311
bo‘ladi. Yonbosh jang va halqasimon jang patronlarini otishga
mo‘ljallangan qurollar boyogi (urgichi)
izining shakli yarim dumaloq,
kvadrat va hokazo bo‘ladi hamda izning tubi yassi shaklda bo‘ladi.
Ishlash prinsipi stvolning qisqa yurishiga asoslangan o‘qotar
qurollarda (TT, 1935-yil namunali «Browning», 1911-yil namunali
«Colt» rusumli to‘pponchalari va boshqalar), stvolning
biroz silkinishi
natijasida, qurolning boyogi (urgichi) gilza kapsyulida qo‘shimcha
ishqalanish izlarini hosil qiladi (62-rasm).
62–rasm.
«Tulskiy–Tokareva — TT» rusumli to‘pponcha boyogi
(urgchi)ning gilzadagi izi.
Boyok (urgich)ing yuqoridagi kabi dinamik izi silliq stvolli ov
miltiqlaridan o‘q otilishida, qurol stvoli kanali ochilganda qurolning
boyogi (urgichi) chetki oldingi holatda turgan bo‘lsa ham hosil bo‘lishi
mumkin. Boyok (urgich) izlarining shakli yetarlicha
ifodalangan,
ularning o‘lchamlari va belgilarining aks etishi barqaror hamda
idenifikatsiya uchun yaroqli bo‘ladi. O‘tkazilgan
tajribalar natijalaridan
ma’lum bo‘lishicha, boyok (urgich) izlarining mikrorelyefi, qurollardan
1000 va undan ko‘proq o‘q otilganidan so‘ng
ham qurolni identifikatsiya
qilish imkonini bera oladi.
Porox gazlari bosimining gilza tubiga ta’sirida uning kapsyuli zatvor
chuqurchasi (ov miltiqlarida — kolodka qalqonchasi)ga katta kuch bilan
siqiladi (yopishadi) va buning natijasida zatvor chuqurchasi (kolodka
qalqonchasi) sirti mikrorelyeflarini aks ettiruvchi statik izlar hosil
bo‘ladi. Zatvor chuqurchasining
izlari ayrim hollarda gilzada, kapsyuling
atrofida ham joylashishi mumkin.
Zatvor chuqurchasi gilza tubida (kapsyulda) turli xil egri va to‘g‘ri
chiziqlar shaklidagi va qurol qismlarining zavodda ishlov berilganligiga
bog‘liq ravishda markazga nisbatan turlicha joylashgan izlar qoldiradi.
Bu izlar
chiziqli, konsentrik (to‘plangan) va yoysimon chiziqlarga
312
ajraladi. Agar zatvor chuqurchasi juda katta e’tibor bilan sayqallangan
bo‘lsa bu izlar vujudga kelmaydi.
63– rasm
.
Dostları ilə paylaş: