Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. O‘q otilishining jarohatlovchi omillari



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

2-§. O‘q otilishining jarohatlovchi omillari. 
O‘q otilishining asosiy va qo‘shimcha izlari 
O‘qotar qurollardan o‘q otilishida, shikastlangan obyekt (nishon, 
to‘siq), o‘q otilishi hodisasi bilan vujudga keladigan bir qator omillar 
ta’siriga uchraydi. Maxsus adabiyotlarda ushbu omillar o‘q otilishining 
jarohatlovchi omillari deb ta’riflanadi. 
O‘q otilishidan shikastlangan obyektdagi jarohatlovchi izlarning 
sifati va miqdoriy tarkibi, o‘q otilishi yuz berayotgan sharoitlar (o‘q otish 
masofasi, o‘qotar qurol turi, otilayotgan snaryad va porox gazlari 
oqimining energetik xususiyatlari va hokazolar)ga bog‘liq bo‘ladi hamda 
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning ekspertizasi predmetini 
aniqlaydigan bir qator savollar majmuasini hal qilish uchun xizmat 
qiladi. 
Obyekt (nishon, to‘siq)ni shikastlashda otilgan snaryadning muhim 
ahamiyatini inobatga olib, otilgan snaryadning obyektga (nishonga, 
to‘siqqa) jarohatlash jarayonini 
o‘q otilishining asosiy omili
, snaryadning 
otilish jarayoniga qo‘shimcha bo‘lgan boshqa barcha omillarni esa 
o‘q 
otilishining qo‘shimcha omillari 
deb ataladi. 
O‘q otilishining qo‘shimcha omillari sirasiga 

porox gazlari oqimi 
va uning tarkibiga kiruvchi element (modda)larni obyekt (nishon, 
to‘siq)ga 
mexanik, termik (issiqlik) va kimyoviy 
ta’sirlarini ham kiritish 
lozim. O‘qotar qurolni obyekt (nishon, to‘siq)ga taqab turib o‘q 
otilishida, qurol stvoli kanalining og‘iz kesimi ushbu obyekt (nishon, 
to‘siq)ga mexanik ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqorida ta’kidlanganlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: o‘q 
otilishining asosiy omillari — 
o‘q otilishining asosiy izlarini
, o‘q 
otilishining qo‘shimcha omillari esa — 
o‘q otilishining qo‘shimcha 
izlarini 
shakllantiradi. 


 351 
O‘q otilishining asosiy izi 
o‘q tekkan obyekt (to‘siq, nishon)lardagi 
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat bilan ifodalanadi. Otilgan snaryad 
tomonidan o‘q tekkan obyekt (to‘siq, nishon)ga shikast yetkazish 
darajasiga ko‘ra «ochiq», «yopiq» va «urinma» jarohatlar ajratiladi. 
Otilgan snaryad o‘q tekkan obyekt teshib o‘tib ketganda, obyektda 
ochiq jarohatlar 
hosil bo‘ladi. Bunda o‘q tekkan obyektning qurol stvoli 
kanali og‘iz kesimiga qaragan tomonida tekisligida 
«kirish»
, uning 
qarama-qarshi (orqa) tomonida esa — 
«chiqish»
teshiklari vujudga 
keladi. Kirish va chiqish teshiklari 
jarohat kanali 
bilan tutashadi. O‘q 
tekkan obyektning qalinligiga bog‘liq ravishda jarohat kanali yaxshi 
ifodalangan (muayyan uzunlikka ega, chuqurligi mavjud) yoki rasman 
ifodalangan (chuqurligi mavjud emas, masalan turli matodan 
tayyorlangan kiyimlar jarohatlanganida) bo‘lishi mumkin. 
«Yopiq» jarohatlar otilgan snaryad o‘q tekkan obyektni teshib kirib, 
uning ichida qolib ketgan hollarda vujudga keladi, ya’ni yopiq 
jarohatlarda kirish teshigi va jarohat kanali bo‘ladi, ammo chiqish teshigi 
bo‘lmaydi. Shu bilan birga, ayrim yopiq jarohatlarning hosil bo‘lish 
mexanizmi sharoitlari otilgan snaryadni, ushbu snaryad o‘zi hosil qilgan 
jarohatlardan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Urinma 
o‘q otilishidan olingan jarohatlar otilgan snaryadni o‘q 
tekkan obyektning yon sirti bilan ta’sirlashish natijasida hosil bo‘ladi. 
Bunda snaryad to‘siqqa sayoz botishi mumkin. Oddiy ko‘z bilan 
ko‘rilganda, ushbu turdagi jarohat kirish sohasi, ochiq jarohat kanali va 
chiqish sohasidan iborat egatcha shakliga ega bo‘ladi, boshqacha 
aytganda otilgan snaryad to‘siqqa tegib o‘tadi (rikoshet). 
O‘qotar quroldan otilgan snaryad obyekt (to‘siq, nishon)ga mexanik 
ta’sir ko‘rsatadi va bevosita 
o‘q otilishi jarohatini
, shuningdek snaryad 
yon sirtlari kirish teshigining chet sohalariga ishqalanishi va snaryadni 
qoplab olgan qatlam (qurum, miltiq moyi va boshqa)lar hisobiga 
ishqalanish halqasi 
(poyasok obtiraniya)ni hosil qiladi. 
O‘q otilish jarohatining morfologik xususiyatlari 
(tashqi tuzilish 
belgilari) quyidagilar bilan ifodalanadi:
 
— snaryadning tuzilish xususiyatlari (snaryadning turi, materiali, 
kalibri, og‘irligi, uzunligi, qobig‘i va asosining mavjudligi, bosh 
qismining shakli; snaryadning to‘siq bilan uchrashganda va uni teshib 
o‘tishidagi deformatsiyalanish va parchalanish qobiliyati, snaryadning 


 352 
trayektoriyada harakatidagi va obyektni jarohatlashi jarayonidagi 
barqarorligi (beqarorligi) kabi xususiyatlari) bilan; 
— snaryadning tashqi ballistik xususiyatlari (obyekt bilan 
to‘qnashgandagi tezligi, pretsessiya, nutatsiya) bilan; 
— o‘q tekkan obyektning xususiyatlari (materialining turi, tuzilishi va 
zichligi, obyektning shakli, o‘q tekkan obyektlarning miqdori va ko‘p 
qatlamliligi va hokazolar) bilan; 
— otilgan snaryadning o‘q tekkan obyekt bilan o‘zaro joylashishi 
bilan. 
Snaryad, o‘zining tezligiga bog‘liq ravishda o‘q tekkan obyektning 
materialiga teshib o‘tuvchi yoki ponasimon (yoruvchi) ta’sir ko‘rsatadi 
Snaryad teshib o‘tuvchi ta’sirini, yuqori kinetik energiya ta’sirida 
ko‘rsatadi. Bunda to‘siq materialining o‘q otilish jarohati sohasidagi bir 
qismi otilgan snaryad bilan olib ketiladi va natijada nuqson — «mato 
minusi» hosil bo‘ladi. 
Snaryadning ponasimon ta’siri kam qiymatli kinetik energiya 
ta’sirida hosil bo‘ladi va bunda to‘siqning materialini yorib yuboradi, 
ammo yuqoridagi nuqson — mato minusi kuzatilmaydi. 
Jarohatdagi kirish teshigining shakli snaryadning ushbu to‘siq bilan 
ta’sirlashgan sohasining konturini aks ettiradi. Yassi to‘siqqa 90ºS 
burchak ostida tekkan o‘q aylana shakldagi jarohat hosil qiladi. O‘qning 
ushbu uchrashish burchagining o‘zgarishi jarohat shaklining ham 
o‘zgarishiga olib keladi, masalan, jarohat oval shaklida bo‘lishi mumkin. 
O‘q otilishi natijasida shikastlangan materialdagi jarohatlarning 
chetlari snaryadning yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan bo‘ladi. Kirish 
teshigining ko‘ndalang kesimi konus shaklida bo‘ladi va ushbu 
konusning asosi snaryadning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi 
tomonga qaragan bo‘ladi. 
Chiqish teshigining shakli juda xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu holat 
chiqish teshigining hosil bo‘lish mexanizmi bilan bog‘liq. Masalan, 
otilgan snaryad o‘q tekkan obyekt bilan ta’sirlashishi va undan o‘tishi 
jarayonida deformatsiyalanishi, parchalanishi, o‘z holatini o‘zgartirishi, 
o‘zining kinetik energiyasining bir qismini yo‘qotishi mumkin. Undan 
tashqari, otilgan va obyektga borib tekkan snaryad bilan ushbu obyektni 
tark etadigan hamda jarohat kanali va chiqish teshigining 
morfologiyasini o‘zining belgilari bilan to‘ldiradigan ikkilamchi snaryad 
(suyak siniqlari, shikastlangan obyektning parchalari va boshqa)lar ham 
muayyan rol o‘ynashi mumkin. 


 353 
Materialning nuqsoni 
odatda kirish teshigining markazda joylashadi. 
Uning o‘lchamlari va shakli otilgan snaryadning turi, materialining 
tuzilishi, boshchasining shakli bilan tavsiflanadi. 
Ma’lumki, o‘tkir uchli snaryadlar, bir xil kalibrli, ammo o‘tmas 
uchli snaryadlarga qaraganda kichikroq nuqsonni hosil qiladi. 
Materialning cho‘ziluvchanligi (elastikligi) ham ushbu nuqsonning 
o‘lchamlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 5,45 
mm 
kalibrli AK–74 
avtomatidan zich rezinaga o‘q otishda, materialning nuqsonini farqlab 
bo‘lmaydi, bu holat materialning cho‘ziluvchanligi va o‘qning o‘tkir 
uchga egaligi bilan izohlanadi. 5,45 
mm 
kalibrli AK–74 rusumli 
avtomatidan paxta matoga o‘q otlishidan hosil bo‘lgan jarohat 
o‘lchamlari kichik bo‘lgan nuqsondan iborat yorilishdan iborat bo‘ladi. 
1895-yil namunali, 7,62 
mm 
kalibrli «Nagan (Nagant)» rusumli 
revolverdan sport revolveri patronlari bilan mato mahsulotlarga otilishida 
esa aniq ifodalangan kirish jarohatlari hosil bo‘ladi. Bunda o‘qning 
o‘tmas uchi jarohatlangan matoning anchagina qismini o‘zi bilan olib 
ketadi (69-rasm). 
Yuqoridagi kabi nuqsonlarning shakliga to‘siq materialining ta’sirini 
mato obyektlarda kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldgi mato 
minusini hosil bo‘lish jarayonlarini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu 
holat matoning tuzilishidagi xususiyatlar, buzilish (yirtilish)ning osonligi 
kabilar bilan izohlanadi. 
 
69-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin