362
diametrlari orasidagi farqlar ham o‘q otilishidan hosil bo‘lgan
mahsulotlarning harakatiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki snaryad sirti bilan
stvol kanali devorlari orasida oraliq masofaning mavjudligi porox
gazlarining qurol stvoli kanalidan tez chiqib ketishiga sabab bo‘ladi;
—
qurol stvoli og‘iz kesimi bilan to‘siqqacha bo‘lgan masofa.
Porox
gazlari oqimining tuzilishi va zichligi turli sohalarda turlicha bo‘ladi hamda
qurol stvoli kanali og‘iz kesimidan uzoqlashgan sari o‘zgarib boradi.
Qurumlanish sohasining maydoni o‘q otilishi masofasi ortishi bilan ken-
gayib boradi, ammo qurumning rangi va to‘yinganligi (zichligi) kamayadi;
—
to‘siqda porox zarrachalarining o‘tirib qolishi
unga
yaqin
masofadan o‘q otilganligini anglatuvchi muhim tashxisiy (diagnostik)
belgi hisoblanadi. Porox gazlari oqimi bilan qurol stvolidan uchib
chiqqan yonmagan yoki chala yongan porox zarrachalari
yoxud ularning
bo‘laklari dastavval
birgalikda harakat qiladi, so‘ng
esa konussimon
shaklda sochilib ketadi. O‘q otilishi jarohatining atrofida porox
zarrachalari sochilishlar shaklida kuzatiladi (73-rasm).
73-rasm.
Dostları ilə paylaş: