336
mos tushadigan qilib surati ustiga qo‘yiladi. Ustma-ust tushirilgan
applikatsiyalarni mahkamlab (masalan, skrepkalar yoki yelim
yordamida) fotojadvalga joylashtirish mumkin. Bu jarayonda
fotsuratlarning masshtablari bir xil bo‘lishi katta ahamiyatga egadir.
Izlarning relyeflari xarakteristikalarini o‘rganish va ularni
solishtirish uchun profillarni tadqiq etishning optik, fotoelektrik yoki
shupli metodlari qo‘llaniladi. Bulardan eng ko‘p ishlatiladigani replika
— deb ataluvchi izlarning polimer nusxalari ko‘ndalang kesimining
optik tadqiqotidir. Izlarning nusxalarini K-5 silikon pastasini 18-sonli
kaprilat katalizatori bilan aralashmasidan tayyorlash mumkin. Izlarni
yonbosh nusxalarini olish uchun tayyorlangan aralashmali moddani,
undagi izlarning chiziqli elementlariga perpendikular yo‘nalishda o‘tkir
kesuvchi buyum bilan kesiladi. Kesib olingan qatlamning qalinligi 0,3 —
0,6
mm
bo‘lishi kerak. Qatlamni bir kesilgan tomoni bilan fiksaj bilan
ishlov berilgan fotoplastinkaning nam emulsiyasiga qo‘yiladi va
yelimlanadi. Solishtirilayotgan izlarning nusxalarini kesib olingan
qatlamlarini taqqoslovchi mikroskoplar yordamida tekshiriladi. Kesib
olingan qatlamlarning optik yoki fotografik tasvirlarida alohida
notekisliklar va ular orasidagi masofalarni solishtirish va taqqoslash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: