Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

O‘q otilishi
дан
 hosil bo‘lgan jarohai atrofida porox 
zarachalarining o‘tirib qolishi.
Porox zarrachalarining uchish masofasi ularning boshlang‘ich tezligi 
va og‘irligi bilan hisoblanadigan kinetik energiyasidan aniqlanadi. Qurol 
stvolidan tashqarida porox, qurum va metall zarrachalari bir xil tezlikka 
ega bo‘ladi, ammo ularning og‘irligi har xil bo‘lganligi sababli, turli 
masofaga uchib boradi. Ushbu uchish trayektoriyasida og‘irligi kamroq 
bo‘lgan qurum elementlari birinchi bo‘lib to‘xtab qoladi (bir necha o‘n 
santimetr oralig‘ida). Porox va metall zarrachalari esa 160–250 
sm 
masofagacha uchib borishi mumkin. Ushbu masofa porox va metall 
zarrachalarining shakliga ham bog‘liq bo‘ladi. Sharsimon shakldagi 
zarrachalar uzoqroq masofaga, silindrsimon shakldagi zarrachalar esa 


 363 
kamroq maofaga uchib boradi. Plastina shaklidagi porox zarrachalari eng 
kichik masofaga uchib boradi. Undan tashqari, porox zarrachalarining 
uchish masofasiga ham, qurum elementlarining uchishiga ta’sir qiladigan 
omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Porox zarrachalarining o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat atrofida 
joylashishi quyidagi qonuniyatni shakllantirishga imkon beradi: to‘siq 
qurol stvoli og‘zidan qanchalik uzoq bo‘lsa, porox zarrachalari to‘siqqa 
shuncha kam yetib boradi va ularning sochilishi shuncha katta bo‘ladi. 
Aksincha, to‘siqda porox zarrachalari qanchalik ko‘p aniqlangan hamda 
ular bir-biriga va o‘q otilishi jarohatiga nisbatan yaqin joylashgan bo‘lsa, 
o‘q otilishi masofasi shuncha qisqa bo‘ladi. 
To‘siqqa borib urilgan porox zarrachalari to‘siqning sirtida yoyilib 
ketishi, uning materiali ichiga botib kirishi yoki uni teshib o‘tishi 
mumkin. 
Porox zarrachlarining mexanik ta’siri 
o‘q tekkan to‘siqda 
ochiq yoki yopiq jarohatlar hosil bo‘lishi bilan kuzatiladi. 
Oddiy ko‘zdan kechirishda, porox zarrachalarining mato 
to‘siqlardagi mexanik ta’siri mayda ochiq jarohatlar (teshiklar) yoki 
materialning sirtiy shikastlanishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (74-
rasm). Ushbu izlarning miqdori, maydoni va xususiyatlari o‘q otilishi 
masofasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Porox zarrachalarining mexanik ta’sirining izlari ushbu porox 
zarrachalari yetarli kinetik energiyaga ega bo‘lganida hamda to‘siqning 
materiali unchalik mustahkam bo‘lmaganda hosil bo‘ladi. Vintovkalar va 
ayrim turdagi avtomatlar (AKS–74U)dan o‘q otilishida, porox 
zarrachalarining teshib o‘tish qobiliyati kattaroq bo‘ladi. Bunda ko‘p 
qavatli kiyimlar va hatto yupqaroq faner to‘siqni teshib o‘tish holatlari 
ham kuzatiladi. 
74-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin