3-§. O‘qotar qurol o‘rinbosar patronlarining gilzalaridagi
izlarga qarab identifikatsiya qilish xususiyatlari
O‘qotar qurollardan otishni shtatli patronlardan tashqari yana turli–
tuman, o‘rinbosar patronlar deb ataluvchi patronlardan ham amalga
oshirish mumkin. O‘rinbosar patronlar orasida noshtat patronlarni, ya’ni
sanoatda tayyorlangan, lekin shu patronlar mo‘ljallangan quroldan otish
uchun emas, balki boshqa qurollardan otish uchun ishlatiladigan
patronlarni va qo‘lbola usulda yasalgan patronlarni uchratish mumkin.
Otish uchun o‘rinbosar patronlardan foydalanish, jinoyatchilarda shtatli
patronlarning yo‘qligidan darak beradi. Amaliyotdan ma’lumki, ba’zi bir
hollarda o‘rinbosar patronlar tergov harakatlarini adashtirib yuborish
maqsadida ham ishlatiladi. Otish uchun o‘rinbosar patronlar
ishlatilganda, gilzalar va o‘qlarda, shuningdek qurol stvol kanalida, ko‘p
hollarda otishlar o‘rinbosar patronlardan amalga oshirilganligini bildirib
turuvchi belgilar va alomatlar saqlanib qoladi. Bu izlarga qarab otish
aynan shunday patronlar bilan bajarilganligini aniqlashning imkoni
bo‘ladi.
Gilzalarda o‘rinbosar patronlar bilan otishdan qoladigan izlar.
Otish uchun ishlatiladigan o‘rinbosar patronlar quyidagicha bo‘lishi
mumkin: otishlar amalga oshirilgan qurol stvol kanali kalibridan kichik
kalibrda, stvol kanali kalibridan katta kalibrda, stvol kalibri bilan bir xil
kalibrda bo‘lishi mumkin. O‘rinbosar patronlar bilan avtomatik quroldan
otilganda, odatda, bu patronlarning o‘lchamlari avtomatik qayta
o‘qlashlarni amalga oshirishga imkon bermagani uchun avtomatik o‘q
otishning imkoni bo‘lmaydi, balki faqat donalab o‘q otish mumkin
bo‘ladi. Har bir otishda patrondonga patron qo‘lda uzatiladi, ya’ni qurol
qo‘lda o‘qlanadi.
Qurol stvoli kanali kalibridan kichik kalibrdagi patronlar bilan
otishdan qoladigan izlar.
Ekspertiza amaliyotida ko‘pincha 1930-yil
340
namunali to‘pponcha patronlar bilan 9
mm
kalibrli Borchardt–luger Mod.
1908 (P 08), Radom (VIS–35), Walter Mod. 1938. to‘pponchalaridan
otish hollari uchrab turadi. Otish jarayonida har bir patron stvolga qo‘lda
joylashtiriladi, chunki patronlar mag‘ozaga sig‘magani uchun, ularni
avtomatik uzatishning imkoni yo‘q. Bu to‘pponchalarning patrondoni
yuqorida aytilgan patronlarni otish uchun mo‘ljallangan 1930/33-yil
namunali 7,62
mm
kalibrli TT to‘pponchasiga qaraganda kaltaroq,
shuning uchun patronni patrondonga joylashtirganda, gilzaning og‘zi
stvol o‘q kirish joyiga va qisman narezli qismiga ham kirib qoladi. 1930-
yil namunali patron gilzasi sirtining diametri esa yuqorida aytilganlar
to‘pponcha patrondoni diametri bilan teng. 1930-yil namunali
to‘pponcha patronlari bilan 9 mm kalibrli harbiy to‘pponchalardan otish
izlari quyidagilar:
1. Gilzaning og‘iz qismi eziladi va gilza butilkasimon emas, balki
silinrsimon shakl egalaydi. Shuning uchun gilza og‘iz qismining yorilishi
kuzatiladi.
2. Gilzaning og‘iz qismida narezlar maydonining izlari mavjud
bo‘lishi mumkin (patron qaysi quroldan otilgan bo‘lsa, shunga mos
ravishda narezlarning miqdori, kengligi va og‘ishi kuzatiladi). Bunday
hollarda gilzaning og‘iz qismi yumaloq emas, balki ko‘p burchakli
shaklga ega bo‘ladi. Stvol kanali kalibridan kichik kalibrli patronlar bilan
otishning boshqa hollaridan, amaliyotda 7.65
mm
kalibri cho‘ntak
to‘pponchalaridan 6.35
mm
kalibrli Browning standart patronlari otish
holatlari uchraydi. Bu holda stvol patrondonida patron mustahkam
joylashishi uchun gilzaning sirti qog‘oz bilan o‘raladi. Bunday
patronlarning otilgan gilzalarida ya’ni ularning sirtida patrondondan,
chiqarib tashlagich ilmog‘idan va qaytargichdan qolgan izlar
kuzatilmaydi, chunki otilgan gilza avtomatik ravishda chiqarib
tashlanmaydi.
Qurol stvoli kanali kalibridan katta kalibrdagi patronlar bilan
otishdan qoladigan izlar.
Stvol kanali kalibridan katta kalibrdagi
patronlar bilan otish hollari amaliyotda kam uchraydi. Buning sababi
shuki, stvol kanalidan katta kalibrdagi patronlar bilan otishda qurol stvoli
yorilib ketadi degan tushunchaning mavjudligidir. Lekin shunga
qaramay, 9
mm
kalibrli Borchardt–luger P 08 standart patronlar bilan
7,62
mm
kalibrli 1930/33-yil namunali TT to‘pponchasidan otish hollari
uchragan. Bu patronning sirti diametri ushbu to‘pponcha patrondoni
diametri bilan teng, shuning uchun patron patrondonga bemalol kirishi
mumkin.
341
Qurol stvoli kanali kalibri bilan teng kalibrdagi patronlar bilan
otishdan qoladigan izlar. Stvol kanali kalibri bilan teng kalibrdagi
patronlar otish ekspertiza amaliyotida uchrab turadi. Masalan, 1930-yil
namunali to‘pponchalar patronlari bilan Nagan (Nagant) revolveridan
otish holatlarini olib qaraylik. Buning uchun revolver barabani
kamoralarining tuynugi kengaytirilgan yoki patronlar gilzasining sirti
o‘zgartirilgan, chunki 1930-yil namunali patronlarning butilkasimon
gilzasining devorlari anchagina qalinlikka ega va ularni buzmasdan
qalinligini olib tashlash va tashqi diametrini o‘zgartirish mumkin. 1930-
yil namunali patronlar bilan baraban kamoralari kengaytirilgan
revolverdan otishda, gilzaning og‘iz qismi eziladi va butilkasimon gilza
silindrsimon shaklga kiradi. Gilzaning sirtida ba’zida, baraban
kamorasining kengaytirish izlarining belgilari ifodalanadi. Gilzaning
og‘iz qismi stvolning orqa qismiga kirmaydi, shtatli patronlar bilan
otishda esa gilzaning og‘iz qismi stvolning orqa qismiga kirib turadi.
Buning natijasida patron o‘qining sirtida, o‘qning stvol kanali orqa
qismiga urilish oqibatida qolgan shilinishlar va ishqalanish izlari qoladi.
Gilzalarda qo‘lbola usulda yasalgan patronlar bilan otishda qolgan
izlar.
Qo‘lbola usulda patronlar yasash uchun gilzalar, o‘qlar, kapsyullar
va poroxlar ishlatiladi. Ko‘pincha turli namunadagi patronlarning turli
qismlari yoki gilza va o‘qlarning ayrim qismlari ishlatiladi, masalan,
gilzalar va o‘qlarni qirqib kichraytirib ishlatiladi. Nagan (Nagant)
revolverining patroni kalta qilib qirqilib 7.65
mm
kalibrli cho‘ntak
to‘pponchalari uchun patronlar tayyorlanadi.
Xulosa qilib aytganda, ko‘pincha o‘q otilgan qurolning
identifikatsiya qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki u
muayyan shaxslarning ushbu jinoyatlardagi ishtirokini isbotlash
imkonini beradi. Bu, shuningdek, jangovar patronlar va boshqa o‘q-
dorilarning identifikatsiya qilishga ham tegishlidir.
Kriminalistik aynanlikni aniqlash tadqiqotlarida taqqoslanayotgan
obyektlar shu qadar o‘xshash bo‘ladiki, bir qarashda ekspertda bu
obyektlar aynan degan fikr tug‘iladi.
Ammo chuqur tahlillar natijasida bu o‘xshashliklarning umumiy
xususiyatga ega ekanligi, obyektlar tomonlarining, alohida qismlarning
xossalari o‘zaro farqlanuvchi hamda har bir taqqoslanayotgan obyektni
alohidalashtiruvchi alomat majmusini tashkil etishi ma’lum bo‘ladi.
Aytish joizki, ekspertizaga taqdim etilgan qurolni otilgan o‘qlardagi
izlarga ko‘ra identifikatsiya qilishda bir qator usullar yig‘indisi: kuzatish,
o‘lchash va hisoblash, ta’riflab yozish, tajribalar hamda asosiy usul
342
sifatida taqqoslash qo‘llaniladi. Agar tadqiqotga qurol taqdim etilmagan
bo‘lsa, tajribalar o‘tkazilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |