326
Taqdim etilgan gilza tegishli bo‘lgan
patroning turi va namunasini,
ushbu gilzaning tuzilishi va ishlab chiqarilishiga oid belgilariga ko‘ra
aniqlanadi: yondiruvchi tarkibning gilzada joylashishi; gilzaning shakli,
o‘lchamlari va og‘irligi; gilzada aylana ariqcha, qalpoqcha va
kanelyuraning mavjudligi; gilza korpusi va markaziy jang patronlarida
kapsyullarning materiali; o‘qning
gilzada mahkamlanish usuli; gilza
tubida markirovka belgilarining mavjudligi va ularning mazmuni hamda
korroziyaga qarshi laklarning rangi.
Gilzaning shakli uning korpusining tuzilishiga: silindrsimon,
butilkasimon, konussimon (silindr-konussimon) ko‘ra aniqlanadi.
Silindrsimon gilzalar asosan to‘pponchalar, revolverlar, kichik kalibrli va
ov patronlarida; butilkasimon – vintovka, oraliq, ba’zi to‘pponchalar
patronlarida; konussimon (silindr–konussimon)
⎯
1895-yil namunali
«Nagan (Nagant)» revolverining patronlarida ishlatiladi.
Tadqiqot jarayonida butilkasimon shakldagi
gilzalarning oldi qismi
biroz shishib qolishi oqibatida ularning shakli silindrsimonga o‘zgarib
qolishi mumkinligini inobatga olish zarur. bunday holat o‘qotar quroldan
noshtat patronlar otilganda kuzatiladi. Masalan, 9
mm
kalibrli R–08
rusumli to‘pponchadan 7,62
mm
kalibrli to‘pponcha patronini otishda
ushbu holat yaqqol kuzatiladi (65-rasm). Undan tashqari, 1895-yil
namunali «Nagan (Nagant)» revolveridan o‘q otilishida konussimon
(silindr–konussimon) shakldagi gilza, revolver barabani kamorasiga
moslashib, silindrsimon shaklga kelib qoladi.
Patronlarning gilzalari o‘lchamlariga ko‘ra to‘g‘ri va yetarli
aniqlanishi mumkin. Shuning uchun otilgan
gilzalarning turi va
namunasini aniqlash uchun ularni o‘lchamlarini aniq o‘lchash shart.
65-rasm.
Dostları ilə paylaş: