Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Gilzada patrondon orqa kesimidan iz hosil bo‘lish



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Gilzada patrondon orqa kesimidan iz hosil bo‘lish 
mexanizmi: Iz hosil bo‘lish mexanizmi — gilzaning patrondon 
 orqa kesimidagi harakati. 
2–shakl. Chiqarib tashlagich uchun chuqurcha yuqori o‘ng tomonda 
joylashgan. Birinchi shakldagi iz bilan bir qatorda, chiqarib tashlagich 
izining chap tomonida unchalik katta bo‘lmagan iz ham kuzatiladi (6,35 
mm 
«Bayard» Modell de Poche 1923 va 1930-yil namunali 
to‘pponchalari). 
3–shakl. Chiqarib tashlagich uchun chuqurcha yuqorida joylashgan. 
Patrondon orqa kesimining aksi chiqarib tashlagich izining chap va o‘ng 
tomonlarida simmetrik holda ifodalanadi. (6,35 
mm 
Tulskiy–Korovin 
konstruksiyali (TK) va 7,65 
mm 
Stock to‘pponchalari). 
4–shakl. Ikki chuqurcha chap va o‘ng tomonlarda o‘zaro simmetrik 
joylashgan. Patrondon orqa kesimining aksi uzluksiz, gilza qalpoqchasi 
aylanasining 1/3 qismini egallaydi. (6,35 
mm 
Walther «Selbstlade pistol» 
Mod. 8 to‘pponchasi). 
5–shakl. Chap va o‘ng tomonlarda ikki chuqurcha mavjud. 
Patrondon orqa kesimining aksi ikkinchi shaklni eslatadi, ammo chiqarib 
tashlagich izining o‘ng tomonidagi izdan kaltaroq. (7,65 
mm 
Browning 
Mod. 1910 to‘pponchasi). 


 306 
6–shakl. Ikki chuqurcha chap va o‘ng tomonlarda o‘zaro simmetrik 
joylashgan, ammo ularning biri boshqasidan kattaroq. Patrondon orqa 
kesimining aksi beshinchi shakl bilan o‘xshash, ammo chuqurchaning 
quyi o‘ng tomonida unchalik katta bo‘lmagan iz sohasi mavjud (7,65 
mm 
DWM to‘pponchasi). 
7–shakl. Ikki chuqurcha yuqorida, chap va o‘ng tomonda o‘zaro 
simmetrik joylashgan. Patrondon orqa kesimining aksi uchta o‘zaro 
simmetrik qismlardan iborat. (6,35 
mm 
Steyr Mod. 1909 to‘pponchasi). 
8–shakl. Chiqarib tashlagich uchun chuqurcha yuqori chap tomonda 
joylashgan. Patrondon orqa kesimining aksi ikkinchi shakl bilan 
o‘xshash, ammo bu iz chiqarib tashlagich izining chap tomonidan 
boshlanadi (7,65 
mm 
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 3 va Mod. 4 
to‘pponchalari).
Zatvorning quyi qirrasi 
gilzaning sirtida va qalpoqchasining 
qirrasida, patronni patrondonga jo‘natishda, magazin lablari izlarining 
orasida joylashgan va gilza og‘zidan uning tubi tomonga yo‘nalgan egri–
bugri hamda g‘adir–budur izlar qoldiradi. Bu turdagi izlar barqaror 
bo‘lmagani uchun unchalik ko‘p ishlatilmaydi. Gilza tubi qirralarining 
notekisligi uchun har bir alohida o‘q otishda bu izlar turlicha aks etadi. 
Qurol jo‘natgichi (zatvor oldingi kesimining quyi qismi)
 
gilza 
qalpoqchasining qirrasida o‘zaro parallel shilinishlar yoki yoysimon 
egri–bugri shakldagi izlar qoldiradi (9 
mm 
Walther Mod. PPK (Polizei 
Pistole Kriminal) to‘pponchasi).
 
59-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin