Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Gilzada chiqarib tashlagich izining hosil bo‘lishi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Gilzada chiqarib tashlagich izining hosil bo‘lishi: 
Iz hosil bo‘lish mexanizmi — chiqarib tashlagich ilmog‘ining gilza 
qalpoqchasi, aylana ariqchasi va tubiga ta’sirlashishi. 


 307 
 
60- rasm. 
Zatvorni orqaga tortishda uning quyi qismidan iz hosil 
bo‘lishi: Iz hosil bo‘lish mexanizmi — zatvor quyi qismining 
 gilza sirtida ishqalanishi. 
Patronni patrondonga jo‘natish izlari jo‘natgich yoki zatvorning 
oldingi sirtidan gilza tubining chetlarida vujudga keladi. Bu jarayonda iz 
hosil qiluvchi jo‘natgich va zatvor kabi ikki alohida qism muayyan tizim 
va namunadagi o‘qotar qurollar uchun ularning tuzilishidagi zarur 
bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Avtomatikasi ozod zatvorning qaytishiga 
asoslangan tizimdagi qurollarning ko‘plarida, patronni patrondonga 
jo‘natish zatvorning quyi sirti bilan amalga oshiriladi. Ammo ba’zi bir 
alohida tizimdagi qurollar patronni patrondonga uzatuvchi zatvorning 
maxsus (bir yoki ikkita turtib chiqqan qirralar) alohida qismiga ega. 
Patronni uzatishning turli usullari hosil bo‘layotgan izlarda albatta 
o‘z aksini topadi. Jumladan, patron jo‘natgich bilan uzatilayotgan bo‘lsa, 
u holda gilza tubining chetida ikki — statik va dinamik (ishqalanish) 
qismdan iborat iz vujudga keladi. Patronning zatvor bilan uzatilishida esa 
faqat dinamik iz vujudga keladi. Izlarning statik qismlari odatda yaxshi 
aks etmaydi, ammo ba’zi hollarda ta’sirlashayotgan qismning sirtini to‘la 
ifodalashi mumkin. Jo‘natgichdan hosil bo‘luvchi izlarning dinamik 
qismlari egri-bugri chiziqlar shaklida bo‘ladi va bu qismning sirtidagi 
notekisliklar bilan ta’sirlashish natijasida vujudga keladi. 
Qurol chiqarib tashlagichi va gilza ushlagichning birlamchi izlari 
muhim ahamiyatga ega. Ushbu izlar chiqarib tashlagich ilmog‘i va gilza 
tutgichni gilza qalpog‘ida ishqalanib harakat qilishi natijasida hosil 
bo‘ladi hamda ishqalanish (ariqchalar, bo‘rtiqlar) ko‘rinishidagi dinamik 
izlar hisoblanadi. Patronni qurol patrondoniga to‘liq kirishida chiqarib 
tashlagich ilmog‘i gilzaning qalpoqchasi orqasiga yoki gilzada aylana 
ariqcha ichiga o‘tib qoladi.


 308 
Chiqarib tashlagich va gilza ushlagich 
patronni patrondonga 
jo‘natishda gilzaning aylanma ariqchasining oldingi chetida va 
qalpoqchasining qirrasida egri-bugri chiziqlardan iborat birlamchi izlar 
hosil bo‘ladi. Izlarning hosil bo‘lish mexanizmi barqaror. Gilzalarni 
patrondondan chiqarib olishda (ekstraksiyalashda) va uni quroldan 
tashqariga chiqarib tashlashda (qaytarishda) aylanma ariqchaning 
devorlarida va gilza qalpoqchasining chetida chiqarib tashlagich 
ilmog‘ining shaklini aks ettiruvchi ikkilamchi statik hajmiy izlar hosil 
bo‘ladi. Chiqarib tashlagich ilmog‘ining shakli, o‘lchamlari qurollarning 
alohida nusxalarini farqlash imkonini beradi. Bu izlar hosil bo‘lishi 
unchalik barqaror bo‘lmagani uchun bir xil turdagi va namunadagi 
qurollardan otilgan gilzalardagi izlar bo‘yicha ularni o‘zaro taqqoslash 
imkoni yo‘q. Qurollar chiqarib tashlagichlarining miqdori, chiqarib 
tashlagich ilmog‘ining patrondon orqa kesimi markaziga nisbatan 
joylashishi, ilmoqning shakli va kengligi bo‘yicha tasniflanadi. Ko‘plab 
qurollar bitta chiqarib tashlagichga ega. Qurollarning ba’zi rusumlari 
umuman chiqarib tashlagichga ega emas (6,35 
mm 
fransuz cho‘ntak 
to‘pponchalari), gilzalarni chiqarib tashlash esa bu qurollarda porox 
gazlari energiyasining qaytishi hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek 
ikki chiqarib tashlagichga ega namunalar ham uchraydi (6,35 
mm 
Dreyse 
to‘pponchasi). 
Patrondon orqa kesimining markaziga nisbatan chiqarib tashlagich 
quyidagicha joylashishi mumkin: yuqorida (6,35 
mm 
TA to‘pponchasi, 
7,63 
mm 
Mauser Mod. 1908 to‘pponchasi); yuqori o‘ngda (6,35 
mm 
Bro-
wning «Baby», Bayard Modell de Poche 1923 va 1930 to‘pponchalari); 
o‘ngda (6,35 
mm 
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 7 to‘pponchasi; 7,65 
mm 
Sauer Mod. 1913 to‘pponchasi); quyi o‘ngda (9 
mm 
SP 47/8, Radom 
(VIS–35) to‘pponchasi, chapda (kam uchraydi); yuqori chapda (7,65 
mm 
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 3 va Mod. 4, Walther Mod.1938 (P 38) 
to‘pponchalari; ikkita chiqarib tashlagich (6,35 
mm 
Dreyse 
to‘pponchasi). 
Chiqarib tashlagichning shakli uning ilmog‘i yon qirralarining 
uzunligi va ishchi sirtining konfiguratsiyasi bilan aniqlanadi. Chiqarib 
tashlagich ilmog‘ining quyidagi asosiy shakllari mavjud: tekis yon qirrali 
va chiziqli to‘g‘ri burchakli ishchi sirtli ilmoq (6,35 
mm 
Walther 
«Selbstlade pistol» Mod. 7 to‘pponchasi); bir yon qirrasi boshqasidan 
katta va ishchi sirtining chizig‘i to‘g‘ri bo‘lgan terapetsiyasimon ilmoq 


 309 
(6,35 
mm 
Mauser WTR Mod. II to‘pponchasi); botiq yoysimon ilmoq. 
Ilmoq ishchi sirtining chizig‘i yoysimon shaklda (6,35 mm Beretta 
to‘pponchasi); ishchi sirt chizig‘i qabariq yoy shaklida bo‘lgan, qabariq 
yoysimon ilmoq (6,35 
mm 
«Jieffeco» (Melior) to‘pponchasi, «Savage» 
cal. 38 Mod. 1917 to‘pponcha). 
Qurolning guruhiy taalluqliligini aniqlashda izlar ilmoqning shakli 
va o‘lchamini aks ettirgani uchun chiqarib tashlagich ilmog‘ining gilza 
qalpoqchasi chetida va aylana ariqchaning oldingi chetida hosil bo‘lgan 
izlari katta ahamiyatga ega. 
Chiqarib tashlagich ilmog‘ining quyidagi shakli mavjud bo‘lishi 
mumkin: 
birinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich 
ilmog‘ining yon qirralari tugash uchlarining zatvor oldingi kesimdan 
taxminan bir xil masofada joylashishida vujudga keladi. Izning shakli 
segmentsimon (6,35 
mm 
TK to‘pponchasi, 7,65 
mm 
Sauer Mod. 38 (H) 
to‘pponchasi);
ikkinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich 
ilmog‘ining quyi chap yoki o‘ng tomonda joylashishida, ya’ni ilmoqning 
yuqori yon qirralari zatvorning oldingi kesimidan ilmoqning quyi yon 
qirralariga qaraganda ko‘proq chetlashganda vujudga keladi. Izning 
shakli gilzaning otilish vaqtida patrondonda joylashishida, o‘tkir 
burchagi pastga qaragan to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklli bo‘ladi (9 
mm 
SP 47/8 to‘pponchasi); 
uchinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich 
ilmog‘ining yon qirralari yuqori chap yoki o‘ng tomonda, ilmoqning 
quyi yon qirralari zatvorning oldingi kesimidan ilmoqning yuqori yon 
qirralariga qaraganda ko‘proq chetlashgandagi joylashishida vujudga 
keladi. 
Izning shakli gilzaning otilishi vaqtida patrondonda joylashishida, 
o‘tkir burchagi yuqoriga qaragan to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklda 
(7,65 
mm 
Walther Mod. PP to‘pponchasi); 
to‘rtinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich 
ilmog‘i yon qirralarining tugash uchlari zatvorning oldingi kesimidan 
turli masofalarda joylashishida vujudga keladi. Izning shakli to‘g‘ri 
burchagi gilzaning chetida joylashgan to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak yoki 
terapetsiyasimon shaklda (6,35 
mm 
Browning «Baby», Walther 
«Selbstlade pistol» Mod. 8 to‘pponchalari); 


 310 
beshinchi — iz shakli chiqarib tashlagich ilmog‘ining botiq 
yoysimon shaklida hosil bo‘ladi. Iz botiq yoysimon shaklga ega (6,35 
mm 
«Star» Mod. Co to‘pponchasi, 9 
mm 
Beretta Mod. 1934 
to‘pponchasi); 
oltinchi — iz shakli chiqarib tashlagich ilmog‘ining qabariq 
yoysimon shaklida hosil bo‘ladi. Iz qabariq yoysimon shaklga ega (7,65 
mm 
Sauer Mod. 1930 to‘pponcha, «Savage» cal. 38 Mod. 1917 
to‘pponcha). 
Ushbu izlar barqaror, yaxshi ifodalangan va identifikatsiya uchun 
yaroqli bo‘ladi. 
O‘q otilishi vaqtida hosil bo‘ladigan izlar 
o‘q otish amalga 
oshirilganligini tasdiqlaydi va yuqori identifikatsion ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
Qurol boyogi (urgichi)ning izi otilgan gilzada har doim mavjud 
bo‘ladi va o‘qning otilish holatini shubhasiz tasdiqlaydi.
 
61- rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin