Sochma o‘q (kartech) otilgan qurol stvoli kanali diametrini
o‘lchash sxemasi.
289
Qurol stvoli kanalining diametrini aniqlashda sochma o‘q va
kartechlarning deformatsiyasini ham inobatga olish zarur, ushbu
deformatsiyalar stvol kanali diametrini o‘lchashda xatolarga sabab
bo‘lishi mumkin. Ushbu xatolarni bartaraf etish uchun o‘lchashlarni bir
necha izlardan aniqlash tavsiya etiladi.
Qurolning kalibrini aniqlash uchun, hisoblash natijasida olingan
qurol stvoli kanalining diametri maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar
bilan solishtiriladi.
Qurol stvoli kanalining izlarini o‘zida aks ettirgan har sochma o‘q va
kartechdagi izlarning hosil bo‘lish yo‘nalishini aniqlash muhim ahamiyat
kasb etadi. Agar ushbu yo‘nalish hali aniqlanmagan bo‘lsa,
tadqiqotlarning hajmi sezilarli darajada ortib ketishi mumkin, chunki har
bir sochma o‘q va kartechdagi izni ikki marta — izning boshlanishi
sifatida uning bir tomonini, so‘ng esa qarama–qarshi tomonini belgilab
olib tekshirishga to‘g‘ri keladi.
Sochma o‘q va kartechlardagi izlarning boshlanishi va tugallanishi
quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanishi mumkin:
⎯
sochma o‘q va kartechlarda pij sirtining akslarining mavjudligi
(yo‘qligi)ga;
⎯
ta’sirlashish dog‘larining joylashishi, o‘lchamlari va miqdoriga
(ta’sirlashish dog‘lari qurol stvoli kanali bilan ta’sirlashgan sochma o‘q
va kartechlarning pastki, harakat yo‘nalishiga qarama–qarshi tomonga
qaragan sirtida joylashadi);
⎯
izning chetlaridagi «metall siljishi»ning kattaligiga (izning katta
o‘lchamdagi «metall siljishi»ga ega bo‘lgan cheti izning tugallanishi,
unga qarama–qarshi tomoni esa
⎯
izning boshlanishi bo‘ladi);
⎯
iz mikrorelyefining xususiyatlariga (izning, undagi chiziqlarning
kam ifodalanganlik darajasiga, ayrim hollarda esa birmuncha
sayqallangan sirtga ega bo‘lgan tomoni izning boshlanishi, kattaroq
mikrorelyefga ega bo‘lgan qarama–qarshi tomoni
⎯
izning tugallanishi
bo‘ladi);
⎯
izning to‘siq bilan urilish sohasining o‘rnashgan joyiga.
Ushbu tadqiqotlar qurol stvoli kanalining sochma o‘qlar
(kartechlar)dagi izlarini qurolni identifikatsiya qilish uchun yaroqli
ekanligini aniqlash bilan yakunlanadi.
So‘ng ekspertizaga taqdim etilgan qurolning tadqiqotlari boshlanadi.
Ushbu qurolning tizimi, rusumi, stvol kanalining holati va o‘q otilishlar
imkoniyati aniqlanadi.
290
Tadqiqotga taqdim etilgan qurolni ko‘zdan kechirishda, avvalo
uning o‘qlangan yoki o‘qlanmaganligi aniqlanadi. Qurolning
patrondonida patron yoki gilza bo‘lsa, ular chiqarib olinishi kerak.
Keyin qurolning tashqi sirti holati baholanadi, korroziya, turli
yorilish va ta’mirlash izlari mavjudligi aniqlanadi. Ko‘zdan kechirishda
qurolning turli qismlarida qon, soch, boshqa tolalar, tuproq, qum va
hokazolarning mavjudligiga alohida e’tibor beriladi, agar bunday begona
moddalar aniqlansa, ular toza paxta tamponlar yordamida olinadi.
Ekspert qurolni tashqi ko‘zdan kechirib bo‘lganidan so‘ng,
qurolning tuzilishi, qism va mexanizmlarini o‘rganishni boshlaydi.
Bunda qurolning tizimi, rusumi, kalibri va stvol kanalining hususiyatlari,
qurolning turli qismlaridagi markirovka belgilari va yorliqlarning
mavjudligi, ularning mazmuni aniqlanadi, shuningdek qurolning qism va
mexanizmlarining ishlash tartibi tekshirib ko‘riladi.
Kelgusi taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar olish maqsadida
taqdim etilgan qurolning o‘q otishga yaroqliligi aniqlanadi. Agar turli
nosozliklar (qismlarning sinishi, buzilganligi, qismlarining noto‘g‘ri
yig‘ilganligi va hokazolar) natijasida, taqdim etilgan qurol otish uchun
yaroqsiz bo‘lsa, bunday qurolni otish uchun yaroqli holga keltirish lozim.
Buning uchun taqdim etilgan qurolning buzuq qismlari almashtiriladi
yoki yetishmaydigan qismlari o‘rnatiladi, qurolning otilishiga xalal
beruvchi begona moddalar va zarrachalar olib tashlanadi. Barcha
almashtirishlar yoki yo‘q qismlarning o‘rniga boshqasi o‘rnatilganligi
bo‘yicha ma’lumotlar ekspertiza xulosasida bayon etiladi.
Qurol stvoli kanalining holatiga alohida e’tibor beriladi, turli
yorilishlar, nuqsonlar, metall ko‘chishlari va siljishlari, qurum, korroziya
va hokazolarning mavjudligi, shuningdek plastmassa, parafin va boshqa
moddalar qatlamlarining mavjudligi qayd etiladi.
Qurol stvoli kanalini ko‘zdan kechirish uchun texnoendoskop,
maxsus ko‘rish qurilmasi, optik trubka va tolali yorug‘lik o‘tkazgichli
«TOB–VS» rusumli bronxoskop kabi qurilmalardan foydalaniladi.
Bunday maxsus qurilmalar bo‘lmaganda esa qurol stvoli kanalini oddiy
oyna (ko‘zgu) bilan yoritish tavsiya etiladi. Oyna yordamida qurol stvoli
kanaliga stvolning og‘zi yoki orqa kesimi tomonidan yo‘naltirilgan
yorug‘lik nuri stvol kanalining ichki holati hamda kerakli xususiyatlarini
aniqlashga imkon yaratadi.
Taqdim etilgan qurol stvoli kanalini ikki-uch dona paxta, doka yoki
oq paxta matodan tayyorlangan tampon bilan artish lozim, chunki ushbu
291
tamponning oq fonida, stvol kanalidan chiqqan modda (qurum, porox,
moy va metall)larni o‘rganish qulay bo‘ladi. Stvol kanalidan olingan
ifloslanishlarning xususiyatlari ekspertga, ularni eksperimentlardan oldin
yo‘qotish usullarini tanlab olishga imkon beradi. Shu bilan birga stvol
kanalidan olingan moddalarni, keyinchalik «Taqdim etilgan quroldan,
uning stvoli oxirgi marta tozalanganidan so‘ng o‘q otilganmi?» degan
savolga javob berish maqsadida kimyoviy tadqiqotlar o‘tkazish uchun
olib qo‘yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |