343
Kernlash izlari soni ham turlicha bo‘lishi mumkin, chunki
kernlovchi asbob gilzani o‘q bilan ikki yoki uch tomondan qisishi
mumkin.
Avvalo, berilgan o‘q va gilza bir xil namunadagi patronga tegishlimi
yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agar o‘q revolverniki, gilza esa vintovkaniki
bo‘lsa, bunday tadqiqot o‘rinsiz bo‘lardi. Keyin kernlash izlarining soni
sanaladi, ya’ni o‘q va gilzada ular bir xil miqdordaligi aniqlanadi. Agar o‘q
va gilzalarda kernlash soni turlicha bo‘lsa, bu o‘q va gilzaning bir patronga
tegishliligini inkor etadi. Ba’zi hollarda, kernlashda kernlovchi asbob
yetarlicha chuqur iz qoldirmaganligi uchun, o‘q va gilzalardagi kern izlari
soni o‘zaro farq qilishi mumkin (bunda gilzadagi izlar soni o‘qdagidan ko‘p
bo‘lishi mumkin). So‘ng alohida kern izlari orasidagi
masofa aylana
bo‘yicha o‘lchanadi, shuningdek kernlash izidan gilza og‘zining chetigacha
va o‘q tubining chetigacha bo‘lgan masofalar o‘lchanadi. Bu masofalar
odatda nafaqat turli namunadagi o‘q va gilzalarda, balki bir xil namunadagi
o‘q va gilzalarda ham turlicha bo‘ladi.
O‘lchash o‘q va gilzalarni talk sepilgan plastinada bosib aylantirib
izlarning nusxasini olish metodida olingan nusxalaridagi aylanasi
bo‘ylab hamda kernlash izlarini uch–besh marta kattalashtirib
fotosuratga olib, shu suratlarda ham bajariladi.
Agar farqlar aniqlansa, bu alomatlar o‘qni berilgan gilzaga tegishli
emasligini bildiradi. Gilzalar juda ko‘p taqdim etilgan va ularning qaysi
biri berilgan o‘q bilan birga bir patronni tashkil etganligini aniqlash
kerak bo‘lsa, yuqorida aytilgan metod ulardan ba’zi
birlarini chiqarib
tashlash imkonini beradi. Agar izlarda o‘xshashliklar mavjud bo‘lsa,
ekspert faqat, ushbu o‘q va gilza bir patronni tashkil etgan bo‘lishi
mumkin deb aytishi mumkin.
O‘q va gilzalarni kernlash izlarining gilza og‘zining yoyilgan ichki
sirtidagi va o‘qning sirtidagi o‘ziga xos xususiyatlar bo‘yicha o‘zaro
tegishliligini aniqlashning metodikasi mavjud. Bu maqsad uchun izlar
elementlari juda ko‘p marta kattalashtirib taqqoslash tadqiqotlari o‘tkaziladi.
Bu kabi tadqiqotlar ba’zi hollarda tekshirilayotgan o‘q va gilzalardagi
kernlash izlarining o‘zaro o‘xshashliklarini aniqlash imkonini beradi.
Izlar elementlarida o‘xshashliklar mavjud bo‘lmaganda, hali o‘q
berilgan gilza bilan o‘zaro tegishli emas deb aytib bo‘lmaydi, chunki
kernlashning o‘ziga xos xususiyatlari gilzada aks etib, o‘qda aks
etmasligi mumkin.
Quyidagi metod esa eng takomillashgan metodlardan biri
hisoblanadi. Dastavval gilzaning otilish vaqtida patrondondagi holati
344
(chap va o‘ng tomoni, yuqori va quyi qismlari) aniqlanib qayd etilishi
kerak. Bu zatvor va yana boshqa qismlarning izlari orqali aniqlanishi
mumkin. Buning uchun gilza qalpoqchasining sxematik chizmasi
chiziladi, unga qalpoqchadagi izlarning joylashishi va holati aks
ettiriladi, keyin esa gilza og‘zidagi kernlash izlari ko‘chirib tasvirlanadi.
Undan keyin
aynan shu chizmaga, taqdim etilgan gilza otilgan qurol
narezlari maydonining holati chiziladi. Buning uchun tekshirilayotgan
quroldan, maxsus o‘q tutgichga, oldindan gilza og‘zidan o‘qning
uchigacha cho‘zilgan chiziq tushirilgan patron bilan tajriba o‘q otish
amalga oshiriladi. Otishdan so‘ng o‘q va gilzalar chizilgan o‘sha
chiziqning ikkala qismi mos keladigan qilib yig‘iladi. Olingan o‘qda
narezlar maydonining gilzadagi izlarga nisbatan joylashishini oson
o‘lchash mumkin va ularni avvalgi chizmaga ko‘chirish mumkin. Endi
chizma murakkablashgan chizmagan aylanadi. So‘ng boshqa bir
chizmaga — taqdim etilgan o‘qning ko‘ndalang kesimiga — narezlar
maydonlari izlari va kernlash izlari tushiriladi. Ushbu chizmani shaffof
materialda chizish kerak.
Keyin esa ushbu chizmalarni har ikkala sxemada kernlash izlari
hamda o‘qdagi narezlar maydoni izlari bilan gilzaning murakkablashgan
chizmasidagi narezlar izlari o‘zaro mos keladigan qilib ustma-ust
tushirish qoladi.
Agar shunday ustma-ust tushirish amalga oshsa, o‘q va gilzaning
o‘zaro tegishliligini inkor etish mumkin emas. Agar mos kelishlar
mavjud bo‘lmasa, u holda o‘q va gilza bir patronni tashkil
etmagan deb
ishonch bilan aytish mumkin.
Agar tadqiqotga bir necha gilza va bir dona o‘q keltirilgan bo‘lib,
gilzalar o‘q otilgan quroldan otilganligi ma’lum bo‘lsa, u holda yuqorida
aytilgan usulda boshqa barcha gilzalarni tushirib qoldirib, faqat bir
gilzani qoldirish va bu gilza berilgan o‘q bilan bir patronga tegishli deb
ta’kidlash mumkin.
Ushbu metod o‘qlarni va gilzalarni bir patronga tegishliligini
aniqlash bilan birga, o‘q qobig‘idagi qaysi iz qurol narezlar maydonining
qaysi biriga tegishli ekanligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun
narezlar raqamlanadi. Eng yuqorida turgan narez birinchi deb
raqamlanadi, uning o‘ng tomonida turgani
ikkinchi va shu holda soat
millari yo‘nalishidagi narezlar barchasi raqamlanadi. O‘q va gilzalarni
bir patronga tegishliligini aniqlash uchun aniq ifodalangan aylanma
siquv izlarini ham ishlatish tavsiya etiladi.
345
Patron tayyorlash jarayonida, gilza og‘zini berkitishda, gilza og‘zi
chetlarining ichki sirtining relyefi, o‘q qobig‘ida ezilgan halqasimon iz
shaklida aniq ifodalanadi. Ba’zi hollarda bu iz o‘q va gilzani bir patronga
tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi yetarli darajadagi xusu-
siyatlarga ega bo‘ladi.
O‘qdagi aylana halqada joylashgan bu izlar, stvol kanali izlari bilan
qoplanib yo‘qolib
ketmaydi, hech bo‘lmasa qisman saqlanib qoladi. Bu
izlar otilishdan keyin ham o‘q va gilzani bir patronga tegishliligini
aniqlash imkonini beradi.
Ekspertiza metodikasi o‘qni shamli kompozitsiyaga bosib aylantirib
iz nusxasini olish, olingan plastinkaning kesish va yoyish metodikasiga
aynan bo‘ladi. Keyin bu plastinkaning ichki sirtining relyefi va o‘qning
bosib aylantirib iz nusxasini olishning izlari bir xil kattalashtirib va bir
xil yorug‘likda fotosuratga olinadi.
Fototasvirlarni tayyorlashda gilzadagi izlarning o‘lchami salgina
kichraytiriladi, chunki otish vaqtida ular biroz cho‘zilishi mumkin. O‘q
va gilzalardagi izlarning olingan fototasvirlari bir-biriga yaqin qilib
yelimlanadi va izlardagi mos kelgan elementlar belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: