333
tekshirilayotgan qurollarning va berilgan gilzalar bilan otilgan qurolning
umumiy (tuzilish jihatdan) va ba’zi bir xususiy (ishlab chiqarish va
ekspluatatsion) belgilarining mos kelishi hisobga olinadi.
Tadqiqotlarning ushbu bosqichida mikroskopik texnika (taqqoslash
mikroskoplari)dan foydalaniladi. O‘rganilayotgan izning (statik va
dinamik) turiga bog‘liq ravishda taqqoslashning u yoki bu turlaridan
foydalaniladi.
Taqqoslash umumiy metodika asosida amalga oshiriladi, ya’ni avval
izlardagi umumiy belgilar, ularning mavjudligi va o‘zaro
joylashishi
solishtiriladi. Izlarning konturi va o‘lchamlariga alohida e’tibor beriladi.
Namuna va tadqiqotga taqdim etilgan gilzalardagi izlarning umumiy
belgilarini o‘zaro mos kelishi (o‘xshashligi) taqqoslash tadqiqotlarining
keyingi
bosqichi
⎯
izlardagi xususiy belgilar (izlarning mikrorelyefi)ni
solishtirish bosqichini boshlash uchun asos bo‘ladi.
Qurollarning ba’zi bir qismlarining gilzadagi izlarini taqqoslash
mikroskoplari MSK
⎯
1, MS
⎯
51, MIS
⎯
10 va «Peleng» rusumli
taqqoslovchi mikroskoplar orqali tekshirish mumkin. Gilzalarning
tubidagi, kapsyulidagi va sirtidagi izlarni tekshirishda bu izlar taqqoslash
mikroskopi obyektivining optik o‘qiga tik holatda turadigan qilib
o‘rnatiladi. Buning uchun taqqoslovchi mikroskoplarda gilzatutkichlar
mavjud. Mikroskop okulyarining bir qismida bir gilza,
ikkinchi qismida
ikkinchi gilzadagi izlar ko‘rinadi. Bir vaqtda ikkita gilza tubi yoki
korpusidagi izlarga yoritqich nurlari tik holatda yo‘naltiriladi.
Avvalo
qurol biror qismining ikkita tajribadan olingan gilzalardagi izlari
solishtiriladi, keyin ustma-ust tushiriladi. So‘ng gilzalardan
biri taqdim
etilgan gilza bilan almashtiriladi va barcha jarayon takrorlanadi. Agar
mos kelish va o‘xshashliklar aniqlansa, ular fotosuratga olinadi.
Qurolning gilzadagi izlarini solishtirib va ustma-ust tushirib bir xil izlar
va ularning konturlari, shuningdek, alohida elementlari ham
taqqoslanadi.
Bir xil izlarning mikrorelyeflarini solishtirish
va ustma-ust tushirib,
bosilish izlaridagi (66-rasm) relyefli notekisliklar (bo‘rtiq va
chuqurliklar)ning konturi va o‘lchamlari, chiziqlarning miqdori va
kengligi, ular orasidagi masofalar taqqoslanadi (67-rasm). Tadqiqot
jarayonida gilzada mavjud izlarning barcha yig‘indisi taqqoslanadi.
Boshqacha aytganda, gilzadagi bir xil izlarning o‘xshashligi yoki farqlari
aniqlanganidan so‘ng, boshqa turdagi bir xil izlarni taqqoslashga o‘tiladi.
Qurolning faqat bir qismidan qolgan izlarni
taqqoslash bilan
334
chegaralanmaslik kerak, chunki bu xol xato xulosalar chiqarishga olib
kelishi mumkin. Qurolning qismlari ko‘p ishlatilishi va noto‘g‘ri
saqlanishi ta’sirida o‘zgarishi yoki ataylab o‘zgartirilishi mumkinligini
esdan chiqarmaslik darkor. Undan
tashqari, qurolning ko‘plab qismlari
oson almashtirilishi mumkin, masalan: urgich, chiqarib tashlagich
ilmog‘i va boshqalar.
66-rasm.
Dostları ilə paylaş: