otilishida, qurol
stvoli kanali diametrining 70 % li sohasi qoplanadi, snaryad stvol kanali
devorlari bilan ta’sirlashadi. Stvol kanalining boshqa sohalari esa
ikkinchi o‘q otilishida, patronning o‘z o‘qi atrofida muayyan burchakka
burilishi natijasida qoplanib ketadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan diametrli kartech donalari qurol stvoli
kanalining og‘iz kesimida, uchtadan bo‘lib bir qatorni tashkil qiladi,
qatordagi kartechlar orasida oraliq masofa bo‘lmaydi. Patronga 9 ta
kartech
⎯
3 donadan 3 qator kartech donalari joylashtiriladi, bunda
yuqoridagi ikkinchi qatorning kartechi quyi qatordagi ikkita kartechlarga
tegib turadigan qilib joylashtiriladi. Yuqoridagi qator quyi qatorga
nisbatan 60ºS burchak ostida burilgan bo‘ladi. Har bir kartechni
muayyan rangga bo‘yaladi va raqamlanadi. Tajriba uchun to‘rtta patron
tayyorlanadi. Birinchi qatordagi kartechlarning gilzadagi holati va
patronni qurol patrondonidagi shartli belgi (masalan, soat siferblatining
12 raqami)ga nisbatan holatini qayd etib olib, tajribada ikkita patron
otiladi. Qolgan ikki patronlarni esa shartli belgi (masalan, soat
siferblatining 2 raqami)ni o‘zgartirib turib otiladi.
Otilishdan so‘ng kartechlar, raqamlari tartibida terib qo‘yiladi va
mavjud izlarning barqarorligi hamda identifikatsiya uchun yaroqliligi
aniqlanadi.
Ammo, ta’kidlash joizki, ushbu metod ham bir qator kamchiliklarga
ega: patronni tayyorlashda har snaryadni belgilash (rangga bo‘yash,
joylashtirish, raqamlash); snaryadlarning o‘rnashgan joyini otilishlardan
so‘ng aniqlash; qurol stvoli kanalining to‘liq ichki sirtini qoplash
maqsadida otilishlar sonining ko‘p talab etilishi; taqqoslash
tadqiqotlarining murakkabligi (chunki, har bir kartechni alohida
solishtirish talab etiladi).
295
«FEK–1» rusumli snaryad ushbu kamchiliklarni qandaydir ma’noda
bartaraf etish imkonini beradi. Ushbu snaryad silindr-konus shaklida
bo‘lib, yarim sferik bo‘shliqqa ega, ya’ni angishvonaga o‘xshash shaklda
bo‘ladi (54-rasm).
54–rasm.
Dostları ilə paylaş: |